102
Xatti - harakatlar tuzilishining shakllanishiga ta’sir o’tkazadi (yangi
extiyojlar, maqsadlar, motivlar). Bu o’rinda ustanovkalar ham alohida axamiyatga
ega. O’qish-bilim olish faoliyati shaxs kamolotida
muhim ahamiyatga ega va
chukur muammo kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar,
malaka va turli ko’nikmalar uzlashtriladi. Faoliyat turlari o’z-o’zidan ro’y
bermaydi. Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o’zini kanday tutishi,
egallangan mavqei ham sababsiz, o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Faoliyatni amalga
oshrish va shaxs hulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada «Motiv» va
«Motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi. «Motivatsiya» tushunchasi «Motiv»
tushunchasidan kengroq ma’noga ega. Motivatsiya-inson hulq-atvori, yo’nalishi va
faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu
tushuncha
u yoki bu shaxe hulkini, ya’ni «nega?», «nima uchun?», «nima
maqsadda?», «qanday manfaat yulida?» degan savollarga javob kddirish —
motivatsiyani qidirish demakdir.
Shaxsning jamiyatda odamlar orasida xulki va o’zini tutish sabablarini
o’rganish tarbiyaviy axamiyatga ega bo’lib, masalani yoritishning ikki jihati
farklanadi.
1. Ichki sabablar, ya’ni xatti-harakat egasining sub’ektiv psixologik xususiyatlari
nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo’ljallar, istaklar, qizikishlar va
h.k.).
2. Tashqi sabablar — faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlar. Ya’ni, bular
ayni konkret holatlarning kelib chikishiga sabab bo’ladigan tashqi stimullardir.
Shaxs hulq-atvorini ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish odatda shaxsiy
dispozitsiya deb ham ataladi. Ular shaxs
tomonidan anglanilishi yoki
anglanmasligi mumkin. Ba’zan shunday bo’ladiki, shaxs o’zi amalga oshirgan ishi
yoki o’zidagi o’zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning haqiqiy sababini
o’zi tushunib etmaydi. «Nega?» degan savolga «o’zim ham bilmayman», deb
javob beradi. Bu anglangan dispozitsiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi. Agar
shaxs biror sohaga, kasbga qiziqib, ongli tarzda, uning barcha sir-asrorlarini
egallash uchun astoydil harakat qilsa, bunda vaziyat boshqacharoq bo’ladi,
103
aniqrog’i,
dispozitsiya anglangan, ongli xisoblanadi. Shu nukgai nazardan motiv
kengroq tushuncha
bo’lib, u shaxsdagi u yoki bu faollik usuliga nisbatan turgan moyillik, xozirlikni
tushungirib beruvchi sababni nazarda tutadi. Mashhur nemis olimi Kurt Levin
motivlar
muammosi ayniqsa, shaxsdagi ijtimoiy hulq motivlari borasida katta,
keng kamrovli tadqiqotlar olib borib, shuni anikdadiki, har bir odam o’ziga xos
tarzda u yoki bu vaziyatni idrok kilish va
baholashga moyil bo’ladi. Bu baholar turlicha xarakterga ega.
Bundan tashqari, bir shaxsning o’zi ham o’zidagi holat, kayfiyatga qarab bir
xil vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok qilishga moyil bo’larkan.
Shuning uchun xam odamning ayni paytdagi real harakatlarni o’sha ma’lum
sharoitdagi ichki va tashqi stimullarga uning bergan bahosi yoki reaktsiyasi
sifatida karamay, balki shunga uxshash xolatlarni idrok
etishga ichki bir hozirlik
— dispozitsyaning mavjudligi bilan tushuntirish to’g’riroq bo’ladi. Shu ma’noda
shaxs faolligining motivatsiyasi turli sharoitlarda orttirilgan tajribaga tayangan,
ongli tahlillar, hattoki ijtimoiy tajriba me’yorlarining ta’sirida shakllanadigan
sabablar majmuasini o’z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: