Toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 467,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix31.05.2022
ölçüsü467,04 Kb.
#60225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ta\'lim menejmenti o\'qitishda og\'zaki metodlardan foydalanish (2)

Kurs ishining maqsadi: Ta’lim menejmentini o’qitishda o’g’zaki metodlardan 
foydalanish jarayoniga yangi innovatsiyalarni joriy etish. 
Mavzu vazifalari: Kurs ishimizning vazifalari quyidagilardan iborat: 
1. Bo’lajak pedagoglarni kasbiy tayyorlashni takomillashtirish maqsadida 
ta’lim menejmentining maqsadi, vazifalarini, pedagogik fanlarni integratsiyalash 
vositalarini ilmiy asoslangan holda ishlab chiqish. 
2. Talabalarda o’quv va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda samarali shakl, 
metod, vosita, usul va texnologiyalarni tanlash hamda tizimlashtirishga oid bilim, 
ko’nikma, malakalarni hosil qilish.
3. Ta’lim menejmentini boshqarishga doir tajribalarni o’rganish, 
umumlashtirish va tizimlashtirish. 
2
Kurs ishining obekti: Ta’lim menejmentini boshqarish fanlarini samarali 
o’qitish qonuniyatlari, tamoyillari, omillari, mazmuni, shakl, metod, vosita, usul va 
texnologiyasini, pedagogik faoliyatning muhim tarkibiy elementlarini o’rganish, 
samarali ta’limni tashkil etish, pedagog va talabalarning munosabatlari jarayoni 
hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti Ta’lim menejmentini boshqarish fanlarining 
metodologik asoslari, yetakchi pedagogik ta’limotlar, muhim nazariy g‘oyalari, 
yangicha pedagogik yondashuv (paradigma)lar sanaladi. 
 
2
. Sharifxo’jaev M., Abdullaev q. Menejment. Daslik. - T.: O’qituvchi, 2001. 



I BOB O’qitish metodlarining tasnifi. O’qitish jarayonida qo’llaniladigan 
metodlarga qo’yiladigan talablar. Metodlarning turlari 
1.1 O’qitish metodlarining tasnifi 
 
Pedagogi-psixologik fanida o’qituvchilarning amaliy tajribasini o’rganish va 
umumlashtirish asoida ta’lim metodlarini tanlashga o’quv-tarbiya jarayoni 
kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog’liq muayyan yondashuvlar 
vujudga keladi. 
Ta’lim metodlari tizimida og’zaki bayon qilish metodlari muhim o’rin tutadi. 
Og’zaki mashqlardan ta’lim jarayonida keng foydalaniladi. Ular o’quvchilarning 
umumiy madaniyati, mantiqiy fikrlashi hamda bilish qobiliyatini rivojlantirish bilan 
bog’liqdir. Shuningdek, og’zaki mashqlarning nutq boyligini oshirish va xorijiy 
tillarni o’rganishdagi ahamiyati beqiyos. Hikoya– o’qituvchi tomonidan mavzuga 
oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo’lib, tasviriy vositalar 
yordamida obrazli tasvirlash yo’li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi. 
Metodning samarasi ko’p jihatdan o’qituvchining nuqt mahorati, so’zlarni o’z 
o’rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o’quvchilarning yoshi, rivojlanish 
darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog’liq. SHu bois hikoya mazmuni 
o’quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi 
zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.
3
Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amalga 
oshiriladi. O’qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi 
asosiy tushunchalarga alohida urg’u berishga e’tiborni haratadi. Hikoya hisha (5-10 
daqiqa), shu bilan birga o’quvchilarda his-hayajon va mavzuga nisbatan qiziqishni 
uyg’otishi kerak. Bu holat hikoyani boshqa ta’lim metodlari (xususan, namoyish 
yoki muammoli bayon etish va hokazolar) bilan birga solishtirganda ro’y berishi 
mumkin. 
3
G’ulomov S.S. Menejment asoslari. - T.: O’qituvchi. 2002. 



Suhbat – savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo’lib, u fanga 
qadimdan ma’lum, xatto undan o’z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. 
Suhbat ta’lim jarayonida ko’p funktsiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot 
madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o’quvchida 
faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o’qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada 
yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi. 
Suhbat – faoliyatini endigina boshlagan o’qituvchi uchun murakkab ta’lim 
metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini 
ta’minlash ko’p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o’quvchilarning 
diqqatini jalb etish talab qilinadi. O’qituvchi oddiy savollar berishi, o’quvchilarga 
ular yuzasidan batafsil o’ylash uchun vaqt ajratishi, o’quvchilarning javoblarini esa 
diqqat bilan tinglashi, zarur o’rinlarda ularni sharhlashi lozim. SHu bois suhbatda 
bilish deduktiv yoki induktiv yo’l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat 
o’quvchilarga oldindan ma’lum bo’lgan qoidalar
4
, tushunchalar, hodisalar
jarayonlar asosida tashkil etilib, o’quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga 
keladilar. Suhbatning induktiv shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil 
asosida umumiy xulosaga kelinadi.
5
Suhbat ko’proq o’quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni 
tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o’zlashtirilgan 
bilimlarni tashhislashda ijobiy natijalarni beradi. Suhbat turli ko’rinishlarda, ya’ni, 
kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbat tarzida tashkil etiladi. Kirish suhbati 
o’quv ishlarining boshida tashkil etiladi. Uni tashkil etishdan ko’zlangan maqsad hal 
etilishi zarur bo’lgan ishlar mohiyatining o’quvchilar tomonidan anglab 
yetilganligini tekshirib ko’rishdan iborat. Bunday suhbatlar o’quvchilarning o’quv 
salohiyatini aniqlash, loyihalashtirish ishlarini tashkil etish hamda yangi bilimlarni 
o’zlashtirishga kirishish oldidan uyushtiriladi. Yakuniy suhbat o’quvchilar 
tomonidan egallangan bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadida 
4
https://fayllar.org/3-mavzu-oqitish-metodlarining-tasnifi-oqitish-jarayonida-qolla.html 
5
Виханский О.С., Наумов A.И. Менежмент: Учебник для вузов поэконб. спес. и направл. – Трете изде. – M.: 
Гардарика, 2008. 


10 
amalga oshiriladi. Katexizism (qisqa bayonli) suhbat – o’quvchilarning boshlang’ich 
bilim darajasi hamda ularning yangi o’quv metodikasini o’zlashtirishga 
tayyorgarligini aniqlash uchun tajribali o’qituvchilar tomonidan dars avvalida yohud 
o’rganilgan materialni mustahkamlash uchun dars so’nggida qo’llaniladi. 
Evristik suhbat yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yo’naltiriladi. 
Bunda savollar shunday ketma-ketlikda berilishi zarurki, natijada ularga «ha» yoki 
«yo’q» tarzidagi javoblarni olish emas, aksincha, o’quvchilarni mustaqil fikrlash, 
ularda faollikning yuzaga kelishini ta’minlash, ularni tahlil qilishga undash
dalillarni ilgari surishga erishish imkoniyati yaratilsin. 
Demak, evristik suhbat jarayonida o’quvchilar bilimlarni o’zlarining 
tirishqoqliklari va mustaqil fikr yuritish layoqatiga egaliklari bois o’zlashtira 
olsinlar. 
Tushuntirish o’quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, 
taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng 
qo’llaniladi. Undan odatda nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni 
o’rganishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o’quv materialining bir qadar 
qiyin unsurlari ko’zga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib beriladi. 
Tushuntirish samarasi ko’p hollarda o’qituvchining ko’rgazmali vositalardan 
oqilona foydalanishiga bog’liq bo’ladi. Ma’ruza – yirik hajmdagi o’quv materialini 
og’zaki bayon qilish metodi sanalib, uning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan 
iborat: qat’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko’pligi, bilimlar 
bayonining tizimliligi. Maktab ma’ruzasi mazmunini murakab tizimlar
6
, hodisalar, 
ob’ektlar, jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bog’lanishlari, qonun va qoidalar 
tashkil etadi. Shu bois ma’ruza maktab sharoitida yuqori sinflardagina qo’llaniladi. 
Chunki u butun dars jarayonini qamrab olishi mumkin. Ma’ruza metodi tushuntirish 
va suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga keladi va bir vaqida 
o’quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o’rgata boradi. 
Maktab ma’ruzasining samaradorligini ta’minlash shartlari quyidagilardan iborat: 
6
 
https://google.uz
 sodda-va-murakkab-tizimlar-ochiq-va-yopiq-tizimlar maruza matni Toshkent 2016.html 


11 

o’qituvchi tomonidan eng maqbul ma’ruza rejasining tuzilishi

rejadan o’quvchilarni xabardor etish, ularni ma’ruza mavzusining maqsadi 
va vazifalari bilan tanishtirish; 

rejada aks etgan barcha bandlarning mantiqiylik va ketma-ketlikda bayon 
etilishi; 

rejaning har bir bandi yoritilgach, ular yuzasidan qisqacha umumlashma 
asosida xulosalanishi; 

ma’ruzaning bir qismidan ikkinchisiga o’tishda ular o’rtasidagi mantiqiy 
aloqalarning o’rnatilishini ta’minlash; 

bayon qilishning muammoli va emotsional xususiyat kasb etishi; 

jonli til, o’z vaqtida misollar, aniq dalillar va qiyoslashlardan foydalanish; 

auditoriya, muloqot jarayoni, shuningdek, o’quvchilarning aqliy 
faoliyatlarini mohirlik bilan boshharish; 

ma’ruzaning muhim jihatlarini turli tomondan ochib berilishi; 

ma’ruzaning asosiy qismlarini o’quvchilar tomonidan qayd etib (yozib) 
borilishiga imkon beradigan holatda bayon qilinish tezligi; 

zarur (yozib olinadigan) o’rinlarni oldindan ajratib qo’yish; 

o’rganilayotgan holatlarni yozib olish asosida qabul qilish va ularning 
mohiyatini aniqlashtirish maqsadida ko’rgazmalar (namoyish, illyustratsiya, 
videofilm va boshqalar)dan foydalanish; 

alohida holatlarni chuqur muhokama qilishda ma’ruzani seminar, amaliy 
mashg’ulotlar bilan uyg’unlashtirish. 
Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko’rgazmali metodlar ham 
alohida ahamiyatga ega. 
Ushbu metodlardan foydalanish zaruriyati ko’rsatmalilik tamoyiliga amal 
qilish maqsadga muvofiq ekanligida ko’rinadi. Inson miyasining 30 foiz hajmini 
ko’rishni, faqat 3 foizigina eshitishni ta’minlovchi neyronlar tashkil etadi.
7
7
Герчикова И.Н. Менежмент: Учебник. – 4-йе изд., перераб. и доп. –M.: Йунити-Дана, 2009. 


12 
Pedagogik-psixologik yo’nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan 
ma’lum bo’ladiki, shaxs tomonidan o’zlashtirilayotgan bilimlarning 86 foizi ko’rish 
retseptorlari yordamida o’zlashtiriladi. Demak, o’zbek xalqi tomonidan ko’p bora 
qo’llaniladigan «Yuz marta eshitgandan bir marta ko’rgan yaxshi» maqoli ilmiy 
asosga ega ekan. 
Namoyish metodi o’rganilayotgan ob’ekt harakat dinamikasini ochib berishda 
qo’l keladi va ayni chog’da predmetning tashqi ko’rinishi va ichki tuzilishi haqida 
to’laqonli ma’lumot berishda keng qo’llaniladi. Tabiiy ob’ektlarni namoyish 
qilishda odatda uning tashqi ko’rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari, 
ularning o’zaro munosabatlari)ga e’tibor haratiladi, so’ngra ichki tuzilishi yoki 
alohida xususiyatlarini o’rganishga o’tiladi. Ko’rsatish ko’p holatlarda 
o’rganilayotgan ob’ektlarning sub’ekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi. 
Tajribalar namoyishi esa sinf taxtasiga chizish yoki o’qituvchining maxsus jihozlar 
yordamida ko’rsatib berishi hisobiga amalga oshadi, bunda ushbu tajriba asosida 
yotuvchi tamoyillarni tushunish osonlashadi. 
Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada 
ko’proq didaktik samara beradi, biroq, bunday namoyishni amalga oshirish har doim 
ham mumkin bo’lavermaydi. SHu bois o’qituvchilar tabiiy predmetlarni namoyish 
qilishda sun’iy muhitga murojaat qilishadi (masalan, hayvonlar bilan hayvonot 
bog’ida, turli o’simliklar bilan esa issiqxonalarda tanishish) yoki sun’iy ravishda 
yaratilgan ob’ektlar (maket, model, mulyaj, skelet va boshqalar)dan foydalaniladi. 
Bu metod yordamida o’qituvchi o’quvchilarni mustaqil ravishda ob’ektlarni 
o’rganish, zaruriy o’lchov ishlarini olib borish, aloqadorlikni o’rnatish, shuningdek, 
hodisalarning mohiyatini anglab yetishga bir so’z bilan aytganda faol bilish 
jarayoniga yo’naltirishi lozim. Namoyish samarasi ko’p jihatdan o’qituvchining 
bilish jarayoni mohiyatan o’quvchilarning yoshiga mos holda to’g’ri tanlanishi 
hamda mumkin qadar ularning diqqatini namoyish etilayotgan predmetning muhim 
jihatlariga yo’naltirishiga bog’liqdir. Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish 
metodiga chambarchas bog’liq bo’lsada, didaktikada alohida o’rganiladi. 
Illyustratsiya narsa, hodisalar va jarayonlarni ularning ramziy ko’rinishlari – chizma, 


13 
port, rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar yordamida ko’rsatishni taqozo 
etadi. 
Namoyish va tasvir metodlari o’zaro bog’liqlikda bir-birini to’ldirgan holda 
qo’llaniladi. Agar hodisa va jarayonni o’quvchi yaxlit holda qabul qilishi zarur 
bo’lsa namoyishdan foydalanish, agar hodisa mohiyati hamda uning unsurlari 
o’rtasidagi bog’lanishlarni anglash talab etilsa illyustratsiyaga murojaat qilinadi. 
Tasvirning samarasi ko’pincha o’qituvchi tomonidan ko’rsatuv texnologiyasi 
qay darajada o’zlashtirilganligiga bog’liq bo’ladi. Ko’rsatmalardan foydalanishning 
bilish jarayonidagi didaktik ahamiyati o’rganilayotgan ob’ekt mohiyatini to’laqonli 
yorita olishi bilan belgilanadi. Aslida illyustratsiyalar oldindan tayyorlanib, dars 
jarayonida zarur o’rinlarda kerakli hajmda ko’rsatiladi, aks holda ular sonining oshib 
ketishi o’quvchilarni hodisa mohiyatini anglashda chalg’itadi. Ayrim hollarda 
tarqatma materiallar (fotosurat, jadval, tabiiy ob’ektlar va boshqalar) yoki texnik 
vositalar xizmatidan foydalanishga to’g’ri keladi.
8
Ko’rgazmali metodlardan foydalanishda samaradorlikka erishish uchun 
quyidagi shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir: 

ko’rgazmalilikning o’quvchilar yoshi va rivojlanish darajasiga mos kelishi; 

namoyish etilayotgan ob’ektlar barcha o’quvchilarga yaxshi ko’rinib turishi; 

namoyishda uning boshlang’ich bosqichi va asosiy jarayon (holat)larning 
ajralib turishi; 

tajribalar namoyishi maket, jihoz, qurollar yoki tajriba sxemasini chizib 
ko’rsatish asosida tashkil etilishi; 

namoyish va illyustratsiya o’quv materialining mazmuni bilan uyg’un bo’la 
olishi lozim. 
Amaliy ishlar metodlari o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan nazariy 
bilimlar yordamida ularda amaliy ko’nikma va malakalarni hosil qilishda alohida 
ahamiyat kasb etadi. 
8
. Веснин В.Р. Менежмент в схемах и опредалинах. Учебное пособие. –M.: Проспект, 2009. – 120 с. 


14 

Yüklə 467,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin