3 0
qo‘shiq aytadilar. «Chittigul-o chittigul» deyilganda qizlar
yuzma-yuz turadilar. Qo‘llari ma’lum tartib bilan bir-birlariga
qarsillab tegib, chiroyli ohang kasb etadi. «Hay-yu, chittigul»
deyilganda, qizlar bir xil maqom bilan turgan joylarida gir ay-
lanadilar. Qo‘shiq matni juft-juft matn va naqoratdan iborat
bo‘ladi.
Xullas, bolalarning mavsumiy qo‘shiqlari aytilishi, ijro uslubi
bilan ko‘plab o‘ziga xosliklarga ega, ya’ni ma’lum faslda
o‘tkaziladigan marosimlar, harakatli o‘yinlar bilan bog‘liqdir.
Muhimi, bu xildagi qo‘shiqlar o‘tmishimizni, uzoq ajdodlarimiz-
ning turmush tarzi, dunyoqarashi va orzu-istaklarini o‘rganishda
katta ahamiyatga ega.
1. «Qo‘shiq – jon ozig‘i», «Qo‘shiq – ko‘ngil mulki» deganda
nimani tushunasiz?
2. Qo‘shiqlar yaratilish manbayi, mavzulari, kimlarga mo‘ljal-
langaniga qarab har xil dedik. Buni tushuntirib bering.
3. Xalq qo‘shiqlari qanday xususiyatlarga ega?
4. Qaysi qo‘shiqlarni o‘yin qo‘shiqlari deya olamiz?
5. Mavsum qo‘shiqlari sirasiga qaysi qo‘shiqlar kiradi?
6. «Boychechak» qo‘shig‘i nima haqida? Sharhlang.
7. Kitobingizdagi qaysi qo‘shiqni savol-javob qo‘shig‘i deya
olamiz?
8. Biror-bir xalq qo‘shig‘ini yod oling va uni kuylashga harakat
qiling.
Dostları ilə paylaş: