75
qolish, xotirada yaxshi saqlash va to’g’ri bayon etish bo’yicha mashq qilganlik;
–
psixologik barqarorlik (xodimning tergov, operativ xizmat faoliyatining
psixologik jihatdan murakkab, hissiy jihatdan tarang, xavfli va mas’uliyatli
vaziyatlarda xotirjam va ishonch bilan harakat qilish qobiliyatida namoyon
bo’ladi).
Xodimning kasb mahoratini oshirishda uning psixologik bilimlarga egaligi
muhim ahamiyatga ega. Ilmiy dalillar va mavjud ijobiy tajriba professional
ta’lim tizimiga psixologik tayyorgarlikni maqsadga yo’nalgan tarzda oshirib
borishning maxsus vazifalari, shakl va usullarini kiritish zarurligini
ko’rsatmoqda. Bugungi kunda kasbiy mahorat – ichki ishlar organlarining
faoliyat samaradorligini oshiruvchi muhim omillardan biridir.
Shu ma’noda muxandis xodimlarining kasbiy mahorati, xodimlarda
operativ xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli va samarali bajarish uchun zarur
bo’lgan xislatlarni shakllantirish, rivojlantirish va faollashtirish bo’yicha maxsus
tashkil etilgan maqsadga muvofiq ta’sir ko’rsatish jarayonidir.
Xodimlarning kasbiy faoliyati samaradorligini oshirish va kasbiy qobiliyat
hamda mahoratini rivojlantirishda ular ma’lum bir kasbiy yo’nalishga ega
bo’lmog’i lozim.
Dostları ilə paylaş: