Tadqiqot uslublari. Harakat (verbal bо‗lmagan xulq) va irodaviy
faollikning asosiy tadqiqot uslublari etiologiya va refleksologiya uslublaridir.
Etologiya uslubi kommunikasiya kanallari bо‗yicha etogrammaniya yozib
borishdan iborat, bularga vizual, alfaktor, audial, taktil, ijtimoiy kanallar kiradi.
Vizual kanal mimika, poza, ishora, manipulyasiyalar dinamikasi yozuvi
ob‘ektivizirlanadi; audial – audiografik va sonografik; ijtimioy kanal – guruh va
jamoa a‘zolari orasidagi aloqa tizimi, masalan, sovg‗a qilish, almashinish,
agressiyavlikni namoyon etish, dominantlik; alfaktorli – feromonlarni о‗rganish;
taktil - chastotasi bilan, boshqalar va о‗ziga ta‘sir zonasi. Kanallar parallel ravishda
partitura singari yozilishi mumkin, ammo alohida qayd etilishi ham mumkin.
Simptom va sindromlar Harakat buzilishlari Psixomotor buzilishlar sababsiz, о‗ylamasdan, giperkinezga yaqin harakat va
ta‘sirlar, shu jumladan harakatsiz holatlar bilan namoyon bо‗ladi.
Negativizm – ma‘nosiz vaziyat talablariga qarshi harakat, shu jumladan,
faoliyatga shaxsiy mayl (―ichki negativizm‖, ambivalentlik). Faol negativizmda
qayta adekvat harakatlar bajariladi. Passiv negativizmda maqsadli harakatlar
bajarish rad etish kuzatiladi. Negativizm motorli aktlar bilangina emas, balki
nutqda ham kuzatilishi mumkin. Bemor shunday deydi: ―Bugun dushanba emas,
beshinchi fevral emas. Men kasalxonada yotganim yо‗q, men kasal emasman.
Yо‗q, men sog‗lom emasman. Mening erim yо‗q. U bor edi, suzib chiqmadi, u
yо‗q edi, ammo u suzib chiqdi, uni oti Ivan emas...‖. Negativistik bemorlar
kontaktga yomon kirishadilar, savollarga umuman javob bermasliklari mumkin,
umuman gaplashmasliklari mumkin – mutizm. Suhbat vaqtida, boshqa tarafga
qarab olib о‗tiradilar, yerga qaraydilar, suhbatdoshga qaramaydilar, etishlarini
g‗irchillatadilar, ketishga harakat qiladilar. Negativizm generalizlangan va
elektivli, tanlovli bо‗lishi mumkin. Total (generalizlangan) variantda negativizm
atrofdagi hammaga va turli vaziyatlarga tarqalishi mumkin. Elektivli negativizm
alohida odamlar muomalasida ifodalangan va vaziyatning tor doirasi bilan
bog‗langan. Negativizm ta‘kidlanishicha, tashqi ta‘sirligina bо‗lmay, balki ichki
impuls ham bо‗lishi mumkin. Demak, katatonik bemor tufukni yuta olmaydi, ham
tuflay olmaydi va u og‗izni tо‗ldirib boradi – Osipov psevdoptializm simptomi.
Negativizm normada bolalarda 3-4 yoshda kuzatiladi – fiziologik negativizm.
Oxirgisi avtonomiyani, ―о‗zlikni‖ shaxsiyat, о‗zini о‗zi anglashning rivojida
muhim bosqich belgisining paydo bо‗lishini kо‗rsatadi. Negativizm yetuk
shaxslarga xos, yuqori ishonch hosil qiladi, turli kasallik holatlarida birga bо‗ladi.
Katatoniklarda, boshqa bemorlardan farqli, motivasiyadan mahrum etilgan.