34
– dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish;
– diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining
xususiy
ishi deb tan olish;
– diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga
amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolat
lash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik;
– ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror
toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foy
dalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llarini
izlash zarurati;
– dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l
qo‘ymaslikni e’tirof etish.
Mustaqillik yillari dinning huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati
da tutadigan o‘rni va mavqeyi aniq belgilanib, bu sohada mustah
kam qonunchilik poydevori yaratildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida «diniy
tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun ol
dida tengdirlar», degan demokratik tamoyil mustahkamlab qo‘yil
gan. Fuqarolar millati, irqi va dinidan qat’i nazar, teng huquqli
ekanligi belgilanib, ularning vijdon erkinligi, urfodatlari, milliy
an’analari hurmat qilinishi kafolatlangan.
«Agar biz adolatli davlat, erkin jamiyat qurmoqchi bo‘lsak, bu
oliyjanob maqsadni amalga oshirish yo‘llari ming yillik diniy aqida-
lar bilan mushtarak ekanligini yodda tutishimiz lozim. Bu muqad-
das maqsad yo‘lida, kerak bo‘lsa, jon fido qilish zarur deganimiz-
da, aynan adolatli davlat va dinning ildizlari mushtarak ekanligini
unutmaylik. Ana shunda, o‘ylaymanki, Yaratganning o‘zi bizning bar-
cha xayrli ishlarimizga madadkor bo‘ladi, sabr-toqat va kuch-quvvat
bag‘
ishlaydi».
Islom Karimov
Ushbu konstitutsiyaviy qoida 1998yil 1may kuni qabul
qilingan yangi tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilot
lar to‘g‘ri sida»gi Qonunning 5moddasida ham o‘z ifodasini top
35
gan. Qonunda tarixiy, madaniy, ijtimoiy omillarni hisobga olin
gan holda davlat va diniy tashkilotlar
orasidagi munosabatlar
belgilangan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida din davlat
dan ajratilgan. Hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalari
ga nisbatan bironbir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Davlat turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va ularga e’tiqod qilmay
digan fuqarolar, har xil e’tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar
o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklasha di,
mutaassiblik va ekstremizm asosida diniy munosabatlarni keskin
lashtirishga, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldi rishga
qaratilgan xattiharakatlarga yo‘l qo‘ymaydi.
Muayyan dinga
e’tiqod qiluvchilarni boshqasiga kiritishga qaratilgan prozelitizm
va missionerlik faoliyati qonunan man etiladi.
Sekulyarizatsiya tamoyillariga asoslangan holda davlat diniy
tashkilotlar zimmasiga o‘zining hech qanday vazifasini bajarishni
yuklamaydi, ularning qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan faoliyati
ga aralashmaydi hamda hech qaysi diniy tashkilotning faoliyatini
yoki dahriylik targ‘ibotiga oid faoliyatni mablag‘ bilan ta’minla
maydi. O‘z
navbatida, diniy tashkilotlar hech qanday davlat va
zifalarini bajarmaydi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
vakillariga diniy omil asosida tazyiq o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yashirin diniy faoliyat taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari diniy mohiyatdagi siyosiy
Dostları ilə paylaş: