Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Kasb tanlashga yo’llashning psixologik jihatlarini tushuntiring.
2. Kasb tanlashga yo’llashning mohiyati va mazmunini izohlab bering.
3. Kasb tanlashga yo’llash asoslari to’g’risidagi ta’limot, fan, texnika va ijtimoiy
taraqqiyot, kasbni to’g’ri tanlashning ahamiyati, kasbga bo’lgan qiziqishni
shakllantirish mazmunini tushuntiring.
4. Professiogramma nima?
5. Kasb qanday tanlanadi?
6. Kasblar tavsifi – professiogramma nimani bildiradi?
7. Kasb tanlashga yo’llashga qo’yiladigan talablar va xatoliklar qaysilar?
110
8. Psixologiyaning asosiy printsiplari va ularning kasb tanlash ishlaridagi
ahamiyati.
V. KASBLARNING PSIXOLOGIK TAVSIFI VA UNING MOHIYATI
Reja
1. Kasb tushunchasining mohiyati.
2. Kasblarni tizimlashtirish va kasb tipologiyasi.
3. Kasbiy shakllanish jarayonida shaxs taraqqiyoti.
1. Kasb tushunchasining mohiyati
Kasbshunoslik adabiyotida kasb tushunchasining tavsifi xilma-xil talqinda
keltiriladi. Jumladan, kasb-maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma’lum
bir sohada kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun nazariy bilimlar majmuasini,
amaliy ko’nikma va malakalarni egallagan, unga jismoniy imkoniyat, aqliy
qobiliyat va yuridik huquqlarni ta’minlovchi insoniy mehnat faoliyatining
(mashg’ulotining) turidir.
Lug’aviy jihatdan kasb yoki - kasb qilmoq kabi so’z va tushunchalar arab tilidan
kirib kelgan bo’lib, (kasaba) fe’lining o’zagi hisoblanadi. Arab tilidagi kasaba so’zi
qo’lga kiritmoq, ishlab topmoq, qozonmoq, biror ishni bajarmoq, qandaydir foyda-
manfaatga erishmoq, yutuqqa ega bo’lmoq kabi ma’nolarni anglatadi. Kasb bir xil
faoliyat bilan shug’ullanuvchi kishilarni birlashtiradi. Bu faoliyat ichida ma’lum
aloqalar va axloq normalari o’rnatiladi. E.A.Klimov o’z ishlarida kasb
tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi: “Kasb - jamiyat uchun zarur va qadriyatli
soha bo’lib bunda insondan jismoniy va ruhiy kuch talab etadi” bu kuchlar unga
sarflangan mehnat o’rniga yashashi va rivojlanishi uchun muhim vositalar omili
sifatida namoyon bo’ladi. Bu ta’rifni yanada batafsil yoritirib, kasb bu - kasbiy
faoliyatning sifatli tarixiy rivojlanuvchi tizim va shaxsning o’zini namoyon etish
sohasi deb ta’riflaydi.
111
V.G.Makushinning fikricha, kasb - bu shunday faoliyatki, uning yordamida
shaxs jamiyat hayotida ishtirok etadi va uning yashashi uchun moddiy vositalar
asosiy manbasi bo’lib xizmat qiladi. Mavjud ta’riflarni umumlashtirib, kasb
tushunchasiga quyidagicha zamonaviy ta’rif beramiz. Kasb mehnat faoliyatining
paydo bo’lgan shakli bo’lib, texnika va texnologiyalarning rivojlanishi jarayonida
mazmunan va shaklan o’zgarib boradi, ularni bajarish uchun inson albatta ma’lum
kasbiy kompetentsiyalarga, maxsus qobiliyatlar va muhim kasbiy sifatlarga ega
bo’lishlari kerak.
Kasbshunoslik nazariyasida “kasb” va “mutaxassislik” tushunchalari
farqlanadi. Kasb mutaxassislikka ko’ra kengroq tushuncha bo’lib, kasbiy
salohiyatida tashqari, uning muhim sifatlari - ijtimoiy - kasbiy salohiyat, kasbiy
avtonomiya, o’zini nazorat qilish, guruhli mezonlar va qobiliyatlar hisoblanadi.
Kasb odatda yaqin mutaxassisliklar guruhini birlashtiradi. Masalan, kasb shifokor;
mutaxassisliklar - terapevt, pediatr akulist, urolog, va hokazo. Kasb – muhandis;
mutaxassisliklari - konstruktor, texnolog, metallurg va hokazolar.
Mutaxassislik - kasbiy ta’lim, tayyorgarlik yo’li bilan ish jarayonidagi
maxsus bilimlar, ko’nikma va malakalar komplektsi bo’lib, ular u yoki bu kasb
doirasida ma’lum faoliyat turini bajarish uchun zaruriy hisoblanadi. Shunday qilib,
mutaxassislik - kasb ichdagi kasbiy faoliyat turi bo’lib, u shaxsiy yutuqlarga yoki
o’ziga xos vaziyatlar orqali umumiy natijalarga erishishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Kasb, mutaxassislik tushunchalari bilan bir qatorda ixtisoslik tushunchasi
xam keng qo’llaniladi. Ixtisoslik – birorta kasb doirasida ma’lum bir faoliyat turi
uchun maxsus tayyorgarlik va ish tajribalari bilan erishilgan zaruriy bilimlar,
ko’nikma va malakalar majmuasi.
Kasbga oid tadqiqotlarni yoritishda “kasbiy shakllanish”, “kasbiy
tayyorgarlik” kategoriyalarini tadqiq etish maqsadga muvofiq. Dastlab kasbiy
shakllanish jarayonining pedagogik jihatlarini shaxs rivojlanish jarayonidan farqlab
olishga e’tibor qaratildi.
Birinchi holatda, kasbiy shakllanish shaxs rivojlanish shakllaridan biri,
ikkinchidan esa, kasbiy shakllanish shaxsni rivojlantirish (mustaqil ta’lim va o’z-
112
o’zini rivojlantirish jarayonlarida) vositasida sifatida qaraladi. Har ikki jihat
o’rtasida «bir butun - qism» ko’rinishdagi tarbiya, ijtimoiylashuv kabilardan iborat.
Kasbiy shakllanish uchun nafaqat muayyan kasbga yoki faoliyat sohasiga qiziqish,
balki ushbu faoliyat turiga layoqatning mavjud bo’lishi ham talab etiladi.
O’rganilgan barcha metodik xarakterga ega bo’lgan ilmiy izlanishlar va
tadqiqotlarda kasbiy shakllanish ongli ravishda kasb tanlashda muhim ahamiyat
kasb etishi ta’kidlangan.
Ayrim mualliflar, shu jumladan, D.N.Arziqulov o’quvchilarining kasbiy
shakllanish jarayonini tabaqalashtirilgan ta’lim tizimining tarkibiy qismi sifatida
e’tirof etadi. Ushbu tadqiqotlarda kasbiy yo’naltirilganlikni shakllantirish
maqsadida tabaqalashtirilgan ta’limning tuzilmasi va mazmunini tashkillashtirish
muammolari, tabaqalashtirilgan ta’limning kasb tanlash motivatsiyasiga ta’siri
qarab chiqilgan.
Kasbiy faoliyatning samaradorligini shartlaridan biri mutaxassisning kasbiy
tayyorligi hisoblanadi. Kasbiy tayyorgarlik deganda uning ruhiyati va jismoniy
sog’lig’i hamda holati, undagi mavjud sifatlarning bajarayotgan faoliyati
talablariga mosligi darajasi tushuniladi. Mashhur rus psixologi K.K.Platonov
mutaxassisning kasbiy tayyorligi bu o’zining muayyan kasbiy faoliyatini
bajarishga qodir va tayyorgarlik ko’rgan deb hisoblovchi va uni bajarishga
intiluvchi shaxsning sub’ektiv holatidir - deb hisoblangan. Mutaxassisning kasbiy
tayyorligi murakkab ko’p darajali va ko’rinishli tizimli psixik shaklga ega bo’lib,
birinchi navbatda odamning shaxsiy ko’rinishi asosiy o’rin egallaydi. Shu bilan
birga, kasbiy tayyorgarlik mutaxassisda kerakli darajada jismoniy sog’liqni kasbiy
faoliyat uchun zarur bo’lgan jismoniy sifatlar shakllanganligi va rivojlanganligini
talab qiladi. Chunki har qanday kasbiy faoliyat insonning qandaydir kuch jismoniy
energiya sarflashini ko’zda tutadi. Mutaxassisning kasbiy tayyorgarligida ikkita
o’zaro bog’liq bo’lgan tomonlarni ko’rsatish maqsadga muvofiq. Bu o’zaro bog’liq
tomonlar psixologlar M.I.Dyachenko va A.M.Stolyarenkolar tomonidan ishlab
chiqilgan bo’lib ular quyidagilardan iborat:
113
1. Shaxsning kasbiy faoliyatga dastlabki salohiyatli tayyorligi
mutaxassisning bu tayyorligi quyidagilardan iborat bo’ladi, ya’ni, statik
komponentlar kasbiy faoliyatning psixik asoslari, bilim, ko’nikma, malakalar kasb
uchun muhim hisoblangan, shaxsning sifatlari uning munosabati, mazmun va
qadriyatlari, afzalliklari hamda umuman shaxsning zarur bo’lgan kasbiy
imkoniyatlari darajasi;
2. Shaxsning kasbiy faoliyatga bevosita ayni vaqtdagi tayyorligi. Mutaxassisning
kasbiy tayyorligining ushbu tomoni tezkorligi, o’zgaruvchanligi, har qanday holat
va sharoitda aniq masalalarni echish, mutaxassisning ruhiy va jismoniy holati,
jamoadagi ma’naviy psixologik muhitga bog’liqligi bilan ifodalanadi.
Mutaxassisning bevosita psixologik tayyorgarligi dastlabki tayyorgarlikni
faollashtirish natijasi sifatida ishtirok etadi. Mutaxassisning kasbiy faoliyatga
dastlabki salohiyatli tayyorligi bevosita ayni vaqtdagi tayyorligining asosi
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |