25
Va nihoyat, islomni asl holiga qaytarish, butun dunyoni Alloh
uchun fath qilish va Iblisga qarshi kurashish uchun jihod qilishdir
1
.
XX asrning ikkinchi yarmida o‘z oldiga xalifalikka asoslan
gan islom davlatini barpo etish vazifasini qo‘ygan «islohotchilik»,
«panislomizm» niqobi ostida soxta salafiylik yangidan jonlan
di. Bu o‘z navbatida siyosiy islohotlarni amalga oshirish zarurli
gini bayroq qilib ko‘targan o‘ta radikal diniysiyosiy tashkilot va
oqimlarning vujudga kelishiga yo‘l ochib berdi. Soxta salafiylar
quyidagi g‘oyalarni ilgari suradilar:
– Qur’on va sunnada yozilgan qoidalarni harfiy tushunib,
ko‘rko‘rona amal qilish orqali boshqa manbalarni botilga chiqa
radi;
– «jihod»ni islomning oltinchi arkoni deb hisoblaydi;
– «takfir» (kufrda ayblash) va «hijrat» (vatanni tark etish,
ko‘chish)
masalasini ilgari suradi;
– fiqhiy mazhablarni inkor etib, mazhabsizlikni targ‘ib qiladi;
– tasavvuf, urfodat va milliy qadriyatlarni inkor etadi;
– boshqa din vakillariga o‘ta toqatsiz munosabatda bo‘lib,
diniy bag‘rikenglikni yoqlamaydi; .
– har qanday yangilikni bid’at deb hisoblaydi va uni rad etadi.
Hozirda soxta salafiylik g‘oyalari ostida asosan Shimoliy Afri
ka, Yaqin Sharq, Kavkaz va Markaziy Osiyoning ayrim hududlari
da faoliyat olib boradigan harakatlar jamiyatdagi e’tiqodiy birlik,
barqarorlik va taraqqiyot uchun real tahdidga aylangan.
Bugungi kunga kelib, o‘zini «salafiylar» deb atayotgan diniysi
yosiy guruhlar «Islom jamiyatini qurish
davlatchilikning asosi
bo‘lishi kerak», degan shior ostida odamlarning ongi va turmush
tarzidan milliy qadriyat, urfodatlarni siqib chiqarish, shariat ah
komlariga ko‘rko‘rona rioya qilishga majburlash, amal qilma
ganlarga nisbatan qattiq jazo qo‘llash kabi xatarli maqsadlarni
ko‘zlab harakat qilmoqda. Ayniqsa, soxta salafiylar tomonidan
1
Cooper B. New Political Religions, or An Analysis of Modern Terrorism. University
of Missouri Press. Columbia and London. 2004. – P. 90–110.
26
targ‘ib qilinayotgan mazhabsizlik g‘oyasi, asrlar davomida shakl
langan diniy an’analarni izdan chiqarib, bir yurt musulmonlari
o‘rtasida parokandalikni yuzaga keltirmoqda.
Demak, mutaassiblik ko‘rinishlaridan bo‘lgan soxta salafiy
lik milliy ma’naviyatimiz, mustaqilligimizga real tahdid si
fatida namoyon bo‘lmoqda. Shunday ekan, yurtimiz tinchli
gi, osoyish taligi, ravnaqi va farovonligi
doimo ogohlik hamda
qat’iy harakatlarni talab etadi. Bu yo‘lda har bir inson o‘z ishini
sidqidildan amalga oshirishi, loqaydlik, beparvolikning oldi ni
oli shi, yonatrofida bo‘layotgan voqeahodisalarga hushyorlik
bilan qarab, Vatan tinchligi yo‘lida sergak va ogoh bo‘lib ya
shashi yoshlarimizning ongu qalbini jaholatdan, yot va zarar li
g‘oyalar ta’siridan himoya qilishi, ajdodlarimizga armon bo‘lib
qolgan, biz erishgan mustaqillik va tinchlikosoyishtalik
ni ko‘z qorachig‘idek asrabavaylashi muhim omil hisoblana
di. Buni hech qachon unutmasligimiz,
tinchlik uchun doimo
o‘zimizning bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etib ya
shashimiz lozim.
Dostları ilə paylaş: