9
shakllantiriladi. So’zlarni leksik ma’nosi asosida guruhlash
mashqlari otlarni
taqqoslash, o’xshash tomonlarini aniqlash, abstraqtlashtirishko’nikmasini o’stiradi.
Shunga qaramay, grammatik tushunchani shakllantirish uchun o’quvchilar so’znnng
aniq ma’nosini
etarli bimaydilar, so’zning leksik ma’nosini bilish bilan birgalikda
uning grammatik belgilarini ham o’zlashtirish zarur. kiyingi bosqichda otning leksik
ma’nolari va grammatik belgilari ustida maxsus ishlanadi (k i m? yoki n i m a?
so’rog’iga javob bo’lishi, shaxs, narsani bildirishi tushuntiriladi). O’quvchilar kim?
so’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni nima? so’rog’iga javob bo’lgan otlardan farqlashga
o’rganadilar. Bu bosqichda ular so’zlarni so’roq, berish bilan farqlashni bilib oladilar,
bolalarda mavxum grammatik tafakkur o’sa boradi. Bolalarda ko’pgina atoqli otlarni
bosh harf bilan yozishko’nikmasi shakllana boradi. II- sinfda otlarning leksik ma’nosi,
atoqli va turdosh otlar (atamasiz) haqidagi bilim chuqurlashtiriladi.
«Ot» tushunchasini shakllantirish uchun shu so’z turkumiga kiradigan otlarni
asosiy leksik guruhlarga ajratish, barcha otlarga xos bo’lgan belgilarni qo’rsatish,
ularning nutqimizdagi ahamiyatini ochish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda
mavzuni o’rganishga bagishlangan
birichi darslardayoq shaxs, narsani bildiradigan
so’zlar tizimga solinadi, kishilarni, buyum, o’simliqlarni, hayvonlarni, tabiat
hodisalarini, voqealarni bildiradigan so’zlar guruhlarga ajratiladi. Shu so’zlarning
hammasi uchun umumiy bo’lgan belgilar aniqlanadi: bu so’zlar shaxs,
narsalarni
bildirib k i m? yoki ni m a? so’rog’iga javob bo’ladi. Dasturga qo’ra, boshlang’ich sinf
o’quvchilarini sifat va boshqa so’z turqumlaridan yasalgan mavhum ma’nodagi
(yaxshiliq, go’zalliq, ishonch, sevinch, o’qinch, qo’rqinch, tayanch kabi) otlar bilan
tanishtirish talab etilmaydi. Ammo matnda uchrasa va o’quvchilar qiziqib so’rasalar,
otning bolalar o’rgangan belgilari asosida (n i m a? surog’iga javob bo’lishi, shaxs,
narsa nomini bildirishi) tushuntiriladi.Otlarning nutqda katta ahamiyatga ega ekanini
qo’rsatish uchun o’qituvchi o’qish qitobidan matn tanlab, uquvchilarga matndagi
otlarni topishni, so’ngra matnni shu so’zlarsiz o’qishni topshiradi. O’quvchilar matnni
otlarni tushirib qoldirinb o’qiganda, matn mazmunini tushunib bo’lmasligini
anglaydilar. Xulosa chiqariladi: ot atrofimizni o’rab olgan shaxs va narsalarning
nomi, bu so’zlarsiz bir-birimizga o’z fikrimizni tushuntira olmaymiz.
Dostları ilə paylaş: