11
va jamoalarga ta’sir qilishning psixologik qonuniyatlarini o’rganish; ikkinchidan,
munosabatlarni mustahkamlash, muxandislik ishlarining samaradorligini oshirish
bo’yicha ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish kabi vazifalarni hal qiladi.
Kasbiy psixologiya fanining tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi.
1)
mulokot psixologiyasi;
2)
muxandislik psixologiyasi;
Kasbiy psixologiyaning tarkibiy qismlarini tizimlashtiradigan bo’lsak, u
quyidagi ko’rinishda bo’ladi.
–
Muxandislik psixologiyasi: muhandislik psixologiyasi avtomatlashtirilgan
boshqaruv tizimlari
operatorlarining faoliyatini,
odam-texnika o’rtasida
Kasbiy
psixologiya
fanining
boshqa fanlar
bilan aloqasi
umumiy
psixologiya
Ijtimoiy
psixologiya
Psixodiagnostika
Pedagogik
psixologiya
Yosh davrlar
psixologiyasi
Eksperimental
psixologiya
Qiyosiy
psixologiya
12
funktsiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyat- larini o’rganadi;
Muloqot psixologiyasi: Shaxs ijtimoiylashuvining biologik va ijtimoiy
omillari; «muxandis shaxsi» tushunchasi; ayrim toifadagi shaxslarning mulokati
tipologik tavsifi. Faoliyatda mulokat psixologiyasi,
Ijtimoiy psixologiya va kasbiy psixologiya o’rtasida farq qiluvchi tomonlar
ham mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
1)
kasbiy psixologiya fanining ko’lami ijtimoiy psixologiyaga qaraganda
torroq, chunki u kasbiy holatlar psixologiyasi bilan shug’ullanmaydi;
2)
kasbiy psixologiya fanida nazariyaga qaraganda amaliy holatlar ko’proq,
bu bevosita inson-texnika munosabatlari bilan bog’liq psixik jarayonlarning
o’ziga
xosligi bilan ifodalanadi;
3)
kasbiy psixologiya fanining ishlash metodlari aksariyat hollarda
«maxsuslik» xarakteriga ega;
4)
kasbiy psixologiyaning ish uslubi tezkorlik xususiyatiga ega;
5)
kasbiy psixologiya katta psixologik stress holatlarini ham
o’z
ichiga oladi;
6)
kasbiy psixologiya texnik muxandis xodimlarining psixologiyasini
shakllantirish va rivojlantirishi bilan ajralib turadi.
Kasbiy psixologiya fani ijtimoiy psixologiya kabi bir necha tarmoqlarga
bo’linadi. Bular:
1)
profilaktika faoliyati psixologiyasi;
2)
muxandislik faoliyati psixologiyasi;
3)
inson-texnika
munosabatlari psixologiyasi;
4)
kasbiy faoliyat psixologiyasi.
Kasb psixologiyasi psixologiya fanining mustaqil sohasi bo’lib u o’zining
tadqiqot predmeti va ob’ektiga ega. Shu jihatdan aynan u mehnat psixologiyasi,
muhandislik psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya
fanlarining ob’ekti va predmetidan farqlanadi. Mazkur farqlar jadvalda
qo’yidagicha ifodalaniladi: