Farmonning tanqidiy-tahliliy ruhiga kelsak, sohada ayni paytda mavjud voqelik aslida ham
shunday. Birgina misol: aytib o‘tilganidek, bu
sohada qancha qonunlar, farmon va qarorlar
qabul qilingan, ya’ni yetarli qonunchilik bazasi yaratilgan.
Shunga qaramay, ijtimoiy sheriklik – davlat organlari va NNT o‘rtasida
fuqarolarning keng
ko‘lamli ijtimoiy muammolarini hal qilishga, ayniqsa, yoshlarning tashabbuslari va
zamonaviy g‘oyalarini haqiqatda ilgari surishga qaratilgan
hamkorlikning samarali
mexanizmiga aylana olgani yo‘q.