BIOLOGIYA
TALABALIK DAVRI BARCHANGIZGA
NASIB QILSIN!!! Tuzuvchi: E. Jalilov
EJalilov
1. Quyidagi sxema asosida yuzaga kelgan 1, 2, 3 va 4 xromosoma
kasalliklariga tegishli belgi va xususiyatlarni juftlab ko’rsating.
A) 1, 2 - yelka chanoqqa nisbatan tor, qo‘l-oyoqlari uzun,
xromosoma mutasiyasi nayijasi; 3, 4 - ikkilamchi jinsiy belgilar juda
sust namoyon bo‘ladi, genom mutasiyasi natijasi;
B) 1, 2 – bo‘yi juda past, ikkilamchi jinsiy belgilar juda sust
namoyon bo‘ladi; 3, 4 - qo‘l-oyoqlari uzun, yelka chanoqqa
nisbatan tor, tuxumdon rivojlanmagan
C) 1, 2 - qo‘l-oyoqlari uzun, yelka chanoqqa nisbatan tor, genom
mutasiyasi natijasi; 3, 4 - bo‘yi juda past, ikkilamchi jinsiy belgilar
juda sust namoyon bo‘ladi
D) 1, 2 - og‘zi yarim ochiq, aqliy zaif, odatda bepusht, uzoq
yashamaydi; 3, 4 - tuxumdon rivojlanmagan, ikkilamchi jinsiy
belgilar juda sust namoyon bo‘ladi
2. Odam skeletidaga qaysi suyaklar soni yig‘indisi qovurg‘alar soniga
(a); barcha uzun g‘ovak suyaklar soni qaysi suyaklar soni
yig‘indisiga (b) va barcha uzun naysimon suyaklar soni qaysi
suyaklar soni yig‘indisiga (c) teng?
A) a - kurak suyaklari, bo‘yin va ko‘krak umurtqalari, yelka kamari
suyaklari; b - ko‘krak va bel umurtqalari, yelka kamari suyaklari,
boldir suyaklari, dumg’aza umurtqalari; c - yelka suyaklari, ensa
suyaklari, kurak suyaklari, soxta qovurg‘alar
B) a – yuqorigi jag’ suyaklari, bo‘yin va ko‘krak umurtqalari, oyoq
kamari suyaklari; b – dumg’aza va bel umurtqalari, yelka kamari
suyaklari, bilak suyaklari, bel umurtqalari; c - kurak suyaklari, tepa
suyaklari, yelka suyaklari, soxta qovurg‘alar
C) a - son suyaklari, o’ng qo’ldagi kaft usti suyagi va kalta naysimon
suyaklari, yelka suyaklari; b - ko‘krak va bel umurtqalari, yelka
kamari suyaklari, son suyaklari, dumg’aza umurtqalari; c - bilak
suyaklari, peshona suyagi, kurak suyaklari, soxta qovurg‘alar
D) a - to‘sh, bo‘yin va ko‘krak umurtqalari, yelka kamari suyaklari; b
- ko‘krak umurtqalari, yelka kamari suyaklari, boldir suyaklari,
bo‘yin umurtqalari; c - o‘mrov suyaklari, yonoq suyaklari, kurak
suyaklari, soxta qovurg‘alar
3. Diploid navli o’simlikda shu o’simlikning kariotipidagi
xromasomalariga nisbatan 24 marta ko’p miqdorda mikrosporalar
hosil bo’lgan bo’lsa, ushbu diploid navli o’simlikda qo’sh
urug’lanishdan so’ng 135 dona urug’ hosil bo’lgan bo’lsa,
urug’lanishda qatnashmagan spermiylardagi jami xromasomalar
sonini aniqlang. (shu o’simlikning arxeosporasidagi xromasomalar
soni blastomerlari to’rt marta meridianal bo’linib, hosil bo’lgan
blastomerlaridagi xromasomalari 2432 taga yetgan organizmning
meyoz-II bo’linishi natijasida shakllangan spermatozoidlaridagi
autasomalar soniga teng.)
A) 5346 B) 7776 C) 2673 D) 3888
4. Agglutinogenlarning har ikkisiga ega bo’lgan ayol
agglutininlarning har ikkalasiga ega bo’lgan erkakka turmushga
chiqdi. Ushbu oilada tug’ilgan farzandlar qaysi qon guruh(lar) uchun
umumiy bo’lgan holda donor (a) va qaysi qon guruh(lar) uchun
resepient (b) bo‘la oladi?
A) a – II va III; b – I va IV B) a – I, III, IV; b – I, II, III
C) a – I; b – IV D) a – IV; b – I
5. Koala va malla shomshapalak uchun umumiy ma’lumotlar to‘g‘ri
berilgan javobni toping. 1) sutemizuvchilar sinfiga kiradi; 2) bolasini
sut bilan boqadi; 3) qo‘lqanotlilar turkumi vakili; 4) oldingi oyog‘i
kapalak qanotiga nisbatan analogik organ hisoblanadi; 5)
barmoqlarida yassi tirnoqlari bo‘ladi; 6) tanasi jun bilan qoplangan;
7) burni va og‘zidan ultratovush chiqaradi; 8) primatlar turkumiga
kiradi; 9) rangni yaxshi ajratadi; 10) kloakasi bo‘lmaydi.
A) 1, 2, 6, 10 B) 1, 2, 5, 6, 8 C) 3, 4, 7, 9 D) 2, 5, 8, 10
6. Herbaseumning 2 ta nogomolik xromasomasida genlar tartibi
quyidagicha: beshinchi xromosomada – ABCDEFJKLM, o’n uchinchi
xromosomada – OPQRSTUVWXYZ. Agar beshinchi - xromosomada
avval inversiya, keyin beshinchi va o’n uchinchi - xromosomalar
o`rtasida translokatsiya sodir bo`lgan bo`lsa, genlarning joylashuvi
tartibi to`g`ri berilgan javobni aniqlang.
A) ABCDLEFJKMOPQ B) ABCDLKFEMOPQ
C) ABCDLKJFEMOPQ D) ABCLKJFEMXYZ
7. Buk va baobab mansub bo’limning gametogenezi haqidagi tog’ri
fikrlarni aniqlang.
1) changdonning hujayralari meyoz usulida bo’linadi;
2) mikrosporalar meyoz usulida hosil bo’ladi; 3) yosh
urug’kurtakning arxeosporasi meyoz bo’linishidan 3 ta mayda, 1 ta
yirik hujayra rivojlanadi; 4) mikrospoaralar mitoz usulida bo’linadi;
5) mikrospora mitoz yo’li bilan bo’linib, vegetativ va generativ
hujayrani hosil qiladi; 6) mikrosporalar gaploid to’plamli
hujayralardan hosil bo’ladi; 7) megasporositlarining bo’linishidan
hosil bo’lgan hujayra mitoz usulida bo’linadi; 8) murtak xaltachasi
urug’kurtakning yirik hujayrasi mitoz usulida bo’linishidan hosil
bo’ladi; 9) mikrosporalar meyoz va mitoz usulida bo’linadi;
10) megasporositlari mitoz usulida bo’linadi; 11) chang donasi
shakllanishida dastlab mitoz so’ngra meyoz kuzatiladi;
12)Mikrosporalar mitoz usulida hosil bo’ladi; 13)urug’kurtakning
yirik hujayrasi 3 marotaba meyoz yo’li bilan bo’linib murtak
xaltachasini hosil qiladi; 14)mikrosporalar diploid to’plamli
hujayralardan hosil bo’ladi
A) 1,3,5,7,9 B) 3,6,8,10,14 C) 2,3,4,7,8,14 D) 2,3,4,6,8,14
8. Quyida berilgan misollarda qaysi qonuniyatlarning ifodalanishi
ko’rish mumkin?
a) biogenetik qonun; b) ontonogenetik qonun
1)baqaning ontonogenezida uch kamerali yurakning paydo bo’lishi;
2)kapalakning metomorfozida so’ruvchi tipdagi og’iz a’zosining
paydo bo’lishi; 3) assidiya lichinkasida xorda, nerv nayining bo’lishi;
4) karam kapalagi qurtining og’iz a’zosi kemiruvchi tipda bo’lishi;
5)kvakshaning embrionida jabra yoriqlarining yo’qolib ketishi;
6) to’tiqushning ontonogenezida jabra yoriqlarining mavjudligi;
7) embrional rivojlanishining keyingi davrlarida odam embrionida
peshona oldinga bo’rtib chiqishi; 8)embrional rivojlanishning
keyingi davrlarida gorilla embrionida jag’ oldinga bo’rtib chiqishi;
9)ontonogenezda ajdodlarning yetuk formalari bosqichlari
qaytariladi; 10) ontonogenezda faqat embrion bosqichlari
qaytariladi; 11) kitlarning embrionida tishlarning so’rilib ketishi;
A) a – 2,6,7,8,10; b –1,3,4,11 B) a – 6,10; b –1,2,3,4,11
C) a – 3,4,6,7,8,10; b –1,2,11 D) a – 6,7,8,10,11; b –1,2,3,4
9. Xrizantema va xarduma o’simliklari uchun umumiy xususiyatlarni
aniqlang.
1) urug’idan ko’payadi; 2) gul hosil qiladi; 3)mikrosporalar meyoz
usulida hosil bo’ladi; 4) mikrosporalar gaploid to’plamga ega; 5) yosh
urug’kurtak arxeosporasi meyoz usulida hosil bo’ladi;
6)magnoliatoifalarga mansub; 7) gultojbargalari halqada 3 tadan
joylashgan; 8) ildiz, poya, barglardagi o’tkazuvchi to’qimalari uzun,
yog’ochlashgan; 9) murtak xaltasining hosil bo’lishida dastlab mitoz,
so’ngra meyoz sodir bo’ladi; 10) har ikkala o’simlik uchun urug’ning
paydo bo’lishi morfofiziologik yuklsalish hisoblanadi
A) 3,4,5,10 B) 1,2,3,4,6,8 C) 2,3,4,5,10 D) 1,2,4,8,9
10. Namozshom ko‘rlik (qorong’uda ko’ra olmaslik) va miopatiya
(yurak muskullari nuqsoni) kasalliklari X- xromasomada joylashgan
retsessiv gen orqali nasldan naslga o’tadi. Ushbu genlar orasidagi
masofa 4,9 morganidaga teng. Onasi miopatiya bo’lgan, otasi esa
namozshom ko‘rlik bilan kasallangan oilada tug’ilgan qiz bilan ushbu
belgilari bo’yicha sog’lom yigitga turmushga chiqdi. Bu oilada
tug’ilgan o’g’illardan biri miopatiya, normal ko’rishga ega bo’lgan;
ikkinchi o’g’il esa namozshom ko‘rlikka uchragan, lekin yuragi
normal qisqaruvchan qobiliyatiga ega bo’lgan. Ushbu oilada ikkala
juft belgilari bo’yicha sog’lom qizlarning (a) va ikkala juft belgilari
bo’yicha sog’lom o’g’ilarning (b) hamda bir juft belgisi bo’yicha kasal
o’g’il va qizlarning (c) tug’ilish ehtimolini (%) aniqlang.
A) a-50; b-51,225; c-2,45 B) a-51,225; b-12,5; c-47,55
C) a-50; b-23,775; c-2,45 D) a-50; b-1,225; c-47,55
11. AAA (1), AAU (2), UAC (3), GCA (4), AGA (5) va AUG (6) tripletga
ega t-RNK qaysi aminokislotalarni translyatsiya joyiga yetkazadi?
A) 1-leysin; 2-fenilalanin; 3- serin; 4- tirozin; 5- metionin; 6- arginin
B) 1-fenilalanin; 2-fenilalanin; 3-metionin; 4- serin; 5- arginin; 6-
tirozin
C) 1-fenilalanin; 2-leysin; 3-metionin; 4-arginin; 5-serin; 6-tirozin
D) 1- fenilalanin; 2-leysin; 3- tirozin; 4-arginin; 5-serin; 6- metionin
12. G’ozaning transgen formasini yaratishda o’simlik irsiyatini gen
injeneriyasi usuli bilan o‘zgartirish jarayonini tartib bilan belgilang:
1) transgen o‘simlik olinadi; 2) vektor konstruksiyasi
agrobakteriyaga kiritiladi; 3) plazmidning T-DNK qismi restriktaza
bilan kesib olinadi; 4) T-DNK pBR 322 plazmidiga ko‘chirib
o‘tkaziladi; 5) Vektor konstruksiyaning T-DNK qismiga yot gen
ko‘chirib o‘tkaziladi.
A)
2, 5, 4, 3, 1
B)
3, 4, 5, 1, 2
C)
3, 4, 5, 2, 1
D)
3, 5, 4, 2, 1
13. Homo sapiyens buyragi tuzilishi va faoliyatiga tegishli belgilarni
aniqlang.
1 – buyrak to`qimasi po`st va mag`iz qavatlaridan iborat;
2 – buyrak to`qimasi murakkab mikroskopik tuzilishga ega
nefronlardan tashkil topgan; 3 – birlamchi siydik tarkibida eritrosit
va trombotsitlar bor; 4 – ikkilamchi siydik tarkibida qinning shaklli
elementlari mavjud emas; 5 – moddalar almashinuvining ikkinchi
bosqichida ishtrok etadi; 6 – moddalar almashinuvining uchunchi
bosqichida ishtrok etadi; 7 – birlamchi siydik tarkibida plazma
oqsillari bor; 8 – buyrak to`qimasining mag`iz qismi qoramtir;
9 – filtratsiya yo`li bilan hosil bo`lgan siydik siydik yo`li orqali
qovuqqa uzluksiz o`tib turadi; 10 – ADG kalavasimon kanalachalar
devoriga ta`sir etib reabsorbsiya jarayonini kuchaytiradi
A) 2,4,6,10 B) 2,4,5,6,8,10 C) 1,2,3,5,6 D) 2,4,5,7,8
14. Mang’itda barg tomirining nay tolali boylamlarini hosil qiluvchi
naychalar (a), elaksimon naychalar (b) va tolalar (c) ga xos bo’lgan
xususiyatlarni juftlab ko’rsating. 1) qalin devorli; 2) po‘sti qalin,
3) cho‘ziq, 4) o‘lik hujayralardan tashkil topgan; 5) po‘sti pishiq,
6) bir-biri bilan zanjir shaklida ulangan hujayralardan tuzilgan
7) juda uzun hujayralari bo‘ladi, 8) to‘rga o‘xshash, 9) bir-biri bilan
ko‘p sonli teshikchalar orqali tutashgan
A) a-2,5,7; b-6,8,9; c-1,4 B) a-2,7; b-3,6,8,9; c-1,4,5
C) a-1,4; b-3,6,8,9; c-2,5,7 D) a-1,3,4; b-6,8,9; c-2,5,7
15. Qarag’ay va qayrag’ochga xos umumiy xususiyatlami aniqlang.
1) urug’kurtak tuguncha devori bilan o’ralgan; 2) changlanish va
urug’lanishdan so’ng urug’kurtakdan urug’ hosil bo’ladi;
3) urug’idan ko’payadi; 4) o’tkazuvchi to’qimasi rivojlangan;
5) urug’langan tuxum hujayradan murtak hosil bo’ladi; 6) ajdodi
urug’li qirqquloqlar hisoblanadi; 7) chetdan changlanish sodir
bo’ladi; 8) qo’sh urug’lanishdan so’ng tugunchadan rezavor meva
hosil qiladi
A) 1, 4, 5, 7, 8
B) 3, 4, 5, 6, 8 C) 1, 2, 3, 6 D) 2, 3, 5, 6, 7
16. Kulrang satir va kulrang g’oz uchun umumiy belgilar to’g’ri
ko’rsatilgan javobni toping.
1) oziqlanish usuli; 2) biogen migratsiyaning
1- turida ishtirok etishi; 3) hujayra qobig’ining mavjudligi;
4) sitokinezning sodir bo’lish usuli; 5) qanotlarining tuzilishi;
6) ekologik piramidaning tarkibiy qismi ekanligi; 7) aerob usulda
nafas olishi; 8) eukariot organizm ekanligi
A) 2, 4, 6, 7 B) 4, 6, 7, 8 C) 3, 5, 7, 8 D) 1, 2, 6, 8
17. Organizmda quyidagilardan qaysilari hujayralarning mitoz (a)
hamda meyoz (b) bo’linishi hisobiga ta’minlanadi?
1) moddalar almashinuvi; 2) qo’zg’aluvchanlik; 3) hujayralar
tuzilishini doimiyligi; 4) gomeostaz; 5) hujayrani yashash muddati;
6) hujayra funksiyasini doimiyligi; 7) irsiy materialni bir xilligi;
8) organizmning rivojlanishi; 9) avlodlar almashinuvida
xromasomalar sonining doimiyligi; 10) irsiy axboroti bir biridan farq
qiluvchi gametalar hosil bo’lishi. A) a-3,4,5; b-7,9,10
B) a-2,3,6; b-1,9,10 C) a-3,6,7; b-9,10 D) a-9,10; b-3,6,4
18. Evolyutsiyaning boshlang’ich birligi (a) va evolyutsiyaning
boshlang’ich materiali (b) haqidagi tushunchalami aniqlang.
1) bir tur tarqalgan arealning ma’lum qismini egallagan individlar
yig’indisi; 2) ikki har xil genotipli organizmlami chatishtirishdan
yuzaga keladi; 3) namoyon bo’lish xarakteriga ko’ra dominant va
retsessiv bo’ladi; 4) hayotning tuzilish darajasi hisoblanadi;
5) evolutsion yangilanish ro’y beradi; 6) individlarining zichligi,
tug’iluvchanligi, o’limi, yoshi, egallagan joyi kabi statistik belgilar
bilan ta’riflanadi; 7) gen, xromosoma, genom va sitoplazmatik
xillarga bo’linadi. A) a- 3,4,5; b- 1,2, 6, 7 B) a- 1, 2,4, 7; b-3,5,6
C) a- 1,4,5, 6; b-2,3,7 D) a - 2,3,6; b-1,4,5, 7
19. Quyida berilgan irsiylanish qonuniyatlarining qaysi birida
xatolik mavjud? A) Bir-biriga birikkan genlar guruhining soni
muayyan turdagi xromosomalarning gaploid soniga mos keladi
B) Qizil oddiy dukkakli belgiga ega bo‘lgan no‘xatlarning fenotipi
asosida genotipi gomozigota yoki geterozigota ekanligini aniqlash
mumkin.
C) Bir-biriga birikkan genlar guruhining soni muayyan turdagi
xromosomalarning gaploid soniga mos keladi. Ular turpda 9 ta,
karamda 9 ta bo‘ladi. D) Diduragay chatishtirishda genlarning turli
kombinatsiyalari natijasida belgilarning mustaqil holda
taqsimlanishi, agarda noallel genlar har xil gomologik
xromosomalarda joylashgan bo‘lsagina amalga oshadi.
20. Oilaning gul formulasi Gk(3)+(5) Gt5 Ch∞ U∞ bo’lgan o’simlik
navlarini belgilang. 1) Obidov; 2) Samarqand; 3) Samarqand-3;
4) Namangan-39; 5) Buxoro-9; 6) Buxoro-12; 7) Zafarshon;
8) Farxod; 9) Vatan; 10) gultish; 11) Yulduz; 12) Omad
A) 1,2,4,6,7 B) 4,5,6,8,11,12 C) 3,4,5,11,12 D) 3,4,5,6,10,9
21. Itsigakka xos bo’lgan belgi va xususiyatlarni ko’rsating.
1) bargi va mevasidan olinadigan dori tibbiyotda qon bosimini
pasaytirish uchun ishlatiladi; 2) undan olinadigan zaharli modda -
anabazin qishloq xo‘jaligiga zarar keltiruvchi hasharotlarga qarshi
kurashda qo‘llanadi; 3) hayotiy shakliga ko’ra bo’ta; 4) hayotiy
shakliga ko’ra yarim bo’ta; 5) Gulqo‘rg‘oni oddiy, kosachasimon
6) gullari qiyshiq, gulkosachasi yarmigacha qo‘shilgan; 7) mevasi
dukkak; 8) mitoz jarayonining profaza va metafaza bosqichlarida
xromosomalari bo’linish urchug’iga birikkan bo’ladi; 9) hujayrasi
mitoxondriylarida ma’lum vaqt davomida 6480 kJ energiya ATFda
jamlangan bo’lsa, xloroplastlarda shu miqdordagi ATF 9 molekula
glukoza sinteziga yetadi; 10) mitoz jarayonining profazasida
sentriolalari qutblarga tarqaladi.
A) 1, 3, 6, 7 B) 4, 5, 8, 9 C) 2, 8, 10 D) 4, 6, 9
22. Fenilketonuriya (a) va albinizm (b)ga xos belgilarni aniqlang.
1) retsessiv belgi; 2) modda almashinuvi buzilishi bilan bog'liq;
3) jinsiy xromosoma bilan bog'liq; 4) faqat Y— xromosoma bilan
bog'liq; 5) nerv sistemasi jarohatlanadi; 6) aqliy zaiflik paydo
bo'ladi; 7) terida pigmentlar bo'lmaydi; 8) ko'rish qobiliyati
pasayadi. A) a-1,2,5,6; b-1,3,7,8 B) a-1,4,6,8; b-2,5,7,8
C) a-1,2,7,8; b-1,2,5,6 D) a-1,2,5,6; b-1,2,7,8
23. To’gri fikrlar keltirilgan javoblarni aniqlang? a) Irsiyat tufayli
turga xos belgi, xususiyatlarning nisbatan turg’unligi avlodlarda
saqlanadi; b) irsiyat va o’zgaruvchanlik bir-biriga qarama-qarshi
hodisa bo’lsada, bir vaqtning o’zida namoyon bo’ladi; c) bakteriy -
larning irsiyat va o’zgaruvchanligi duragaylash, sitogenetik,
molekulyar genetik va genetik injeneriya metodlari yordamida
o’rganiladi; d) irsiyat va o’zgaruvchanlik bir-biriga qarama-qarshi
hodisa bo’sada, bir vaqtning o’zida namoyon bo’lmaydi; e) o’simlik
va hayvonlarning irsiyat va o’zgaruvchanligi duragaylash,
sitogenetik, molekulyar genetik va genetik injeneriya metodlari
yordamida o’rganiladi. A) a, b, c B) d, e C) b, d D) c, d, e
24. Genetik materialning o’zgarishiga ko’ra (a), ro’y beradigan joyiga
ko’ra (b), namoyon bo’lish harakteriga ko’ra (c), paydo bo’lishiga
ko’ra (d), natijasiga ko’ra (e), hamda irsiyatga berilishiga qarab (f)
qanday mutastiya turlari mavjud?
1) somatik; 2) gen, 3) dominant; 4) spontan, 5) xromasoma,
6) foydali; 7) neytral; 8) letal; 9) genom; 10) generativ; 11 sun’iy; 12)
retsessiv; 13) yarim letal; 14) indutsirlangan
A) a-1,10 b-2,5,9; c-3,12; d-4,11,14; e-6,7,8,13; f-1,10
B) a-2,5,9; b-3,12; c-1,10; d-4,11,14; e-6,7,8,13; f-3,12
C) a-2,5,9; b-1,10; c-3,12; d-4,11,14; e-6,7,8,13; f-1,10
D) a-2,5,9; b-4,10; c-3,12; d-1,11,14; e-6,7,8,13; f-3,12
25. Pavian maymunlar podasining markazidagi eng xavfsiz joyda
(a), chetlarida (b), podaning old va orqa tomonlarida (c)
harakatlanadi. A) a - boshchilari, yosh erkak va urg‘ochilari;
b – bolali yoki homilador urg‘ochilar; c - hujumni qaytarishga tayyor
yirik erkaklari. B) a - bolali yoki homilador urg‘ochilar;
b – boshchilari, yosh erkak va urg‘ochilari; c - hujumni qaytarishga
tayyor yirik erkaklari.
C) a - yosh erkak va urg‘ochilari, bolali yoki homilador urg‘ochilar;
b – boshchilari; c - hujumni qaytarishga tayyor yirik erkaklari
D) a - yosh erkak va urg‘ochilari; b - bolali yoki homilador
urg‘ochilar; c - hujumni qaytarishga tayyor yirik erkaklari va
boshchilari
26. Quyidagi rasmda tasvirlangan jarayonga xos bo’lgan
xususiyatlarni aniqlang?
1) ribosomada kechadigan jarayon; 2) metabolizm reaksiyalariga
misol bo‘ladi; 3) RNK molekulasidagi irsiy axborot aminokislotalar
izchilligiga ko‘chirilishi; 4) dezoksiribonukleotidlar izchilligidagi
axborot ribonukleotidlar izchilligiga ko‘chiriladi; 5) guanin
dezoksiribonukleotidlariga sitozin ribonukleotidlarining
komplementarligi asosida sodir bo‘ladi; 6) fermentlar, ribosomalar,
t-RNK ishtirok etadi; 7) ATF sarflanadi; 8) adenin
ribonukleotidlariga uratsil ribonukleotidlarining komplementarligi
asosida sodir bo‘ladi; 9) Vertisilium hujayrasida bu jarayon yadroda
sodir bo’ladi; 10) Timin dezoksiribonukleotidlariga adenin
ribonukleotidlarining komplementarligi asosida boradi; 11) Plastik
almashinuv reaksiyasi hisoblanadi va ATF sarflanadi; 12) Adenin,
sitozin, uratsil, guanin ribonukleotidlaridan iborat biopolimer hosil
bo’ladi. A) 1,4,5,7,8,9,10,11,12 B) 2,3,5,7,9,10,11,12
C) 2,4,6,7,8,9,10,11,12 D) 2,4,5,7,9,10,11,12
27. Odam va hayvonlar gemoglobin zanjiridagi aminokislotalar
tarkibidagi farqni (V. Grant bo‘yicha) a, b va c turlar qaysi organizm
ekanligini aniqlang?
Turlar
Farqlar soni
α zanjir
β zanjir
a
18
25
b
16-19
25
c
25
14
A) a - Odam – ot; b - Odam – sichqon; c - Odam - quyon
B) a - Odam – echki; b - Odam – sichqon; c - Odam - quyon
C) a - Odam – sichqon; b - Odam – ot; c - Odam - quyon
D) a - Odam – ot; b - Odam – quyon; c - Odam – sichqon
28. Energiya almashinuvining 3-bosqichida 2320 kJ issiqlik
energiyasi tarqalgan bo`lgan bo`lsa, 2-bosqichda ATF da to`plangan
energiya(kj) miqdorini(a) va xloraplastlarda sintezlanga ATFda
to`plangan energiyani miqdorini(b) aniqlang.
A) a-80, b-43200 B) a-160, b-86400
C) a-120, b-64800 D) a-144, b-77760
29. Odamda gepertoniya geni autosomaga bog’liq holda ko’zning
optik destrofeyyasi retsessiv X xromosomaga birikkan holda
irsiylanadi, ikkala belgi bo’yicha getrazigota ayol faqat gepertoniyaga
chalingan erkakga (otasi gepertoniya bilan kasallangan, onasi
sog’lom) turmushga chiqadi,ushbu nikohdan har ikkila belgi
bo’yicha sog’lom farzandalar tug’ilishi ehtimolini aniqlang?
A) 3/16 B) 2/16 C) 6/16 D) 4/16
30. DNK qo`sh zanjirida 198 ta vodorod bog`i bo`lib, umumiy
nukleotidlar soni guanin nukleotidlari sonidan 3,5 marta ko’p bo`lsa,
DNK qo’sh zanjiridagi umumiy dezoksiribonukleotidlar sonini
toping.
A) 154 B) 88 C) 132 D) 110
Agar ixlosingda ixlosni ko’rsang,
Demak sening ixlosing ixlosga
muhtojdir. E.Jalilov
Dostları ilə paylaş: |