Turli hayotiy faoliyat moduslaridagi shaxs munosabatlari tizimi.
119
SHaxs
munosabatlari
Egalik qilish modusi
Ijtimoiy
intilishlar modusi
Xizmat qilish modusi
O‘ziga
munosabat
Boshqalarga
munosabat
Ishga munosabat
Jangari,
“changalzor
qonunlari”
asosida
yashovchi.
Ishbilarmon:
“sen-
menga, men-senga”.
Tartibli.
Muhitga
bog‘liqlik,
“qurbon” tamoyili.
Qizg‘anchiqlik,
raqobat,
antogonizm.
“Ko‘z
bo‘yamachilik”.
Taqdir va yaratganning
irodasi.
Muhabbat.
Ma’suliyat, ijodkorlik.
Egalik qilish modusida predmet yoki boshqa insonlarga egalik qilish nazarda
tutiladi. Bu tip ehtiyojlari muayyan bir davr ehtiyojlari bilan hamohangdir. Ular
kamchilik, etishmovchilik sifatida yuzaga keladi. Nimagadir yoki kimgadir egalik
qilish ehtiyoji inson ehtiyojlarining begonalashgan shaklidir. Bu modusda
individga tegishli bo‘lmagan barcha narsalar ular tomonidan vosita darajasigacha
ko‘tariladi. Kasbiy faoliyat san’at darajasigacha ko‘tariladi va shaxsning zaruriy
ishtiroki natijasiga ko‘ra predmetli yoki to‘liq predmetli ko‘rinishlarga ajratiladi.
SHunga muvofiq tarzda, hech qanday faoliyat motivga ega emas, chunki hech
qanday motivning o‘zi yo‘q, faqatgina muayyan faoliyatga egalik qila olinsa
bo‘ldi.
Bu bosqichda ham boshqalar singari ikkita chiziqni ajratib ko‘rsatish
mumkin, ulardan biri kasbni endi o‘zlashtirayotgan insonlarga xosdir. Bu shunday
holatki, bunda shaxs muayyan bir bosqichni bosib o‘tgan, lekin yuqoriroq darajaga
erishmagan. Birinchi chiziq o‘zining natijasiga ko‘ra ikkita imkoniyatga ega.
Ulardan biri – bu keyingi bosqichga (ijtimoiy intilishlar modusiga) o‘tish.
Ikkinchisi – bu bosqichda izlanish va “to‘xtab qolish”dan bosh tortishdir.
SHaxsning kasbiy shakllanishini boshqa vektori inson allaqachon o‘zini
“topganligi”, uning o‘zini va o‘z faoliyatini o‘zgartirishni istamasligi bilan
120
yakunlanadi. SHaxs faoliyatga nisbatan o‘z ehtiyojlarini qondiruvchi vosita sifatida
qaraydi.
Kasbiy etuklikni mutaxassis shaxsining shakllanishi va mehnat sub’ektining
kasbiy shakllanishi jarayoni sifatida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bu
jarayon mehnat faoliyatini boshqarish va amalga oshirish bilan bog‘liq, lekin u
faqatgina operatsional soha taraqqiyoti, bilim, ko‘nikma va malakalarni
o‘zlashtirish bilan cheklanib qolmaydi, balki S.L.Rubinshteyn, B.G.Ananev,
B.F.Lomov, A.N.Leontev va boshqalarning tadqiqotlarini guvohlik berishicha,
shaxs ijtimoiy xulq-atvorini psixik boshqarishning funksional tizimini shakllanishi
bilan bog‘liq. Bu jarayonda shaxsning kasbiy kamolotini asosiy qonuniyatlari
haqidagi tasavvurlarning taraqqiyoti va turli omillar ta’sirida uning dinamikasini
boshqarish muhim rol o‘ynaydi, buning natijasida shaxs o‘zini kasbiy faoliyat
sub’ekti sifatida anglay boshlaydi va kasbining ijtimoiy ahamiyatlilik darajasini
tushunadi.
SHaxsning kasbiy shakllanish jarayonida aniq faoliyatning mohiyatini ochish
dinamikasidagi maqsadga yo‘nalganlik, uning imkoniyatlarini bosqichma-bosqich
kashf qilinishi va uning alohida komponentlari hamda tuzilishining o‘zgarishini
muhim manbasi bo‘lib hisoblanadi. Psixologik tuzilish bilan muvofiq adekvat
faollikni talab qiluvchi maqsadlar tizimini aniqlash, tanlash, unga erishish va
alohida faoliyat komponentlarining mazmuni hamda ko‘zlangan natijaga erishish
uchun psixik zo‘riqqanlikning muvofiqlik darajasi ham mehnat sub’ekti shaxsining
psixik taraqqiyoti manbasi bo‘lib hisoblanadi. Taraqqiyotning bu mexanizmi
predmetli faoliyat motivlarining shakllanishi va aniqlashtirilishi jarayoni bo‘lib,
uning mehnat jarayonini har bir bosqichida o‘zgarishlarni aniq bir fazasini bosib
o‘tuvchi, mazmun jihatdan boyib boruvchi va faoliyatning yo‘nalganligiga, psixik
va kasbiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi omillarga aylanadigan motivatsion-
ehtiyojlarni boshqarish bilan bevosita bog‘liqdir
Mehnat sub’ektining kasbiy shakllanishi, shaxsning mutaxassisga aylanish
jarayonida faoliyatning operatsional tomonini egallash qobiliyatini qidirish va
121
yaratish, faoliyatning psixologik tizimi komponentlarini o‘zaro aloqasi va
mazmunini o‘zlashtirishini o‘z ichiga oladi.
Bu jarayonni boshqarishning asosiy mexanizmlaridan biri o‘zi haqidagi
tasavvurlarning (“Men-konsepsiyasi”), “Men-mutaxassis” obrazi va mutaxassis
modeli namunasining shakllanishi, qolaversa, bu tasavvurlarning muvofiqligi, ular
orasidagi qarama-qarshiliklarni aniqlash va tahlil qilish hisoblanadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan sub’ektiv modellarning roli qator tadqiqotlarda o‘z aksini
topgan bo‘lib, ular: “stereotiplashgan kasbiy namunalar shaxs tajribasining to‘liq
integratsiyasiga yo‘l qo‘ymaydi, bu vaziyatda kasbiy shakllanish shaxs taraqqiyoti
uchun to‘siq bo‘lib xizmat qilishi ham mumkin”, degan g‘oyani tasdiqlaydilar.
Faqatgina individuallashtirilgan, qolaversa, shaxsning individual xususiyatlarini
inobatga olgan holda yaratilgan kasbiy namunagina shaxs taraqqiyoti uchun xizmat
qilishi mumkin, chunki ular muayyan bir shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bilan
muvofiq bo‘ladi.
Sub’ektning psixik sohasini o‘rganish natijalariga ko‘ra mehnat mutaxassis
shaxsi shakllanishining boshqarish jarayoni bilan psixik funksiyalarning
rivojlanish holati o‘rtasidagi aloqadorligini tushunishda muhim ahamiyat kasb etib,
mehnat faoliyatining shaxsga ta’siri xarakterini aks ettiruvchi mehnat yutuqlari
darajasini aniqlab beradi.
Mehnat sub’ektining kasbiy shakllanishi, o‘zining hayotiy pozitsiyasiga,
maqsadi va harakatlar dasturiga, faoliyat jarayoni va natijalariga nisbatan
munosabatga hamda shu kabi qator maxsus xususiyatlarga ega bo‘lgan mutaxassis
shaxsining shakllanishi, sub’ektning shaxs taraqqiyoti qonuniyatlarini engib
o‘tishi, faoliyat determinantlari ta’sirida uning hayotga psixologik qarashlarining
o‘zgarishi natijasi hisoblanadi.
SHaxsning hayotiy va kasbiy shakllanishini dinamik xarakterini, shaxsning
o‘ziga xos filogenetik va ontogenetik xususiyatlarini, qolaversa, undagi mehnat
faoliyatining rolini, sub’ektning kasbiy shakllanishini o‘ziga xos xususiyatlarini
hisobga olgan holda bu jarayonni “professiogenez” atamasi bilan atash mumkin.
SHaxs faoliyatini tashkil qilish va tahlil qilishga nisbatan professiogenetik
122
yondashuv shaxs mehnat faoliyatini o‘rganuvchi psixologiyaning qator sohalari va
boshqa fan sohalari uchun metodologik, nazariy va metodik asos bo‘lib xizmat
qiladi.
Mutaxassis shaxsining shakllanishini o‘ziga xos xususiyatlari mehnat
sub’ektining kasbiy shakllanishiga nisbatan professiogenetik yondashuvning asosiy
xususiyatlarini aniqlab beradi. Bu yondashuv mehnat sub’ektining kasbiy faoliyati
davomida ijtimoiy va psixologik rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish asosiga
qurilgan. Bunda kasbiy taraqqiyot jarayonini faol boshqarish imkoniyatlari va
shaxsning mehnat faoliyatiga yaroqliligi ko‘rib chiqiladi. U faqatgina shaxs
taraqqiyoti xususiyatlarini va mutaxassis shakllanishini o‘rganishga qaratilgan
bo‘lmay, balki mavjud faoliyat turlarini, faoliyatga moslashish jarayonini psixik
boshqarish mexanizmlari va shaxsning mavjud imkoniyatlari hamda kasbiy
talablar orasidagi muvofiqlikni psixologik tahlil qiladi, qolaversa, obro‘li kasb va
faoliyat turlarining psixologik xususiyatlarini taxmin qiladi. Ommaviy va obro‘li
kasbiy faoliyat turlarini psixologik tahlil qilishning samaradorligi faoliyatni
rejalashtirishdagi texnik va texnologik qarorlar va shu bilan bir qatorda, shaxsga
nisbatan kasbiy talablar xarakteri hamda faoliyatning psixologik nazariyalarini
ahvoli haqidagi ma’lumotlar yordamida aniqlanadi.
Professiogenezning markaziy nuqtasida mehnat sub’ektining kasbiy
shakllanishi va uni bir necha aspektlarini keng ko‘lamda ko‘rib chiqish maqsadga
muvofiqdir:
Birinchidan, shaxs taraqqiyoti sifatida – bu muayyan mehnat sub’ektining
faollik darajasiga bog‘liq va etakchi faoliyat xarakteriga asoslangan holda aniq bir
yosh davrida namoyon bo‘ladi. Psixik taraqqiyot eng avvalo, mehnat motivlarining
shakllanishi, kasbiy muhim sifatlarning faollashishi va aniq bir faoliyatning
talablariga muvofiq ravishda shaxs qobiliyatlarining tarkib topishi bilan
yakunlanadi.
Ikkinchidan, sub’ekt ijtimoiylashuvi sifatida – bu individ tomonidan ijtimoiy
normalarning o‘zlashtirilishida, ijtimoiy tajribani shaxsiy kasbiy ustanovkalar
123
tizimida qo‘llashda, qadriyatlar va faoliyat dasturida, ijtimoiy rollarni qabul qilish
va ijtimoiy masalalarda namoyon bo‘ladi.
Uchinchidan, sub’ektning kasbiy o‘z-o‘zini anglashi, o‘z-o‘zini namoyon
qilishi sifatida – bu hayot faoliyati davomida kasbiy shakllanishiga zamin
tayyorlaydigan o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini nazorat qilish,
hayotiy tajriba va hayot tarzi orqali namoyon bo‘ladi. Hayot davomida taraqqiy
etish va kasbiy shakllanish yosh davrlarida, shaxs hayot-faoliyati bosqichlarida aks
etib, jamiyat talablari va shaxsning o‘zini-o‘zi namoyon qilishga intilishi orasidagi
qarama-qarshiliklarga bog‘liq bo‘ladi.
To‘rtinchidan, kasbiy shakllanish shaxs faolligi shaklida namoyon bo‘ladi va
tavsiflanadi – bunda shaxs shakllanishining dinamik sharoitlari va uni shaxsiy
harakatlarining faoliyat bilan muvofiqligi ko‘rib chiqiladi.
YUqorida ko‘rsatilgan professiogenezning o‘ziga xos xususiyatlari
mutaxassis shaxsining uzluksiz ravishda shakllanishi, mehnat sub’ektining kasbiy
kamolotga erishishga intilishi, bundan tashqari shaxsning ongli faoliyat sohibi,
ijtimoiy qadriyatlar ijodkori, har tomonlama kamol topgan shaxs, oliy toifali
mutaxassis sifatida shakllanish jarayonlarida aks etadi.
Kasbiy shakllanish jarayonini professiogenetik yondashuv asosida o‘rganish
borasida bir qator tadqiqotlar olib borilmoqda va bu muammoning turli jihatlari
keng doirada ochib berilmoqda.
Oxirgi 15 yil ichida mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar shaxs
xulq-atvori va kasbiy sohasida o‘z aksini topib kelmoqda. Etuklik davridagi
shaxslarni kasbiy qayta yo‘naltirish keng tarqalgan voqelikka aylangan. O‘zini-o‘zi
anglash va shaxsning kasbiy shakllanishi muammosi bu jarayonda sub’ektlarning
turli kasbiy tajribaga ega ekanliklari, barqaror qadriyatlar tizimi, shakllangan shaxs
tuzilishi, hayotiy pozitsiyani amalga oshirishda ijtimoiy, kasbiy va iqtisodiy
sharoitlarni aniqlash bilan aloqadorlikda yangi qirralarga ega bo‘ldi.
V.A.Bodrov va M.A Ratnikova bilan hamkorlikda kasbiy faoliyatni
o‘zgartirishning psixologik xususiyatlari va qayta kasbga yo‘naltirish vaziyatining
xarakteri hamda mehnat sub’ektining individual-psixologik xususiyatlariga bog‘liq
124
holda kasbiy faoliyatga moslashishni o‘rganish maqsadida tadqiqot ishi olib
borilgan.
Etuklik davrida kasbiy qayta yo‘naltirish va uning kasbiy shakllanish
jarayoniga ta’siri quyidagi omillar orqali aniqlanadi:
1. Qayta yo‘naltirish vaziyatining ko‘rinishiga ko‘ra (majburiy yoki
ixtiyoriy);
2. Mintaqaning ijtimoiy-demografik va kasbiy xususiyatlariga ko‘ra (turli
yosh va ish stajiga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar, boshqaruvchi shaxs, muhandis,
shifokor, o‘qituvchi);
3. Joriy faoliyatning xarakteriga ko‘ra;
4. Qayta yo‘naltirilgan sub’ektlarning individual-psixologik xususiyatlariga
ko‘ra (introvertlik, ekstrovertlik, xavotirlanish va boshqalar).
Qayta yo‘naltirishning muvaffaqiyati yangi faoliyatga kasbiy, ijtimoiy va
psixologik moslashganlik darajasi bilan tavsiflangan. Bunda majburiy qayta
yo‘naltirishni, ya’ni ishdan haydalish, tashkilotning inqirozga uchrashi
vaziyatlarini boshidan o‘tkazgan xodim sinov muddati (6 oy) davomida kasbiy
faoliyatga moslasha olgan (93%, 68% va 33% vaziyatlarda moslashish turiga
muvofiq), 84%, 63% va 58% vaziyatlarda esa ixtiyoriy qayta yo‘naltirishni yoki
qo‘shimcha kasbiy faoliyatga, qolaversa, majburiy qayta yo‘naltirishni boshidan
kechirayotgan xodimlarning yangi kasbiy faoliyatga psixologik moslashishida
ko‘pgina qiyinchiliklarga uchragan. Kasbiy faoliyatga moslashish jarayonining
tezligi shaxsning internallik-eksternallik xarakterlariga va shaxsiy xavotirlanish
darajasiga bog‘liqdir.
SHaxs tuzilishining arxitektonik holati va maxsus qobiliyatlar, shaxs
taraqqiyotida faoliyatning roli haqidagi ma’lumotlar, faoliyatning dinamik tuzilishi
va mazmuni hamda bu jarayon bilan bog‘liq ravishda shaxsga nisbatan
qo‘yiladigan kasbiy talablar keyinchalik kasbiy shakllanishning va bu tizim asosida
mutaxassislarni psixologik saralashning takomillashtirish jarayonining yangi
qirralarini o‘rganishni belgilab beradi. Bu qarashlar eksperimental asoslangan
125
bo‘lib, uning negizida kasbiy yaroqlilikni baholashga nisbatan strukturaviy-
dinamik yondashuv konsepsiyasi yotadi.
To‘rt yil davomida 600 dan ortiq uchuvchi-kursantlarda olib borilgan
tadqiqotlar orqali uchuvchilik qobiliyatini aniqlashga qaratilgan alohida kasbiy
muhim xususiyatlar qator tipik jihatlarga, ya’ni uchuvchilik qobiliyatining
tuzilishidagi komponentlarning o‘zaro ichki aloqalarini namoyon bo‘lish
darajasidagi tafovutlar va bu komponentlar orasidagi ierarxik munosabatlar
xarakteriga ega ekanligi aniqlandi. Bu ma’lumot kursantlarning haqiqiy mutaxassis
bo‘lib etishishlarining dastlabki bosqichida ulardagi qobiliyatlarning rivojlanganlik
darajasidagi individual farqlarning keng qamrovli ekanidan dalolat beradi. Aytish
mumkinki, ularning uchuvchi kasbini tanlashdagi kasbiy yo‘nalganligi psixik
mavqe jihatidan iqtidorli va uning kasbiy faoliyatga qo‘yiladigan talablarga
muvofiq tarzda rivojlanganligi bo‘lajak mutaxassislarning kontengentini to‘liq
shaklda aniqlab bera olmaydi.
Ta’limning turli bosqichlarida kasbiy muhim xususiyatlarning miqdoriy,
xarakter jihatdan va o‘zaro chambarchas bog‘liq holda o‘zgarishi aniqlangan
bo‘lib, ular kursantlarga qo‘yiladigan talablarning turli mazmunga egaligi bilan
bog‘liq: o‘quv masalalari, qolaversa, bu talablarga nisbatan moslashuvchanlik
darajasi va bu masalalarni hal qilish sharti hamda mazmuniga nisbatan adekvatlik
darajasi hamda faoliyat tizimiga (V.D.Shardakov bo‘yicha) individual funksional
moyilligi bilan belgilanadi.
Kursantlarning turli ta’lim bosqichlarda alohida kasbiy muhim
xususiyatlarini namoyon bo‘lish darajasi ko‘rsatkichlarining dinamikasini katta
variativligi psixik taraqqiyot fazalarining geteroxronligi va o‘zgarishlarning
betartibligi, qolaversa, har bir o‘quv faoliyatining kasbiy muhim xususiyatlar
holatiga ta’sirida aks etishi joriy qilingan. Ta’lim jarayonida kasbiy muhim
xususiyatlarni tizimlashtirishning samaradorligi oshib borayotgani aniqlangan
bo‘lib, bu bevosita alohida xususiyatlar orasidagi zaif aloqalar sonini kamayishiga,
ya’ni xarakterning kasbiy ta’lim bosqichidaga passiv qobiliyatlar tuzilishiga
bog‘liq ravishda o‘zgarishiga (birinchi kursda-barcha kasbiy muhim xususiyatlar
126
orasida teng va ahamiyatsiz aloqalar mavjud bo‘lib, to‘rtinchi kursga kelganda-
etakchi xususiyatlar orasida “kuchli” aloqalar sonini ortganligi kuzatiladi); kasbiy
muhim xususiyatlar tuzilishida– kognitiv (axbortni qayta qurish), psixomotor
(etakchi faollik), faollashtirilgan (axborotlarni qidirish, diqqatni taqsimlash va
nazorat qilish) kabi 3 ta yirik majmualarni ajratilishiga xizmat qilmoqda.
Berilgan korrelyasion tahlillar kasbiy muhim xususiyatlarning kursantlarni
past va yuqori o‘zlashtirish darajasiga bog‘liq holda namoyon bo‘lishida miqdor va
sifat jihatdan tafovutlar borligini ko‘rsatmoqda, bu esa tayyorgarligi yuqori bo‘lgan
kursantlarda kasbiy muhim xususiyatlarning funksional majmuini egiluvchan va
moslashuvchan tizimga asoslanganidan, tayyorgarligi past darajada bo‘lgan
kursantlarning esa kasbiy muhim xususiyatlari ularda yangi kasbiy masalalarni
o‘zlashtirishlari uchun qiyinchiliklar tug‘diruvchi konservativ, qattiqqo‘llik
tizimiga asoslanganligidan dalolat beradi.
SHunday qilib, uchuvchi-kursantlar kasbiy shakllanishining o‘ziga xosligida
aks etuvchi shaxsning kasbiy taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rnatish jarayoni kasbiy
muhim psixologik xususiyatlarning maxsus integratsiyasi sifatlari va shaxsning
kasbiy tizimda to‘liq shakllanishi bilan hamohang tarzda kechishidan dalolat
beradi. Aytish mumkinki, shaxsning kasbiy shakllanishidagi individual farqlar
mutaxassislarni kasbiy etuklikka erishishlarining turli imkoniyatlarini belgilab
beradi.
Mehnat sub’ektining kasbiy shakllanishi taraqqiyot jarayoni sifatida
mutaxassisning qator yakuniy natijalarga erishishi, ayniqsa, yuqori darajadagi
professionalizm,
malakaga,
kompetentlikka
va
etuklikka
egaligida
mujassamlashadi. Bu tavsiflarning har biri kasbiy shakllanganlikning o‘ziga xos
xususiyatlarini, shaxs taraqqiyoti darajasi va xususiyatlarini, eng asosiysi, bu
jarayonning natijalarini muhokama qilishda muhim ahamiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: |