«Turkiston islom harakati» (sobiq «O‘zbekiston islom harakati»)
diniyekstremistik va terrorchi tashkilot. Ushbu tashkilot 1996yilda
«O‘zbekiston islom harakati» nomi ostida tashkil etilgan. Harakatni
shakllantirishda 1992–93yillarda O‘zbekistonda faoliyati taqiqlan
gan «Adolat uyushmasi» (Namangan), «Islom uyg‘onish partiya
si» (1990yil Astraxanda asos solinib, 1991yil yanvaridan O‘zbekis
tonda faoliyat ko‘rsatgan), «Odamiylik va insonparvarlik» (Qo‘qon),
«Turkiston islom partiyasi», «Islom lashkarlari» (Namangan) kabi
diniyekstremistik guruhlarning sobiq faollari ishtirok etgan.
Tashkilotning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo hududida «Buyuk
islom xalifaligi»ni tuzish, unda musulmonlar yashaydigan Kavkaz va
106
Rossiya Federatsiyasining Volgabo‘yi respublikalarini qamrab olish
dan iborat. Tashkilot o‘z maqsadiga eri shish uchun qo‘poruvchi
lik va terrorchilik harakatlarini amalga oshirish, harbiy harakatlar
uyushtirish, odamlarni garovga olish orqali mintaqadagi ichki si
yosiy vaziyatni beqarorlashtirish kabi vositalardan foydalanadi.
«Turkiston islom harakati» guruhi jangarilari 1999yili Tosh
kent shahri va viloyatida, 2000yili Toshkent va Surxondaryo
viloyatlarida, 2004yili Toshkent va Buxoroda, 2005yili Andi
jonda, shuningdek, 1999, 2000 va 2006yillarda qo‘shni Qirg‘izis
tonda, 2006yili Tojikistonda terrorchilik harakatlarini amalga
oshirishda ishtirok etgan. Mazkur guruh mintaqadagi terrorchi
tashkilotlar bilan yaqin aloqaga ega.
«Turkiston islom harakati» so‘nggi yillarda talafotlar, struk
turaviy o‘zgarishlar, rahbar a’zolar orasidagi yo‘qotishlarga duch
keldi. Hozirda g‘oyaviy targ‘ibot kuchaytirilib, bosma va elektron
nashrlar tarqatilishiga katta urg‘u berilmoqda.
Nurchilik. «Nurchilik» (turk. nurculuk) diniy mutaassib
hara kat. Xalq tilida «Nurchilar» degan nom bilan ham mash
hur. Turkiyaning Bitlis viloyatidagi Nursa qishlog‘ida tug‘ilgan
Said Nursiy (1876–1960) bo‘lib, «Badiuzzamon» (arab. zamona
ning buyugi, benazir) laqabi bilan tanilgan. Harakat uning asos
chisi tomonidan XX asrning 20yillaridagi Turkiyadagi siyosiy va
diniy vaziyatninng o‘zgarishi ta’sirida, xususan, Mustafo Kamol
Otaturkning dunyoviy davlat tuzishiga qarshi muxolif ravishda
shakllantirilgan. Said Nursiy Turkiya Respublikasi konstitutsiyasi
tuzumiga tahdidi va shariatga asoslangan davlat tuzishni uyush
tirishda ayblanib, sudlandi va 23yil umrini qamoqda o‘tkazdi.
Harakat g‘oyasi Nursiy tomonidan yozilgan 14 jilddan ibo
rat Qur’on oyatlarining sharhlari va diniy ko‘rsatmalardan iborat
«Risolai Nur» kulliyoti kitobiga asoslanadi. «Nurchilik» huku
mat tomonidan ta’qib qilingani uchun mazkur kitob 1954yil
gacha birorbir nashriyotda chop etilmay, harakat faollari tomo
nidan qo‘lda ko‘chirilib, xalq orasida maxfiy tarqatilgan. Harakat
a’zolari manbaning muhimligini ko‘rsatishda Badiuzzamonning
107
«Ilm uchun Risolai Nurni o‘qish va ko‘chirib yozish kifoya, bosh
qa hech narsa kerak emas», degan fikrini ilgari suradi.
Turkiyaning amaldagi davlat tuzumi o‘rniga islom shariati
ga muvofiq qonunqoidalarini joriy qilish «Nurchilik»ning asosiy
g‘oyasi hisoblanadi. Keyingi bosqichda go‘yoki, turkiyzabon dav
latlarni Turkiya soyasida birlashtirib, islomiy davlatni barpo etish
g‘oyasi ilgari surilib, bunda harakat rahnamosi Fathulla Gyulen
ning «Butun Yer yuzi Allohning mulki, uni bu meniki, bu seni
ki, deb bo‘lib olishga hech kimning haqqi yo‘q» degan fikr ostida
boshqa xalqlarni Vatan tuyg‘usidan ajratib, ular ustidan hukm
ronlikni qo‘lga kiritish ko‘zlanadi.
Harakatning strategiyasi uzoq davrga mo‘ljallangan bo‘lib, as
tasekinlik bilan yoshlarga mutaassib diniy g‘oyalarni singdirib
borish hamda panturkizm g‘oyalarini singdirish va kelajakda ular
ning rahbar lavozimlarga tayinlanishi orqali «Nurchilik» jamoasi
ga moyil shaxslarni hokimiyat tepasiga chiqarishga asoslangan.
Nurchilar strategiyasida Kavkaz, Bolqon va Markaziy Osiyo min
taqasi alohida o‘rin tutadi. Fathulla Gyulen fikricha, hara katning
bu hududlarda ustuvor mavqega erishishi Usmonlilar davridagi ka
bi «Buyuk Turon» tiklanishiga xizmat qiladi. Uning ko‘rsatmalari
ga rioya qilgan nurchilar til, din va madaniyatlar birligini hamda
zamo naviy fikrlaydigan kadrlar tayyorlashda yordam berishni iddao
qilgan holda Markaziy Osiyo davlatlarida ham paydo bo‘ldi.
Bu oqimning Markaziy Osiyo mintaqasiga kirib kelishi
1992yildan boshlab kuzatilgan. Dastlab oqim g‘oyalari turki
yalik mutaassiblarning moddiy va ma’naviy ko‘magida yetkazil
gan. Ular tomonidan mintaqa mamlakatlarida ochilgan 128 ta
litseydagi ta’lim jarayonida yangi pedagogik va psixologik tex
nologiyalar hamda metodlardan samarali foydalanilgani ularning
dovrug‘i tarqalishiga va aholi tomonidan ijobiy qabul qilinishi
ga zamin yaratdi. «Nurchilar» harakatining rejasiga ko‘ra, 10–
15 yillardan so‘ng ular faoliyat olib borgan mamlakatning yirik
siyosiy arboblari va tijoratchilari bo‘lib yetishishlari kerak edi.
Mintaqa davlatlari televideniyelariga beg‘araz deya taqdim etilgan
108
diniy mazmundagi film va turli yo‘llar bilan keng tarqalgan ki
toblar yordamida ham «Nurchilik» g‘oyalarini yoyish ishlari olib
borildi. Bizga qo‘shni bo‘lgan ayrim davlatlarda bunday amaliyot
bugungi kunda ham davom etmoqda.
Bu oqimning Markaziy Osiyoga kirib kelishi 1992yildan bosh
lab mintaqa mamlakatlarida turk litseylarining ochilishi orqali
namoyon bo‘ldi. «Nurchilik» harakatning «Silm» tarmog‘i muas
sislik qilgan, moddiytexnik ta’minoti «Osiyo finans» tashkilo
ti tomonidan moliyalashtirilgan 128 ta litsey ochildi. Litseyda
gi ta’lim jarayonida yangi pedagogik va psixologik texnologiyalar
hamda metodlardan samarali foydalangan holda mashg‘ulotlar
olib borilgani ularning dovrug‘i tarqalishiga va aholi tomonidan
ijobiy qabul qilinishiga zamin yaratdi.
Mintaqa davlatlari televideniyelariga beg‘araz deya taqdim
etilgan diniy mazmundagi film va turli yo‘llar bilan keng tarqal
gan kitoblar yordamida ham «Nurchilik» g‘oyalarini yoyish ish
lari olib borildi.
«Nurchilik» harakatining O‘zbekistonga kirib kelishi musta
qillik yillarining boshlariga borib taqaladi. Ular Turkiya bilan
bo‘lgan milliy va madaniy aloqalar soyasi ostida Turko‘zbek lit
seylari faoliyatini moliyalashtirib, o‘zbek yoshlarini harakat g‘oya
lari domiga tortmoqchi bo‘ldilar. Harakatning asl maqsadlari fosh
bo‘lgach, 1999yil uning faoliyati taqiqlanib, mamlakatdagi lit
seylar yopildi. Shuningdek, harakat a’zolarining O‘zbekistonda
gi ikkinchi g‘ayriqonuniy urinishlari sifatida tashkil etilgan o‘quv
markazlari, chop etilgan gazeta va jurnallar hamda teleko‘rsatuv
lar aniqlanib, ularning faoliyati ham tugatildi. Ming afsuski, biz
ga qo‘shni bo‘lgan ayrim davlatlarda bunday amaliyot bugungi
kunda ham davom etmoqda.
«Nurchilik» ochiqdanochiq konstitutsion tuzumga qar
shi kurash, «islom davlati»ni qurish g‘oyalari mavjud bo‘lma
sada, mazmun va mohiyat jihatidan uning g‘oyalari va ush
bu oqim tomonidan chop qilingan adabiyotlar fundamentalistik
ta’limotlarning aholi orasida ildiz otib ketishiga asos yaratib, ja
109
miyat barqarorligiga xavf soluvchi mutaassiblik g‘oyalarini targ‘ib
etishga xizmat qiladi. Harakatning g‘oyalari va faoliyatiga Tur kiya
jamiyatining o‘zida ham ziddiyatli munosabat mavjud.
Dostları ilə paylaş: |