Aqli zaif bolalarda bilish faoliyatini o`rganishning psixologik
xususiyatari
JDPI Maxsus pedagogika kafedrasi
katta
o`qituvchisi
Tangirova
Dilbar
Eshboyevna
Maxsus pedagogika, Defektologiya
(Logopediya) mutaxassisligi 1 bosqich
magistranti
Olloqulov
Ma’rufjon
Bahromjon o’g’li (+99899 717 46 49)
Annotatsiya
Ushbu maqolada aqli zaif bolalarning kelib chiqish sabablari, aqli zaiflikni
to’g’ri aniqlash, ularga to’g’ri yondashish, ta’lim-tarbiya jarayonining o’ziga
xosliklari, o’zlashtirishidagi muammolari, bilish faoliyatini o’rganishning
psixologik xususiyatlari va normal rivojlanayotgan bolalardan asosiy farqlari
yoritilgan. Muallif ushbu maqolada aqli zaif bolalarga to’g’ri tashxis qo’yib ular
bilan olib boriladigan korreksion ishlarni izchillikda tashkil qilganda, hayotda o’z
o’rnini topa olishi masalasini oldinga qo’ygan.
Tayanch so`zlar va iboralar: Aqli zaif, alohida ta’limga ehtiyojlari bo’lgan
bolalar, perseptiv tushinish, etalon, ijtimoiy tajriba, normal rivojlanish .
Annotation
In this article, the main differences between the causes of the origin of
mentally retarded children, the correct definition of mental retardation, the correct
approach to them, the peculiarities of the educational process, the problems of their
assimilation, the psychological features of the study of cognitive activity and the
normal development of children are covered. The author in this article put forward
the issue of how mentally retarded children can find their place in life when they
consistently organize the corrective actions that they are taking with them.
Keyword: Children with mental retardation, need for separate education,
perceptive lethargy, ethalon, social experience, normal development.
Har tomonlama yetuk barkamol shaxsni tarbiyalash bugungi kunning oldida
turgan muhim vazifalardan biridir. Hozirgi kunda ilm fan, ta’lim, texnika va
boshqa ko’pgina sohalarning kundan kunga rivojlanishi asnosida shu davr uchun
kerak bo’ladigan yetuk, malakali, bilimli, tirishqoq, mustaqil fikrlaydigan kadrlarni
tayyorlash ta’lim tizimining dolzarb vazifasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan
bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi
2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860 sonli
1
qaroriga muvofiq
alohida
yordamga muxtoj bolalar uchun ham hayotda o’z o’rnini topish, davlat va jamiyat
taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shish uchun ham ularga ta’lim tarbiya berish
maskanlari faoliyat yanada rivojlantirilmoqda.
Alohida ta’limga muxtoj
bolalarning, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar va normal rivojlanayotgan
bolalardan asosiy farqlarini ajratib olish va ularning imkoniyatlaridan kelib chiqib
ta’lim tizimini joriy qilish maqsadga muvofiqdir.
Aqli zaif bolalarni to’g’ri aniqlash, ularning butun hayotini belgilab berishini
inobatga olib, juda ehtiyotkorlik bilan ishlash kerak[1]. Aqli zaiflikni to’g’ri
aniqlash maxsus metodlar yordamida kengroq amalga oshiriladi. Agar bola aqli
zaif bo’lmay, ma’lum xususiyatlari bilan ularga o’xshasa ham ularni aqli zaif deya
olmaymiz. Bu yerda bolaning turli analizatorlarining nuqsonlari asosida ham bilim
saviyalari pasaygan bo’lishi mumkin. Ayniqsa, aqliy normal bolani yanglishib aqli
zaif deb xulosalash asosida ota-onalarga, bolaga, atrofdagi qarindoshlarga juda
katta ma’naviy jarohat yetkazishimiz mumkin[2]. Aqli zaiflik sabablari turli-tuman
bo’lishi mumkin. Bosh miyaning turli kasalliklar bilan kasallanishi, turli jarohatlar
bilan birga miyaning yaxshi rivojlanmasligi asosida ham aqli zaiflik kelib chiqishi
mumkin. Buning uchun 2 ta omilning birga kelishi muhimdir. Bular markaziy asab
tizimining organik buzilishi hamda shuning oqibatida bola bilish faoliyatining
turg’un pasayishi yuz bergan bo’lsagina aqli zaif deb e’tirof etish mumkin.
Hayotda aqli zaiflarga o’xshagan bolalarni uchratish mumkin. Ammo, ularda bilish
darajasi past bo’lsada, bosh miyada organik jarohatning yo’qligi bolaga aqli zaif
deyishimizga imkon bermaydi[3]. Aqli zaif bolalarda muloqot va harakatning
buzilganligini
butun
rivojlanishi
davomida
ko’rishimiz
mumkin.
1
https://lex.uz/docs/-5044711
A.V.Zaporojyetsning
2
ilmiy tadqiqot ishlari xulosalarida ta’kidlanishicha,
maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarida faqatgina aniq ko‘rgazmali
tasavvurlarga tayangan holdagina so‘zli ko‘rsatmalar bo‘yicha harakatlarni
bajarish, tushuntirishlar asosida bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyati yuzaga keladi.
Aqli zaif bolalar uchun maktabgacha yosh davri pertseptiv, yani bular
shunday harakatlarni, ularning oqibatida atrofdagi predmet va hodisalar to’g’risida
yaxlit obraz shakllanadi. Bolada predmet, o‘yinchoqlarga bo‘lgan qiziqishining
uyg‘onishi asosida ularning va munosabatlari bilan tanishishi ham yuzaga keladi.
Bolalik davrining beshinchi yili aqli zaif bolaning idrok qilishi rivojlanishida
keskin burilish kuzatiladi. Bolalar namunaga ko‘ra tanlay oladi (rangi, shakli,
kattaligi bo‘yicha)[4]. Ayrim bolalarda, shuningdek, butunligicha idrok qilish
rivojlanishida siljish ham mavjud bo‘ladi. Bolalar berilgan topshiriqni bajarganida
ko‘rish orqali o‘zaro bog‘lashdan foydalanadi. Biroq bu, aniqrog‘i, rivojlanish
tendensiyasi sifatida namoyon bo‘ladi. Maktabgacha yoshni oxiriga kelib aqli zaif
bolalarning faqatgina yarim idrok qilishi rivojlanish darajasiga yetadi. Aytish
kerakki, normal rivojlanayotgan bolalar bu darajaga maktabgacha bo‘lgan
yoshning boshida erishadi, biroq aqli zaif bolalar topshiriqni tushunish usullariga
ko‘ra bu darajadan o‘zib ketadi.
Pertseptiv tushunish ularda xususiyat va munosabatlarni bildiruvchi
so‘zlarning o‘zlashtirilishi yordam beradigan ayrim etalonlarning (
narsaning va
predmetlarning ideal namunasi, oʻlchovi yoki turi)
o‘zlashtirilishi asosida yuzaga
keladi. Bir qator hollarda aqli zaif bolalarda namunaga ko‘ra so‘z bo‘yicha tanlash
yaxshiroq kechadi, chunki so‘z bola uchun idrok qilinishga qodir xususiyatni
ajratib beradi. Aqli zaif bolalarning psixologik xususiyatlarida idrok qilishi bilan
bir qatorda normal aql idrokka ega bolalar rivojlanishidan sezgilarli farqlar ham
bor.
Aqli zaif bolalar ko‘rish orqali tushunish asosida oddiy predmetlarni
namunaga ko‘ra tanlashi mumkin, biroq ko‘p sonli predmet namunalarini tanlashni
2
D.A.Nurkeldiyeva, Ya.Ye. Chicherina, Ilk maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni psixologik, pedagogik va logopediya
tekshirish. T.: Yangi asr avlodi, 2007
amalga oshira olmaydi, ko’pgina xususiyatlarni faqrlashda qiynaladilar, bu
xususiyatlarni didaktik o‘yinchoqlar bilan harakatlarda hisobga ololmaydilar.
Ajratilgan belgilar bo‘yicha umumlashtirish imkoniyati, muayyan belgi bo‘yicha
predmetlar qatorini buza olish, shu qatorda predmet joyini topishga maxsus
o‘quvlarsiz erishib bo‘lmaydi. Butun obrazning shakllanishi ancha orqada:
bolalarning yarmida obraz – harakat asosi bo‘la olmaydi va hech qanday shaklda
bola bilan tiklana olmaydi (na predmetli tasvir shaklida, na qirqilgan rasmlarni
yig‘ishda), boshqa yarmida esa buzilgan, noto‘liq obrazlar mavjud bo‘ladi. Aqli
zaif bolalar namunaga ko‘ra tanlashni amalga oshirsa ham, ya’ni qarash orqali
tushunishdan foydalansa ham ular qidirish usullarini (o‘lchab ko‘rish, sinab
ko‘rish) qo‘llamaydi[5]. Agar ular harakat qilishda qiynalsa, xato qilsa, uni
to‘g‘irlay olmaydi, chunki, sinab ko‘rish amaliy tushunishga o‘tmaydi. Sinab
ko‘rishlar «O‘lchab ko‘rish» kabi fikrlar aqli zaif bolalar harakatida yo‘q,
faqatgina, ular bilan tashqi jihatdan o‘xshamaydigan rasmiy harakatlar mavjud. Bu
aqli zaif bolalar tomonidan ijtimoiy tajribaning o‘zlashtirilish xususiyatlari bilan
izohlanadi.
Aqli zaif bolalarda idrok qilishning rivojlanishi bir xilda sodir bo‘lmaydi,
bolalar bilan o‘zlashtirilgan etalonlar ko‘pincha nomutsahkam, noaniq bo‘lib
chiqadi. Bolalarda o‘zlashtirilgan harakat usulini bir holatdan boshqasiga ko‘chira
olmaydi. Ular uchun xususiyatni idrok qilish, nomini bilish, mazkur xususiyatni
hisobga olgan holda harakat qilish imkoniyati va uning asosida oddiy
umumlashtirishni amalga oshirish imkoniyati o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar o‘ta
murakkabdir.
Mashg‘ulotlar vaqtida, masalan: pedagog bolalarga juft predmetlarni tanlab
olishni taklif qilganida, xonada muayyan predmetni topish kerak bo‘lganda, ularni
turmushda mustaqil faoliyatda umuman ajrata olmaydi. Shunday qilib, idrok qilish
rivojlanishi muddatidan orqada qolish, sekin rivojlanish xususiyati aqli zaif
bolalarga xosdir. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda kechroq va ko‘pincha
to’liq bo’lmagan holda idrok qilish so‘z bilan qo‘shilib ketadi, bu esa o‘z
navbatida, atrofdagi predmet olami haqidagi tasavvurning shakllanishini to‘xtatib
qo‘yadi. Natijada, bolalar bog‘chasiga keluvchi aqli zaif bolalar o‘zlarining
normal rivojlanayotgan tengdoshlaridan ancha farq qiladi. Ular normal ko‘rish
qobilyatiga ega, biroq ko‘rishni bilmaydi, normal eshitish qobilyatiga ega, biroq
eshitishni bilmaydi[6].
Aynan shuning uchun atrofdagi predmetlarni yaxshi tasavvur qila olmaydi,
har doim ham kerakli predmetni boshqalari orasidan ajrata olmaydi, predmet
xususiyatlari (rangi, shakli, kattaligi)ni yaxshi farqlay olmaydi, makonda yetarli
darajada moslasha olmaydi. Idrok qilish bilan chambarchas bog‘langan
ko‘rgazmali fikrlash sezgi-idrokning boshqa bir jihati hisoblanadi. Normal
rivojlanayotgan bolada yuzaga keladigan tafakkurning birinchi shakli ko‘rgazmali
harakat, tafakkur va fikrlashdir. Shunday qilib, bola oldida tafakkur qilish vazifasi
yuzaga keladi. Alohida ta’limga ehtiyoji bo’lgan bolalarni qaysi jarayonida
kamchilik borligini aniqlab tashxis qo’yib ana shu jarayonlarning rivojlanishi
uchun alohida e’tibor beriladi. O’rganishlarim natijasida quyidagi tavsiyalarni
ishlab chiqdim
-Aqli zaiflkni to’gri va erta aniqlash ularga beriladigan ta’lim tarbiya
jarayoniga to’gri yondashishga zamin bo’ladi
-Aqli zaif bolalarning yosh davri xususiyatlari va psixologik jarayonlarini
inobatga olgan holda ta’lim tarbiya jarayonini amalga oshirish zarur.
-Aqli zaiflar bolalarga ta’lim tarbiya jarayonini uzluksiz va to’gri tashkil
qilinishi o’zining yaxshi natijalarini beradi.
Xulosa qilib aytganda aqli zaif bolalarning ta’lim tarbiya sifatini yaxshilash
uchun ularning yosh davri psixologiyasi va imkoniyatlarini inobatga olgan holda
izchillik asosida olib borish zarur. Pedagoglar uchun aqli zaif bolalarni erta
aniqlab ularning psixologik xususiyatlarini o’rganish, ta’lim tarbiyaning korreksion
jihatlariga alohida etibor berish muhimdir. Aqli zaif bolalarni hayotga
moslashtirish, o’z-o’ziga xizmat qilish ko’nikmasini rivojlantirish va jismoniy
mehnatga yo’naltira olsak ularning jamiyatda o’z o’rnilarini topishga katta yordam
bergan bo’lamiz.
Dostları ilə paylaş: |