91
musiqali asarlar, yozuvchi yoki shoirning so„zlari ilova qilinsa, maqsadga muvofiq
bo„ladi. Bo„limlar orasidagi tanaffusda adabiy o„yinlar, rebus, viktorinalar
o„tkazish mumkin.
Adabiy kechalarni nafaqat yozuvchi, shoirlar ijodiga,
balki bayramlar yoki
mavsumiy marosimlarga ham bag„ishlab o„tkazish mumkin.
O„quvchilarda tabiatga ongli munosabatni shakllantirish, ajdodlari boy
ma‟naviy merosidan g„ururlanish tuyg„ularini kamol toptirishda Navro„z ayyomiga
bag„ishlab o„tkaziladigan tadbirlar alohida o„rin tutadi.
Quyida
maktab
drama
to„garagining tabiat bag„rida o„tkazishga
mo„ljallangan teatrlashtirilgan adabiy kecha ssenariysi tavsiya etiladi.
Qadriyat – bamisoli millatning o„z qiyofasini aks ettiruvchi ko„zgu. Shu
bois biror xalq to„g„risida muayyan tasavvurga ega bo„lish uchun o„sha elatning
an‟ana va udumlariga nazar tashlash kifoya.
Xalqimizning
azaliy
bayram
va
an‟analari kishilarning o„zaro
munosabatlaridagi
olijanob fazilatlarni, umuminsoniy qadriyatlarni o„zida
mujassam etadi. Ana shunday barhayot bayramlardan biri Navro„zdir. Zero,
Yurtboshimiz Islom Karimov ta‟kidlaganidek, “Navro„z bayrami biz uchun hayot
abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovatining, ko„p ming yillik
milliy qiyofamiz, oliyjanob urf-odatlarimizning betakror ifodasi bo„lib
kelmoqda”
1
.
Maktab bog„i oldindan bayram o„tkazishga moslab bezatiladi.
Kecha
ijodkorlari bahoriy kiyinadilar. Dastur namoyishi uchun kompyuter, multimediya
vositalari, DVD, tanlangan kuy-qo„shiqlar, filmlar yozilgan disklar,
musiqa
asboblari va boshqa zarur anjomlar shay qilib qo„yiladi. Sahnaning qulay joyiga
o„rnatilgan monitorda boshlovchi nutqiga uyg„unlikda tayyorlangan slaydlar,
videoroliklar kema-ket berib boriladi.
Tantana debochasi karnay-surnay, nog„oralarning sho„x sadolari jo„rligida
boshlanadi. Bog„ to„rida sahna vazifasini o„tovchi
maydondagi parda ochilib,
ko„klam shukuhi ufurib turgan dekoratsiya paydo bo„ladi.
Sahnaning ikki tomonidan yog„och ot minib chiqib kelgan Jarchilarning
barchani Navro„z shodiyonasiga chorlovidan so„ng ularning o„rnini boshlovchi
yigit va qiz egallashadi.
Dostları ilə paylaş: