1-ma’ruza. “Sohaning texnologik o`lchashlari va asboblari" faniga kirish.
Reja:
1. Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari fanining maqsad va vazifalari.
2. Texnologik o‘lchashlarning rivojlanish bosqichlari va uning ilmiy-texnikaviy
taraqqiyotga ta’siri.
3. Metrik tizimni joriy etilishi.
Tayanch so‘zlar: texnologik o‘lchashlar, o‘lchash, antropometrik o‘lchash
birliklari, sifat masalasi, o‘lchov xossalari, metrik tizimning joriy etilishi.
1. Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari fanining maqsad va
vazifalari
Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari fan sifatida o‘lchashlar, ularga
bog‘liq va tegishli bo‘lgan qator masalalarni o‘z doirasiga oladi. Texnologik
o‘lchashlar aslida yunonchadan olingan bo‘lib, o‘lchash, o‘lcham, nutq, mantiq, ilm
yoki fan ma’nolarini bildiradi. Umumiy tushunchasini oladigan bo‘lsak, texnologik
o‘lchashlar - o‘lchashlar haqidagi fan.
Inson aql-idroki, zakovati bilan o‘rganayotgan, shakllantirayotgan hamda
rivojlantirgan qaysi fanni, uning yo‘nalishini olmaylik, albatta o‘lchashlarga,
ularning turli usullariga, o‘zaro bog‘lanishlariga duch kelamiz. Bu o‘lchash usullari
va vositalari yordamida ularning birliligini, yagona o‘lchashni talab etilgan
aniqlikda ta’minlash texnologik o‘lchashlar fani orqaligina amalga oshiriladi. SHu
sababdan hozirdagi qaysi bir fan, ilmiy yo‘nalish, u hoh tabiiy, hoh ijtimoiy
bo‘lmasin, albatta u yoki bu darajada texnologik o‘lchashlar bilan bog‘liq. Inson
qo‘li etgan,faoliyati doirasiga kirgan ammo o‘lchashlar va ularning vositalari
yordamisiz o‘rganilgan, izlangan hamda ko‘zlangan maqsadlarga erishish mumkin
bo‘lgan birorta yo‘nalish yo‘q. SHuning uchun ham texnologik o‘lchashlar
asoslarini bilish, uni o‘z mutaxassisligi doirasida tushunish va amaliy qo‘llash
texnika va texnologiya soxalaridagi bakalavriat yo‘nalishlari bitiruvchilari uchun
muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Texnologik o‘lchashlar fani texnika, menejment va marketing sohalari
yo‘nalishlarida bakalavrlar va muxandislar tayyorlashda o‘tilishi lozim bo‘lgan
fanlardan hisoblanadi. Oliy ta’lim andozasidan kelib chiqib, ushbu fan talabalarda
texnologik o‘lchashlar asoslari bo‘yicha zarur va etarli bo‘lgan asosiy
tushunchalarni shakllantiradi.
Texnologik o‘lchashlar asoslari fanini o‘rganishdan maqsad: talabalarda xalq
xo‘jaligining texnika-texnologiya, menejment va marketing sohalaridagi ishlab-
chiqarish, savdo, nazorat va iste’mol bilan bog‘liq bo‘lgan turli metrologik masalalar
bilan shug‘ullanish borasida etarli bilim va malakalarni hosil qilish. Asosiy vazifalar
esa talabalarni uzluksiz ta’lim tizimida texnologik o‘lchashlar asoslari bo‘yicha
tayyorlashdan kelib chiqadi. Bunda maxsus fanlar doirasida rivojlanuvchi va
chuqurlashuvchi texnologik o‘lchashlar, kvalimetriya, sifatni o‘lchash bo‘yicha
fundamental ma’lumotlar o‘rganiladi.
Sifat masalasi har bir ishda, u qanday ish bo‘lishidan qat’iy nazar, uning
asosiy baholash kriteriyasi (ko‘rsatkichi) bo‘lishi kerak. Agarda har bir inson o‘z
ishiga yuqori ma’suliyat bilan qarab asosiy baholash kriteriyasiga munosib ravishda
ish ko‘rsa hayotimiz kundan – kunga yaxshilanib borishi turgan gap, bu esa butun
mamlakat bo‘ylab sifat masalasini yuqori darajaga ko‘taradi. Quyida sifatning
virtual sxemasi (chizmasi) keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |