1 2 3
XX asrning 70-yillarida o‘zbek adabiyotiga bir qator iste’-
dodli shoir va yozuvchilar kirib keldilar. Ular orasida Murod
Muhammad Do‘st, Erkin A’zamov, Xayriddin Sultonov, Tog‘ay
Murod singari nosirlar, Shavkat Rahmon, Xurshid Davron,
Usmon Azim, Muhammad Rahmon singari shoirlar bor edi. Bu
avlod o‘zlaridan avvalgi ijodkorlar boshlab bergan eng yaxshi
an’analarni davom ettirgan holda, adabiyot sahnasiga ko‘proq
oddiy odamlar obrazini, ularning orzu-armonlari talqinini olib
chiqdilar. M.M. Do‘stning «Bir toychoqning xuni», «Galatepaga
qaytish», E. A’zamovning «Otoyining tug‘ilgan yili», «Javob»,
X. Sultonovning «Yozning yolg‘iz yodgori», «Ko‘ngil ozodadur»
nomli asarlari qahramonlari bir qaraganda boshqalardan keskin
farq qilmaydigan, har qadamda uchraydigan oddiy odamlar. Ular
katta tarixiy o‘zgarishlarga boshchilik qilishmaydi, favqulodda
qahramonliklar ko‘rsatib boshqalarga o‘rnak bo‘lishmaydi, hatto,
suvga cho‘kayotgan biror odamni qutqarib el og‘ziga tushish-
maydi ham. Lekin shunisi muhimki, yosh o‘zbek adiblari dunyo-
ning omonligi, jamiki go‘zalligi aynan shu oddiy odamlar tufayli
ekanini ko‘rsata oldilar, isbotlay bildilar. Mana shunday novator
(yangilik kashf etuvchi, yangi yo‘l ochuvchi) yozuvchilardan biri
Tog‘ay Murod bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: