Toshkent davlat pedagogika universiteti


II BOB TA`LIM  MUASSASASI MENEJMENTI



Yüklə 467,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix31.05.2022
ölçüsü467,04 Kb.
#60225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ta\'lim menejmenti o\'qitishda og\'zaki metodlardan foydalanish (2)

II BOB TA`LIM  MUASSASASI MENEJMENTI 
2.1 Boshqarishning mohiyati va tuzilishi 
Boshqarish faqat ishlab chiqarishgagina xos bo`lgan jarayon emas. Balki 
ijtimoiy sohalar, shuningdek, ta’lim tizimida ham boshqarishni to`g`ri tashkil etilishi 
juda muhim. 
Hozirgi paytda yagona pedagogik jarayonni boshqarishga ilmiy yondashish 
harakati kuchaydi. Bu esa intellektual salohiyati yuqori kadrlarni shakllantirish 
uchun o`ta muhim hisoblanadi. 
Avvalo, boshqarishning ijtimoiy mohiyatini anglab olaylik. Boshqarish 
ma’lum bir ob’ektga tashkiliy, rejali, tizimli ta’sir ko`rsatish demakdir. 
Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish ta’lim muassasasining 
faoliyat xususiyatiga ko`ra pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, 
rag`batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilish maqsadida amalga oshiriluvchi 
boshqaruv faoliyatidir. 
Bugungi kunda pedagogika faniga ta’lim muassasalarini boshqarish bo`yicha 
yangidan-yangi tushunchalar kirib kelyapti, ularning mohiyati avvalgilardan ham 
teranroqdir. Masalan, «ta’sir etish» tushunchasining o`rniga «o`zaro harakat», 
«hamkorlik», «refleksiv boshqarish» kabi tushunchalar qo`llanilmoqda. 
Ta’lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta’lim muassasalarining 
menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan 
ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o`zaro 
hurmat bilan tavsiflanadi.
13
Xo`sh, menejment va menejer atamalarining asl mohiyati nimani 
anglatadi
Biz ushbu tushunchalarning mohiyati, ta’lim muassasida davlat-jamoa 
boshqaruvining pedagogik-psixologik asoslarini tushunishimizda ushbu yo`nalishda 
13
Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O’zbekiston”, 
2017. – 488 b. 


22 
tadqiqot olib borgan pedagog R.Ahliddinovning qarashlari alohida diqqatga 
sazovor. 
Menejment deganda, odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan 
shaxslarning ishigina tushuniladi. Boshqarishga, shuningdek, murabbiylik ishi ham 
taalluqli 
hisoblanadi. 
Menejment 
(yoki 
boshqarish) 
mavjud 
minimal 
imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki 
guruhga ta’sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir. Ta’lim muassasasi 
menejmenti haqida so`z yuritilganda, O`zbekiston Respublikasining «Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturi»ning 4.6-bandida so`z yuritilayotgan jarayonning mohiyati 
haqida batafsil to`xtalib o`tilganligini alohida ta’kidlash zarur. Ushbu hujjatda qayd 
etilicha, ta’lim muassasasi menejmentida quyidagi holatlar nazarda tutiladi: 

uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim 
muassasalarini tarkibiy jihatdan o`zgartirish va ularni izchil rivojlantirish 
davlat yo`li bilan boshqarib borilishi; 

barcha darajadagi ta’lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari 
«Ta’lim to`g`risida»gi qonunga muvofiq belgilanadi; 

ta’limning normativ-huquiy bazasi rivojlantiriladi; 

moliya-xo`jalik faoliyatini olib borish hamda ta’lim jarayonini tashkil 
etishda o`quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi 
ta’minlanadi; 

ta’lim muassasalari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o`tkaziladi hamda 
akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko`ra ta’lim sohasida 
faoliyat ko`rsatish huquqi beriladi; 

muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat 
doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiy vakillarni 
o`z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatish kengashlari tizimi orqali ta’lim 
muassasalarining samarali, jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi. 


23 
Bundan tashqari, olimlar ta’lim menejmetining bir qator o`ziga xos 
xususiyatlarga ega ekanligini ham ta’kidlab o`tishadi. Ular orasida quyidagi 
xususiyatlar asosiy hisoblanadi: 

ta’lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so`zi bilan aniqlanadigan 
ma’naviy o`lchovga ega; 

ta’lim menejmenti – bu fan va san’at (chunki bunda insonlar o`rtasidagi 
o`zaro munosabatlar katta rol o`ynaydi); 

menejment mazmunida o`z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat 
manfaatlarining o`zaro dialektik birligi; 

ta’limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi. 
Yuqoridagilardan ko`rinib turibdiki, endilikda ta’lim tizimini davlat 
tomonidan boshqarishdan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o`tiladi. Davlat-
jamoatchilik boshqaruvining maqsadi –ta’lim muassasalarining dolzarb masalalarini 
davlat va jamoatchilik hamkorligida hal qilish, o`qituvchilar, o`quvchilar hamda ota-
onalarga ta’lim dasturlarini, turlarini, ta’lim muassasalarini tanlashda huquq va 
erkinlik berishni kengaytirishdan iborat.
14
Xalq ta’limi Vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta’lim Vazirligi O`zbekiston 
Respublikasida ta’limni boshqarishning davlat yuqori organlari hisoblanadi. 
Vazirliklar o`zini vakolatlik doirasida: 

ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro`yobga chiqaradi; ta’lim 
muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslub masalalarida ularga 
rahbarlik qiladi;

davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarining bilim saviyasi va kasbiy 
tayyorgarligiga bo`lgan talablarning bajarilishini ta’minlaydi;

o`qitishning ilg`or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, 
ta’limning texnik va axborot vositalarini o`quv jarayoniga joriy etadi, 
o`quv va o`quv-usulbiy adabiyotlarni yaratadi va nashr etishni tashkil 
qiladi; 
14
Пергудов Л.В., Саидов М.Х. Менежмент экономика вищего образования. - T.: Молия, 2001. 


24 

ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim 
muassasalarida eksternat to`g`risidagi nizomlarini tasdiqlaydi; 

davlat oliy ta’lim muassasasining rektorini tayinlash to`g`risida 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi

pedagog xodimlarni tayyorlash, ularning malasini oshirish va qayta 
tayyorlashni tashkil etadi. 
Maktabni boshqarish ishiga maktab inspeksiyasi, ya’ni, vazirliklar va xalq 
ta’limi bo`limlarining maktab inspektorlari xizmati yordam beradi. Ular maktab 
faoliyatini o`rganadi, ta’lim-tarbiya jarayonining natijalarini tahlil qiladi, ilg`or 
tajribalarini aniqlaydi va ularni ommalashtirish chora-tadbirlarini belgilaydi, 
kamchiliklarni anihlab, ularni bartaraf etish yo`llarini izlaydi, maktab direktori va 
o`qituvchilarga metodik va moddiy yordam ko`rsatadi. 
Ta’lim tizimini jamoatchilik asosida boshqarish o`qituvchilar, o`quvchilar, 
ota-onalar va jamoatchilik vakillaridan iborat pedagogik Kengashning umumiy o`rta 
ta’lim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etishga yo`naltirilgan faoliyatidir.
Bir yilda bir marta o`tkaziladigan maktab konferensiyasi ham jamoatchilik 
boshqaruviga kiradi. Konferensiyada maktab Kengashi, uning raisi saylanadi
maktabning Ustavi qabul qilinadi. 
Davlat ta’lim muassasalari bilan bir vaqtda nodavlat ta’lim muassasalarining 
faoliyat ko`rsatishi ham ta’limni boshqarishning jamoatchilik xarakterini ifodalaydi. 
Ta’lim muassasalarining faoliyati, shuningdek, me’yoriy hujjatlardan biri 
sanalgan Ustav yordamida ham amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasining Ustavi ta’lim muassasasi faoliyatiga rahbarlik va 
boshqarish tizimini aniqlovchi hujjatdir.
15
Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim jarayonining quyidagi ikki muhim 
tarkibiy jihati ajratib ko`rsatiladi: 
1) 
davlat ta’lim standartida belgilangan bilimlar zahirasini egallash 
yo`lida amaliy harakatlarni tashkil etish tartibi; 
15
Sharifxo’jaev M., Abdullaev q. Menejment. Daslik. - T.: O’qituvchi, 2001. 


25 
2) 
bilim, ko`nikma va malakalarni hosil qilishni tashkil etish 
(savodxonlik, mustaqil fikrlash hamda masalalarni yecha olishga 
o`rgatish).
Shuningdek, ta’lim muassasasining Ustavida muassasani boshqarishga 
qo`yiluvchi talablar, o`qituvchi, o`quvchilar hamda ta’lim muassasasi rahbarlarining 
huquq va burchlari ham aniq bayon etib berilgan. 
Mazkur o`quv yurtida o`quvchilar ta’lim standartlari asosida ta’lim olish 
uchun intilishlari, ta’lim muassasasining pedagogik xodimlari esa yuqori darajada 
ta’lim berishlari, ta’lim oluvchilarning o`quv dasturlarini davlat ta’lim standartlari 
darajasida o`zlashtirishlarini ta’minlashlari zarur. Ta’lim muassasasi rahbari 
(direktori) esa o`quv-tarbiya jarayonining muvaffaqiyatli kechishini ta’min etadi, 
o`quv dasturlari talablarining bajarilishini nazorat qiladi, ta’lim-tarbiya ishlarining 
sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablariga to`laqonli 
rioya etilishi, ma’naviyat ishlarining samarali tashkil qilinishi uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratadi. 
Ustavda o`z-o`zini boshqarish, jamoada o`zaro munosabatning o`rnini kabi 
masalalar mohiyati ham yoritib beriladi. Chunonchi, ta’lim muassasasining direktori 
o`qituvchilar bilan baland ovozda, ularning nafsoniyatiga tegadigan so`zlar bilan 
muomala qilish huquqiga ega emas.
Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim muassasasining joylashgan o`rni, 
uning turi, ta’lim tili, guruh raqbarlari, o`qituvchilarning huquq va burchlari, ta’lim 
oluvchilar va ularning ota-onalarining huquq va burchlari, shuningdek, ta’lim 
muassasasining iqtisodiy tuzilishi va xujalik faoliyati, boshqarish tartibi aniq 
belgilanishi ko`rsatib berilgan.
16
Ta’lim muassasasining Ustavi quyidagi bo`limlardan tashkil topadi: 
1. Qisqacha ta’lim muassasasi haqidagi ma’lumotlar. 
2. Ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari. 
3. Ta’lim muassasasini boshqarish; 
16
G’ulomov S.S. Menejment asoslari. - T.: O’qituvchi. 2002 


26 
a) ta’lim muassasasini boshqarishning oshkoralik, demokratik va o`z-o`zini 
boshqarish asosida amalga oshirilishi; 
b) pedagogik-jamoa Kengashi; 
v) direktor, uning huquq va burchlari; 
g) direktorning o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha o`rinbosarining huquq va burchlari; 
d) ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosarining huquq va 
burchlari. 
4. 
O`quv-tarbiya va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil etish: 
a) ta’lim mazmunining Davlat ta’lim standartlari bo`yicha ishlab chiqilgan o`quv 
reja va dasturlari asosida belgilanishi; 
b) o`quv jarayonini tashkil etish; 
v) iqtidorli yoshlar bilan ishlash; 
g) ishlab chiqarish amaliyotini o`tkazish tartibi; 
d) qo`shimcha pulli mashg`ulotlarni joriy etish; 
j) kunlik ish tartibi (seminar, mashg`ulotlarning davom etishi, tanaffuslar, uy 
vazifalarini berish tartibi va hokazolar). 
5. 
O`qituvchi. Huquq va burchlari. 
6. 
O`quvchi. Huquq va burchlari.
7. 
O`quv-ishlab chiqarish ta’limi ustalari, ma’muriy va yordamchi 
xodimlarning huquq va burchlari. 
8. 
Ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, 
majburiyat va mas’uliyatlari. 
9. 
Ta’lim muassasasining moddiy va moliyaviy xo`jalik ta’minoti. 

Yüklə 467,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin