Va terrorizmga


Vijdon erkinligining huquqiy asoslari



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/66
tarix24.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#59250
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

Vijdon erkinligining huquqiy asoslari. Din va e’tiqod masalalari 
inson ma’naviyatining uzviy qismi hisoblanadi. Mazkur masala­
larning mazmun­mohiyati haqida chuqur va asoslangan bilimlar­
ga ega bo‘lish hayotiy­amaliy faoliyatni to‘g‘ri tashkil etishga xiz­
mat qiladi. Shu bilan birga, e’tiqodiy tushunchalarni tahqirlash, 
mensimaslik shaxs tabiiy huquqlarining buzilishiga sabab bo‘la­
di. Chunki vijdon erkinligi ko‘plab davlatlar qatori O‘zbekiston 
qonunchiligida hamda xalqaro konvensiyalarda huquqiy himoyaga 
olingan. Vijdon erkinligi huquqi inson huquqlarining 5 ta eng aso­
siy huquqlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda vijdon erkin­
ligini huquqiy himoya qiluvchi dastlabki qonunning paydo bo‘lishi 
XX asrning 90­yillariga to‘g‘ri keladi. O‘tgan asrda sho‘ro tuzumi 
xalqimiz ongu tafakkurida dinni afyun va zararli uydirma sifati­
da gavdalantirishga harakat qilayotgan bir pallada O‘zbekistonning 


43
Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ko‘rsatgan jasorati evazi­
ga 1991­yil 14­iyunda ilk bor «Vijdon erkinligi va diniy tashkilot­
lar to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilingan edi. Islom Karimov ta’kid­
laganidek: «Tariximizning eng fojiali, eng og‘ir damlarida ham, 
mus tabid tuzum changalida bo‘lgan paytimizda ham, bizni dini­
mizdan ayirishga, unga xiyonat etishga majbur qilganlarida ham, 
xalqimiz hech qachon o‘z islomiy e’tiqodidan qaytmagan».
Mustaqillikdan keyin fuqarolarimizning din bilan bog‘liq 
huquq va erkinliklarini to‘liq amalga oshirish, diniy va milliy 
qad riyatlarni tiklash sohasida qator ishlar amalga oshirildi. Eng 
avvalo, vijdon erkinligining huquqiy bazasi mustahkamlandi. 
1992­yil 8­dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasida «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. 
Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi din­
ga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan 
singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi», degan huquqiy norma belgilan­
di (31­modda). Mazkur norma asosida har bir shaxsning din bi­
lan bog‘liq haq­huquqlari davlat tomonidan rasman kafolatlandi.
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi me’yor­
larning qonunchilikka kiritilishi natijasida diyorimizda rasmiy 
faoliyat olib borayotgan barcha din vakillariga katta imkoniyat­
lar yaratildi. Jumladan, mustaqillikkacha respublikada bir necha 
cherkov va sinagogalar faoliyat olib borgan bo‘lsa, qonun qabul 
qilingach, dunyoning turli mintaqalarida diniy ibodatlarini amal­
ga oshiruvchi Yevangel­lyuteran jamoasi, Rim­katolik cherkovi, 
Yettinchi kun adventistlar cherkovi, Bahoiylar jamoasi, yahudiylar 
diniy jamoalari kabi 10 dan ortiq diniy konfessiyalar yurtimizda 
rasmiy faoliyat yurita boshladi. 
Shuningdek, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Kari­
mov Farmoniga ko‘ra, 1903­yilda qurilgan «Святая Богородица» 
ibodatxonasining Arman apostollik cherkoviga topshirilgani, o‘z 
vaqtida faoliyati to‘xtatib qo‘yilgan Yevangel­lyuteran cherkovi 
Kirxasining respublikamizda istiqomat qiluvchi nemislarning diniy 
ehtiyojlarini qondirish maqsadida «Vidergeburt» nemis madaniyat 


44
markaziga foydalanish uchun qaytarib berilgani va 1996­yilning 
dekabrida ushbu konfessiyaning yurtimizda faoliyat boshlagani­
ning 100 yilligi keng nishonlanishi ham yuqoridagi fikrimiz isbo­
ti bo‘la oladi. Ammo, yaratilgan imkoniyatlarga qaramasdan xal­
qimizning bag‘rikengligini suiiste’mol qilgan ayrim diniy oqimlar 
faqat diniy g‘oya va aqidalarni emas, balki siyosiy va ekstremistik 
maqsadlarni ko‘zlab ish olib borgani achinarli.
Ko‘p asrlardan beri hanafiy mazhabiga ergashib kelgan xal­
qimiz uchun yot g‘oya va qarashlarni yoqlab chiqishlari barobari­
da hanafiy mazhabi yo‘l­yo‘riqlari asosida ibodat qiluvchilarni 
mensimaslik, mazhab ulamolarini haqoratlash, din arkonlari­
ni bajarmayotgan shaxslarni kofirlikda ayblash, imomlar bilan 
masala talashish, boshqa mazhab vakillariga shaklan taqlid qilish 
kabi holatlar kuzatildi. 
Xorijiy davlatlardan diniy aqidaparastlikni targ‘ib etuvchi, 
odamlarda qo‘rquv va vahima uyg‘otuvchi ko‘plab diniy adabi­
yotlar «Hizbut­tahrir», «Akromiylar», «Tavba», «Adolat uyush­
masi» kabi ekstremistik guruhlar tomonidan ommaga tarqatilib, 
mamlakat barqarorligiga raxna solishga qaratilgan harakatlar yu­
zaga kela boshladi. Shuningdek, asosiy maqsadi millat va jami­
yatni diniy asosda bo‘lib tashlash bo‘lgan missionerlik harakatlari 
turli yo‘llar bilan yurtimizga suqilib kira boshlagan edi. Respub­
likamiz qonunchiligida missionerlik faoliyatiga huquqiy jihatdan 
yetarli darajada to‘siqning mavjud emasligi bartaraf etib bo‘lmas 
darajada og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin edi.
Bu kabi holatlar «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risi­
da»gi Qonunni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etardi. Yuqorida 
qayd etilganidek, 1991­yil 14­iyunda ilk marta qabul qilingan 
Qonunga 1993­yil 3­sentyabrda ba’zi qo‘shimcha va o‘zgartirish­
lar kiritildi. 1998­yil 1­may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining XI sessiyasida «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 
to‘g‘risida»gi Qonunning 23 moddadan iborat yangi tahriri qa­
bul qilindi. Qonunni ishlab chiqishda mamlakatimizning o‘ziga 
xos sharoiti, unda yashovchi ko‘p millatli xalqimizning huquq va 


45
manfaatlari hamda mentaliteti hisobga olindi. Qonunning aso­
siy maqsadi har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e’tiqod 
huquqini, dinga munosabatidan qat’i nazar, fuqarolarning teng­
ligini ta’minlash, shuningdek, diniy tashkilotlarning faoliyati bi­
lan bog‘liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat. 
Qonunning 3­moddasida «Dinga e’tiqod qilish yoki o‘zga e’tiqod­
lar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqaro­
larning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va erkinliklarini ta’min­
lash uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklanishi mumkin»ligi 
belgilangan. Bu norma «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida»gi 
xalqaro Paktning 18­moddasi 3­bandiga to‘liq mos tushadi.
Shuning bilan birga, BMT Bosh Assambleyasining «Diniy 
toqatsizlikning barcha shakllarini bartaraf etish to‘g‘risida»gi Re­
zolyutsiyasida ham bunday qoida mustahkamlangan bo‘lib, un­
da asosan tinchlik va jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadlari­
da din yoki e’tiqod erkinligi sohasida ma’lum cheklovlarga yo‘l 
qo‘yilishi belgilab o‘tilgan.
Shu ma’noda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risi­
da»gi Qonunning 5­moddasida mustahkamlangan bir konfessi­
yadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti­hara­
katlar, shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyatini 
cheklash haqidagi qoida yurtimiz xavfsizligi, turli din vakillari­
ning tinch­totuv yashashini ta’minlashga qaratilgan. Chunki in­
son o‘z dini va e’tiqodini o‘zgartirishi ko‘p hollarda salbiy oqibat­
larga olib keladi. Ayniqsa, bunday harakatlar oqibatida oiladagi 
barqarorlikka putur yetishiga sabab bo‘layotganini hech qanday 
yo‘l bilan oqlab bo‘lmaydi. Qonunchilikda bunday holatlarga nis­
batan javobgarlik belgilangan. Jumladan, O‘zbekiston Respub­
likasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 240­moddasi 
ikkinchi qismida bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga 
kiritishga qaratilgan xatti­harakatlar va boshqa missionerlik faoli­
yati uchun eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravari­
gacha miqdorda jarima solish yoki o‘n besh sutkagacha muddat­
ga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi belgilangan bo‘lsa, 


46
Jinoyat kodeksining 2162­moddasi ikkinchi qismiga asosan bun­
day xatti­harakatlar ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir 
etilsa, eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravariga­
cha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilga­
cha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi nazarda tutilgan.
Yangi tahrirdagi qonunda diniy tashkilot sifatida diniy jami­
yatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, 
monastirlar va boshqa birlashmalar e’tirof etilishi hamda ular 18 
yoshga to‘lgan va respublika hududida doimiy yashayotgan 100 
nafardan kam bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari tashabbusi bilan 
tuzilishi haqidagi qoida mustahkamlab qo‘yildi. Avvalgi tahrir­
da bu qoida «10 nafar fuqaroning tashabbusi bilan», deb belgilan­
gani diniy tashkilotlar sonining aholi ehtiyojiga nisbatan ancha 
ko‘payib ketishiga olib keldi. Shu bilan birga, ularning bir qancha­
si xorijiy muassislar tashabbusi bilan tuzilgani bois, 8­moddaning 
5­bandida tegishli diniy ma’lumotga ega bo‘lgan respublika fuqa­
rolarigina diniy tashkilot rahbarlari bo‘lishi mumkin, deya belgi­
landi. Respublika fuqarosi bo‘lmagan shaxslarning nomzodi esa 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan 
kelishilgan holda qabul qilinishi qoida tariqasida mustahkamlandi.
Ayni paytda, diniy tashkilot tuzish masalasi turli davlatlar 
qonunchiligida o‘ziga xos tarzda hal qilinganini ta’kidlash joiz. 
Masalan, Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘istonda 10 nafar fuqa­
ro, Polshada 15, Vengriyada 100, Qirg‘izistonda 200, Chexiyada 
300 nafar fuqaro tashabbusi bilan diniy tashkilot tuzish mumkin­
ligi belgilangan. 
Respublikamizning «Vijdon erkinligi va diniy tashkilot­
lar to‘g‘risida» yangi tahrirdagi Qonunining 9­moddasida diniy 
tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari diniy o‘quv yurt­
lari tuzishga haqli ekanligi belgilandi. Shu bilan birga, bu muas­
sasalarda diniy fanlarni o‘qitayotgan shaxslar diniy ta’lim olgan 
bo‘lishi va o‘z faoliyatini tegishli markaziy boshqaruv organining 
ruxsati bilan amalga oshirishi lozimligi qayd etildi. Shuningdek, 
oliy va o‘rta maxsus diniy o‘quv yurtlarida bilim olishni ista­


47
gan shaxs, albatta, umumiy majburiy o‘rta ta’limni tamomlagan 
bo‘lishi shart qilib belgilandi.
Ushbu qoidaning tatbig‘ini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida 
Vazirlar Mahkamasining 2004­yil 1­martdagi 99­son qarori bi­
lan tasdiqlangan «Diniy ta’lim muassasalarining faoliyatini lit­
senziyalash to‘g‘risida»gi Nizomi qabul qilindi. Bu nizomda diniy 
ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va bu sohada e’tibor 
berish lozim bo‘lgan jihatlar hamda ko‘rsatilgan tartibga amal 
qilinmagan holatda kelib chiqadigan huquqbuzarliklar ba 
yon 
etilgan. Bir so‘z bilan aytganda, respublikamizda din sohasida 
demokratik prinsiplarga to‘la amal qilingan holda barcha din­
larning rivojlanishi uchun teng imkoniyatlar yaratilgan.
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonun­
ning 16­moddasida diniy tashkilotlar muayyan miqdorda davlat 
mulkidan foydalanishlari mumkinligi ko‘rsatilgan. 
Shunga ko‘ra, diniy tashkilotlar o‘z ehtiyojlari uchun davlat organ­
lari tomonidan shartnoma asosida beriladigan binolar va mol­mulk­
dan foydalanishga haqlidir. Bu esa tegishli hokimiyat organlari 
ruxsati bilan amalga oshiriladi. Shuningdek, O‘zbe kiston Respub­
likasining «Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan 
foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunining 27­moddasiga muvofiq, tari­
xiy va madaniy yodgorliklar obyektlari va buyumlar diniy tashkilot­
larga tekin foydalanish shartnomasida berib qo‘yilishi ko‘zda tutil­
gan. Bu esa, fuqarolarning diniy marosimlarni to‘laqonli amalga 
oshirishi uchun davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatdir.
Qonunning diniy adabiyotlarga tegishli bo‘lgan 19­moddasi 
ham o‘zgartirildi. Unga ko‘ra, diniy tashkilotlarning markaziy 
boshqaruv organlari diniy maqsadlarga mo‘ljallangan buyumlar, 
diniy adabiyotlar va diniy mazmundagi boshqa axborot mate­
riallarini O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilan­
gan tartibda ishlab chiqarishga, eksport va import qilishga ham­
da tarqatishga haqlidir. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004­yil 
23­apreldagi 196­son qarori bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Res­


48
publikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha 
qo‘mita to‘g‘risidagi Nizomning 7­bandiga muvofiq O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yi­
cha qo‘mita respublikada chiqariladigan yoki chet ellardan kel­
tiriladigan diniy tusdagi mahsulotlarni ekspertizadan o‘tkazadi va 
mazkur faoliyatni muvofiqlashtiradi. Mazkur qoida orqali respub­
lika hududiga diniy mazmundagi adabiyotlarning olib kirish tar­
tibi takomillashtirildi.
Shunga asosan, Vazirlar Mahkamasining 2014­yil 20­yanvar­
dagi 10­sonli «Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib 
kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibi­
ni takomillashtirish chora­tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga aso­
san diniy mazmundagi materiallarning turlari va ularning maz­
mun­mohiyati kengroq tavsif qilib berildi. Unda aytilishicha, 
diniy mazmundagi kitob, risola, jurnal, gazeta, varaqa va bosh­
qa bosma nashrlar, audiovizual asarlar axborot tashuvchi elektron 
jismlar (CD, DVD disklari, fleshkalar, Internet tarmog‘ida joy­
lashtirilgan materiallar va shu kabilar) diniy mazmundagi mate­
riallar sifatida e’tirof etiladi. 
Ko‘rinib turibdiki, vijdon erkinligi qonunchiligi borasidagi is­
lohotlar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan hayotiy zarurat hisob­
lanadi. Bu islohotlar jamiyat taraqqiyoti bilan hamnafas tarzda 
rivojlanishda davom etadi. Jumladan, mavjud qonunchilik mo­
hiyatini keng xalq ommasiga to‘laqonli yetkazib berish maqsa­
dida vakolatli davlat organlari tomonidan sohaga oid qonun­
larga huquqiy sharhlar berilishi, fuqarolarning vijdon erkinligi 
huquqini ta’minlashga xizmat qiluvchi qonun osti hujjatlarining 
qabul qilinayotgani fikrimizning isbotidir.
Xulosa qilib aytganda, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 
to‘g‘risida»gi Qonunni hayotga tatbiq etish va sohaga oid amal­
ga oshirilayotgan huquqiy islohotlar natijasida diniy tashkilotlarni 
ro‘yxatga olish hamda ularga rahbarlik qilish, noan’anaviy diniy 
oqimlar yoyilib ketishining oldini olish, diniy ta’lim tizimini 
takomillashtirish, shuningdek, diniy adabiyotlarni chop etish va 


49
tarqatish kabi diniy hayot barqarorligini ta’minlashga qaratilgan 
vazifalarni bajarish uchun zamon talablariga mos huquqiy me­
xanizm yaratildi.
Shuni afsus bilan qayd etish lozimki, yurtimizda faoliyat 
ko‘rsatayotgan ba’zi diniy tashkilotlar tomonidan vijdon erkinligi 
to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi, xususan, missionerlik va 
prozelitizm bilan shug‘ullanish holatlari ham kuzatilmoqda.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin