5
Bо‗ysunishning nisbatan yengil formalari yuqori ishontirish, konformlikka
taalluqli.
Exopraksiya – ihtiyorsiz, ba‘zida atrofdagilarning harakatlarni, ta‘sirlarni
kо‗p marotaba takrorlashi.
Stereotipiya – xulqdagi bir xillik. Masalan,
bemor doimo bir xil xolatda
bо‗ladi, bir xil harakatlarni bajaradi, palatada aniq bir joyni egallaydi, biror bir
harakatni bir necha marotaba ketma-ket takrorlaydi (harakatga soluvchi
interasiyalar). Nutq stereotipida Bemor kundan-kunga о‗zgarishsiz intonasiya bilan
bitta
yoki bir necha jumlani, boshqa hech narsa gapirmay takrorlayveradi. Masalan,
vrachdan sо‗raydi: ―Siz о‗zingizni qanday his etmoqdasiz?‖.
Akineziya – istakda chetdan harakat xususiyati saqlangan holda, erkin
harakatlarni tо‗xtatish natijasida harakatsizlik.
Stupor –
harakatsizlik, dong qotib qolish. Stuporning quyidagi
kо‗rinishlarini farqlaydilar: katatonik – harakatsizlik, mutizm va mushak
tonusining oshishini qamrab oladi; depressiv (―qorong‗u dong qotib qolish‖) -
depressiya bilan bog‗liq harakatga soluvchi tormozlanish; psixogenli - shokli
psixik travma harakatiga javoban
yuzaga keluvchi harakatsizlik; gallyusinatorli –
imperativ gallyusinasiyalar ta‘siri ostida rivojlanuvchi harakatsizlik; vasvasali –
xulqning vasvasa formasi hisoblanuvchi, dong qotib qolish; ekstatik – yuqori
ekstatik affektda yuzaga keluvchi harakatsizlik; maniakal –
maniakal holatda
harakatli tormozlanish; ekzogenli – miyaning striopallidarli bо‗limida toksik yoki
infeksion shikast natijasida yuzaga keluvchi xarakatsiz holat, masalan, post- yoki
metensefalitik stupor; apatik –
peshona shikastida, chо‗zilgan simptomatik
psixozlarda, kaxeksiya, bosh miya travmalarida, progressiv paralichda,
shizofreniya da kuzatiladigan tо‗la befarqlik bilan kechuvchi aspontan holat.
Arodeksiya (e‘tiborning tо‗liq tushib qolishi, faol singari ixtiyorsiz ravishda) holati
bilan apatik mо‗ljal buzilishi о‗rin tutadi. Ong buzilmaydi. Apallik sindromi –
katta yarim shar pо‗stlog‗i о‗chishi va tana mexanizmi faollik ustunligi natijasida
yuzaga keluvchi harakatsizlik. Tasvirlash va termin E.Krechmerga taalluqli.
Aprozeksiya - emosiyonal reaksiyaning yо‗qligi,
erkin harakatlarning tushib
qolishi, ong qorong‗ilashuvida ongni tashkil qiluvchilarning yо‗qligida psixik
aktlarning yо‗qligi xarakterlidir. Qariyalar va о‗rta yoshdagilarda, bosh miya
travmalarida, qon quyulishida, о‗smirlarda, intoksikasiyalarda
bosh miyasining
yallig‗lanish kasalliklarida atrofik progressirlashda ta‘riflangan.
Dostları ilə paylaş: