16
1. O’qituvchining tushuntirishi, faoliyat mohiyatini nazariy jihatdan anglash
bosqichi.
2. Ko’rsatma, yo’l– yo’riq berish bosqichi.
3. Sinov bosqichi (bu bosqichda ikki-uch nafar o’quvchi amaliy harakatlarni
bajaradi, qolgan o’qiuvchilar esa ularning faoliyatini kuzatadi).
4. Faoliyat (harakat)ni bajarish (har bir o’quvchi topshiriqni mustaqil ravishda
bajaradi, ayni o’rinda topshiriqni bajarishga qiylanalgan o’quvchilarga
alohida e’tibor haratilib, ularga yordam ko’rsatiladi).
5. Nazorat bosqichi (bu bosqichda o’quvchilarning ishlari qabul qilinadi va
baholanadi; ishning sifati, materialning maqsadga muvofiq tanlanganligi,
vaqt nutqai nazardan tezkorlik, topshiriqni bajarish tizimining to’g’riligi va
samaradorligi kabi holatlarga alohida e’tibor beriladi).
Zamonaviy ta’lim tizimida o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan
nazariy
bilimlar negizida amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishda didaktik
o’yinlardan foydalanishga alohida e’tibor haratilmoqda.
Didaktik o’yin o’rganilayotgan ob’ekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish
asosida o’quvchining bilishga bo’lgan qiziqishi va faollik darajasini
rag’batlantiruvchi o’quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o’yin
ham ijtimoiy faoliyat
ko’rinishi sanaladi. Hozirgi vaqtda o’qituvchilar qo’lida barcha o’quv fanlari
bo’yicha didaktik o’yinlarning ishlanmalari mavjud, ayniqsa, boshlang’ich ta’lim
bo’yicha yaratilgan o’quv dasturlarda turli didaktik o’yinlarning ro’yxati
yetarli
darajada ko’rsatilgan.
Ta’limning globallashuvi ta’limiy va rivojlantiruvchi xarakteriga ega va
yo’nalishi jihatidan xilma-xil bo’lgan kompyuter o’yinlarining maktab amaliyotiga
jadal kirib kelishini ta’minlamoqda. Didaktik o’yinlar o’quvchilarga ijtimoiy-
foydali mehnat hamda o’qish ko’nikmalarini faol o’zlashtirishda muhim ahamiyatga
ega. Didaktik o’yinlarning ahamiyati
uning natijasi bilan emas, balki jarayonning
mazmuni va uning kechishi bilan belgilanadi. O’yinlar bolalarni ijtimoiy
munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ularning turli psixologik
zo’riqishlarini kamaytiradi. Didaktik o’yinlardan foydalanilganda o’quvchilarning
17
manfaatdor bo’lishlari ijobiy ahamiyatga ega bo’lgan taqdirdagina ularni taqdirlash
mumkin. Aksincha, metodik jihatdan puxta asoslanmagan hamda shunchaki tashkil
etilgan o’yin ijobiy natija bermaydi.
Dostları ilə paylaş: