7 8
15. Dunyo kattakon ko‘l. Zamona esa esib turgan yel. Olding-
dagi to‘lqin – og‘alar bo‘lsa, ketingdagi to‘lqin – inilardir. Nav-
bat bilan o‘lishar, avvalgiday bo‘lishar.
16. Tuyadek bo‘y bergandan tugmadek aql bergan ortiq.
Soqolini sotgan qaridan mehnatini sotgan yosh ortiq.
17. Yomon do‘st – bir ko‘lankadir: quyoshli kunda qochsang
ham qutulolmaysan, bulutli kunda
esa izlasang ham topol-
maysan.
18. Do‘sti yo‘q bilan sirlash, do‘sti ko‘p bilan siylash. Yax-
shiga yaqin bo‘l, yomondan – yiroq.
19. G‘ayratsiz jahl – tul, qayg‘usiz oshiq – tul, shogirdsiz
olim – tul.
20. Baxtiyor bo‘lguningcha baxtingni eling ham tilaydi,
o‘zing ham tilaysan. Baxtiyor bo‘lganingdan so‘ng
esa faqat
o‘zinggina tilaysan.
1. Abay hayoti va ijodi to‘g‘risida bilganlaringizni gapirib be-
ring.
2. Abayning qozoq adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi qaysi
asarlarda namoyon bo‘ladi?
3. «Nasihatlar»ning «O‘n yettinchi so‘z»idan olingan parchada
G‘ayrat, Aql, Yurak o‘rtasida qanday bahs bo‘lib o‘tdi?
Bahsda hakamlik qilgan Ilmning
ularga bergan maslahatini
sharhlashga harakat qiling.
4. «O‘ttiz ikkinchi so‘z»da ilm o‘rganishning bir necha shartlari
haqida gap ketadi. Mazkur shartlarni izohlab bering.
5. Oltinchi shartning izohiga batafsil to‘xtaling.
6. «O‘ttiz yettinchi so‘z»dan Abayning yigirmata o‘giti joy ol-
gan. Ushbu o‘gitlarning o‘n yettinchi va o‘n sakkizinchi
bandlarini sharhlang.
7. Uyda «O‘ttiz yettinchi so‘z»dagi o‘gitlarni yod olib keling.
Dostları ilə paylaş: