93
bo’yicha rahbarni tayinlaydi, uning ishi uchun zarur shart-sharoitlar bilan
ta’minlaydi, muhokama qilish uchun ota-onalar hamda kasb tanlashga yo’llash
bo’yicha xizmatlar va tashkilotlar bilan uchrashuvlar tashkil etadi.
Kasb tanlashga yo’llash jarayonida o’qituvchi-murabbiylarning ta’siri
sezilarli darajada katta hisoblanadi. Ular o’quvchilarning shaxsiy sifatlari va
qobiliyatini yuzaga chiqishiga ko’maklashadilar, o’quvchilar tomonidan individual
rejalarini bajarilishini nazorat qiladilar va o’quvchilarga tavsiya beradilar. Kasb
tanlashda, maslahatchi sifatida o’quvchilarining kasbiy faoliyati, qobiliyati va
imkoniyatlari haqidagi ma’lumotga ega o’quv fani o’qituvchilari ham ishtirok
etadilar. O’quvchilarning kasbga yo’naltirishga qaratilgan pedagogik jamoaning
faoliyati natijasida, yuqori sinf o’quvchilarning juda oz qismigina kasb tanlashga
yo’llash xizmatlari yoki boshqa maktabdan tashkari tashkilotlar xizmatidan
foydalanadilar.
Shunday qilib, Buyuk Britaniyada kasbga yo’naltirishning vazifasi
o’quvchilarga kasb tanlashga yordam berishgina emas, balki mehnat bozori
talablari doirasida o’zlarini baholashga o’rgatish. Shu bilan birga, kasbni mustaqil
tanlashga va u yoki bu turdagi professional faoliyatida amaliy tajriba oshirishiga
alohida e’tibor qaratiladi. Kasb tanlashga yo’llash tizimi ijtimoiy-iqtisodiy
ehtiyojlariga muvofiq holda tez rivojlangan. Ta’lim va kasbiy yo’lining tanlashga
yo’naltirish ishlari yagona va uzluksiz jarayon sifatida qaraladi. Kasb tanlashga
yo’llashishlari maktabda o’qish davrida amalga oshirilib boriladi va keyinchalik
uning mehnat faoliyatini nazorat qilib boriladi. Buyuk Britaniya yoshlarini kasb
tanlashga yo’llash muammosiga alohida e’tibor qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: