Va terrorizmga


Davlat va din munosabatlarining huquqiy asoslari va xususi-



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/66
tarix24.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#59250
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

Davlat va din munosabatlarining huquqiy asoslari va xususi-
yatlari. Davlat va din munosabatlarining ildizlari juda qadim 
davrlarga borib taqaladi. Ayni paytda, ushbu munosabatlar tur­
li tarixiy davrlarda turlicha mazmun kasb etgan. O‘rta asrlarda­
gi kabi din jamiyatning barcha sohalarida, shu jumladan, davlat 
hayotida to‘la hukmronlik qilgan davrlar ham bo‘lgan. Muayyan 
davlatlarda dinni butunlay inkor etilgan, ya’ni ateizm ustunlik 
kasb etgan. Har bir davlat o‘zining dinga bo‘lgan munosabati­
ni muayyan me’yoriy­huquqiy hujjatlar va qonunlar orqali tar­
tibga solib kelgan. Din va e’tiqod erkinligi, boshqacha aytganda
insonning diniy huquqlari shaxsning asosiy va tabiiy huquqlari­
dan biridir.
Hozirgi davrda jahondagi davlatlarning yarmidan ko‘pi din­
ning davlatdan ajratilganini yoki davlatning cherkovga nisbatan 
betarafligini ifodalaydigan, Konstitutsiya yoki qonun darajasi­
da belgilab qo‘yilgan qoidalarga ega. Yuridik tan olingani yoki 
olin maganidan qat’i nazar, barcha davlatlar din va e’tiqod erkin­
ligiga hurmat bilan qarashlarini e’lon qilganliklarini ta’kidlash 
zarur.
Din va jamiyat hayotidagi aloqadorlikda din va davlat muno­
sabatini belgilab beruvchi tamoyil – din sohasida kechayotgan 


29
o‘zgarishlarni xolis va ilmiy o‘rganish, bashorat qilish va undan 
kelib chiqib, ijtimoiy jarayonlar rivojiga yanada kengroq imkoni­
yat yaratish, salbiy holatlarning oldini olishda namoyon bo‘ladi. 
Darhaqiqat, dunyoviylik va diniylik o‘rtasidagi nisbat masalasi in­
soniyat tarixining barcha davrlarida hal qiluvchi ahamiyatga ega 
bo‘lgan. Boshqacha aytganda, inson hayoti mazmunini tashkil 
qiluvchi ushbu ikki tarkibiy qism o‘rtasida murosaga erishish har 
qanday jamiyatning mavjud holati va istiqbolini belgilovchi bosh 
mezon bo‘lib kelgan. Ba’zan ushbu ikki omil o‘rtasidagi munosa­
batlar keskinlashib, mamlakatlarni to‘s­to‘polonlar va jaholat gir­
dobiga tortgan. O‘rta asrlar Yevropasida amal qilgan, vahshiyo­
na jazolar va qiynoqlarning timsoliga aylangan inkvizitsiya davri 
bunga misol bo‘la oladi.
O‘quvchi­talabalarda dinga nisbatan sog‘lom munosabatni 
shakl lantirish bugungi kunda ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari 
oldida turgan eng murakkab va muhim vazifalardan biridir. Uning 
muvaffaqiyatli hal etilishi ikki muhim omilga bog‘liq. Ularning har 
ikkalasi ham Birinchi Prezident Islom Karimov ta’kidlaganlari­
dek, «...har bir vatandoshimiz, ayniqsa, yoshlar faqat islom dini 
to‘g‘risida emas, umuman dunyodagi mavjud dinlar, ularning tari­
xi, mohiyati to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lsin. Ijtimoiy soha­
ga oid darslarda yoshlarga din bilan dunyoviy hayot masalalarini, 
bu ikki tushunchaning bir­biriga ta’sirini, ular o‘rtasidagi mo‘tadil 
munosabat bo‘lishi zarurligini ochib berish kerak». Demak, dinlar 
haqidagi mantiqiy asoslangan bilimlarni shakllantirish va dunyoviy­
lik tushun chasini chuqurlashtirib borish yoshlarda dinga nisbatan 
sog‘lom munosabatni shakllantirishning ikki qutbi hisoblanadi.
Din bilan siyosatni o‘zaro nisbatini tavsiflash uchun il 
miy 
adabiyotlarda «sekulyarizm» atamasi qo‘llaniladi. Bu atamaga 
Vebster izohli lug‘atida quyidagicha ta’rif beriladi: «sekulyarizm 
– din yoki diniy aqidalarga nisbatan mo‘tadil pozitsiyada bo‘lish». 
Oksford qisqa lug‘atida sekulyarizmni «Xudoga ishonch, e’tiqod­
dan xoli bo‘lgan hayotda inson farovonligi haqida qayg‘uradigan 
ma’naviyatga asoslangan doktrina» deb ta’riflaydi. 


30
Shunday qilib, bugungi kunda keng tarqalgan talqinga ko‘ra, 
sekulyarizm – barcha dinlar hamda turli qarashlarni teng hurmat 
qilish, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligidir. Ayni vaqt­
da, «sekulyarizm» atamasi bir ma’noli tushuncha bo‘lmay, vaqt, 
mintaqa va mamlakatga qarab tinimsiz rivojlanib boradi. 
Mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy tamoyillaridan biri dun­
yoviylik ekan, uni qanday tushunish lozim, degan savol tug‘i ladi. 
Ingliz tilidagi «secularity» hamda rus tilidagi «cекуляризация» 
va «цветкость» tushunchalari bilan tutash ushbu istilohning qan­
day talqin etilishining o‘ziyoq har qanday mamlakatdagi davlat 
va din o‘rtasidagi munosabatlarning mazmun­mohiyatini belgi­
lab beradi. Demak, tom ma’nodagi sog‘lom dunyoviylik dinning 
ijtimoiy mavqeyini inkor etmaydi, balki jamiyat hayotini tash­
kil etishning dunyoviy ma’rifatga asoslangan tarzini anglatadi. 
Boshqacha aytganda, dunyoviylik ijtimoiy hayot sohalari diniy 
aqidaning yakkahokimligidan va uning hal qiluvchi ta’siridan xo­
li bo‘lishni taqozo etadi.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin