Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z


Muxandis xodimlari faoliyatiga psixologik tavsif



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   101
2 5208751846268607301

 
2.Muxandis xodimlari faoliyatiga psixologik tavsif 
 
Ma’lumki, muxandis xodimlari kasbiy faoli yatining bir nechta 
xususiyatlari mavjud bo’lib, bu xususiyatlar xodimlarning ruhiy jihatdan 
tayyorgarligiga salmoqli ta’sir ko’rsatadi. Muxandis xodimlari faoliyatining 
asosiy xususiyatlaridan biri – xodimlar faoliyatining huquqiy jihatdan tartibga 
solinganligi. Muxandis xodimlar kasbiy faoliyatining normativ hujjatlar
yo’riqnomalar va buyruqlar asosida belgilab berilishi mehnatni samarali tashkil 
etish, faoliyatni erkin amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Bunday hokimiyat vakolati berilgan xodimning psixologik holatini avvalo 
yuksak darajadagi mas’uliyat belgilab beradi. Uning o’z vakolatlarini qo’llashi 
esa harakatlarining zarurligi va oqilonaligini, qonuniy asosga egaligini aniqlash 
imkonini beradigan bir qator masalalarni hal qilishni taqozo etadi. Ko’pincha bu 
holat qonunda belgilangan moddalardan birini tanlash zarurati bilan bog’liq 


132 
bo’ladi, shu bois bu xodimdan juda katta hissiy-irodaviy zo’riqishni talab etadi. 
Berilgan vakolatdan oqilona va qonuniy ravishda foydalanish – 
muxandisxodimlariga qo’yiladigan juda muhim kasbiy talab- lardan biri. 
Hokimiyat vakolatidan foydalanishning qonunga va maqsadga muvofiqligi ko’p 
hollarda xodimning shaxsiy fazilatlariga bog’liq. 
Muxandis xodimlari kasbiy faoliyatining o’ziga xos jihatlaridan biri keng 
doiradagi kishilar bilan muomala qila olish qobiliyatini bildiruvchi 
kommunikativlikdir. Xodim o’z faoliyati davomida turli yoshdagi, kasbdagi va 
turli huquqiy maqomga ega bo’lgan shaxslar bilan muomala qilishiga to’g’ri 
keladi. Bu esa xodimdan shaxs psixologiyasini, xususan muomalaning 
psixologik asoslarini bilishni talab etadi. 
Albatta, xodimning kasbiy faoliyatiga yorqin ifodalangan bilish xususiyati 
xosdir. Bu esa turli xil qiyinchiliklarni, fikriy vazifalarni turlicha hal qilishnigina 
emas, balki ushbu qarorlarni amalga oshirishni tashkil etishni ham talab etadi. 
Shu nuqtai nazardan muxandis xodimlarining kasbiy faoliyatida quyidagi asosiy 
psixologik tizimlar mavjud: bilish faoliyati, konstruktiv, tashkilotchilik va 
kommunikativ faoliyat. Albatta, xodimlarning amaldagi faoliyatida ushbu 
tarkibiy qismlarning har biri sof holda uchramaydi, ularning hammasi uzviy 
birlikda namoyon bo’ladi. 
Xodim kasbiy faoliyatining asosiy psixologik xususiyatlari va tarkibiy 
elementlarini ko’rib chiqish ham uning faoliyati qanchalik murakkab va 
serqirraligidan dalolat beradi. Kasbiy faoliyat xodimga ko’plab turli xil talablar 
qo’yadi, ular orasida eng muhimlaridan biri — shaxsda kasbiy muhim 
xislatlarning rivojlanganlik darajasi bo’lib, ular quyidagilardan iborat: 
– xodim shaxsiga xos xislatlarning kasbiy-psixologik yo’nal- ganligi; 
– 
xodimning psixologik tayyorgarligi; 
– 
rivojlangan irodaviy xislatlar; 
– 
noodatiy vaziyatlarda o’zini tuta bilish, jasurlik, mardlik, oqilona 
tavakkalga moyillik; 
– 
yaxshi rivojlangan kommunikativlik; 


133 
– 
turli toifadagi shaxslar bilan tezda aloqaga kirisha olish, ishonchli 
munosabatlar o’rnata olish va sir saqlay olish
– 
turli tezkor xizmat vazifalarini bajarishda odamlarga psixologik ta’sir 
ko’rsata olish qobiliyati; 
– 
rolga, boshqa qiyofaga kira olish; 
– 
rivojlangan, kasbiy jihatdan muhim bilish xislatlari: kuzatuvchanlik va 
diqqatlilik, rivojlangan xotira, ijodiy tasavvur; 
– 
rivojlangan mantiqiy tafakkur, murakkab aqliy ishga moyillik, farosat, 
rivojlangan intuitsiya; 
– 
ziyraklik, murakkab vaziyatdan chiqib keta olish. 
Ushbu xislatlar insonga avvaldan xos emas. Ularni shakl- lantirish va 
rivojlantirish davomli va qiyin jarayon, ammo u ichki ishlar organlari 
xodimining kasbiy shakllanishi uchun zarur va shartdir. 
Ushbu 
xislatlarning 
xodim 
shaxsida 
bo’lmasligi 
yoki 
etarli 
rivojlanmaganligi uning o’z funktsional vazifalarini to’g’ri va aniq bajarishiga 
xalaqit beradi, shaxsning o’z kasbiga moslasha olmasligi va kasbiy buzilishiga 
olib keladi. Shu bois ham xodimlarda ushbu xislatlarni shakllantirishga xizmat 
qiladigan kasbiy-psixologik tayyorgarlik katta ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin