1 5
!
Shu maqsadda yirik armiya tuzishdi, uni eng zamonaviy qu-
rol-aslaha bilan ta’minlashdi. Butun mamlakat aholisi o‘rtasida
«faqat nemis millatigina «oliy irq»qa tegishli, boshqa xalqlar o‘z
mehnati va boyliklari bilan unga xizmat qilishi lozim» degan
vayronkor g‘oya keng targ‘ib qilindi. Shu tarzda «fashizm» deb
atalgan shafqatsiz mafkura dunyoga keldi.
1939-yilning 1-sentabrida Gitler boshchiligidagi fashistlarning
Polshaga hujum qilishi, 3-sentabrda esa Angliya va Fransiyaning
Germaniyaga urush e’lon qilishi bilan Yevropa qit’asida Ikkinchi
jahon urushi alangasi yoqildi. Olti yil davom etgan bu dahshatli
urush olovi Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarini, Ukrai-
na, Belorussiya, Rossiya, AQSh, Yaponiya singari davlatlarni
o‘z komiga tortdi. Urush natijasida jami 60 dan ortiq mamla-
katdan 60 million nafardan ko‘proq odam hayotdan bevaqt ko‘z
yumdi. Minglab shahar va qishloqlar, yuz minglab korxonalar
kuyib kul bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda, mazkur urush tarix-
dagi eng katta va eng halokatli urush sifatida insoniyat boshiga
cheksiz qayg‘u-alamlar olib keldi.
Ikkinchi jahon urushining asosiy janglari Germaniya va
sobiq Sho‘rolar davlati (SSSR) o‘rtasida bo‘lib o‘tgandi. U
1941-yilning 22-iyun kuni saharda Germaniyaning hujumi bilan
boshlanib, 1945-yilning 9-may kuni Berlin shahrining olinishi
bilan yakuniga yetgan.
Nemis qo‘shini Moskva ostonasiga qadar bostirib kelar ekan,
ko‘plab harbiylar va tinch aholi vakillarini asir olar, ularni turli joy-
larda qurilgan konsentratsion lagerlarga – qamoqxonalarga jo‘natar
edi. Mazkur qamoqxonalarda odam bolalari hayvondanda battarroq
sharoitda, ochlik va xo‘rlikda saqlanar, eng qora va og‘ir ishlarga
majbur qilinar, kichkina bahona bilan o‘ldirib yuborilar edi.
Dostları ilə paylaş: