3. Kasbiy psixologiya mutaxassislik fani sifatida
Kasbiy psixologiya fani ham ma’lum bir psixologik qonuniyatlarni
o’rganadi va ularni amalda qo’llash bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.
Psixologik qonuniyat u yoki bu ruhiy hodisani keltirib chiqaruvchi va
rivojlantiruvchi sabab bilan natijaning ichki bog’liqligidan iboratdir. Bunday
psixologik qonuniyatlardan biri ma’lum sharoitda u yoki bu ruhiy hodisaning
takror namoyon bo’lishidir. Psixologik qonuniyatlarni bilish – muayyan psixik
hodisani tushunish, oldindan ko’ra olish va ularni qayta tiklash imkonini beradi.
Shuningdek, muxandis xodimlariga fuqarolarning ruhiy faoliyatlari umumiy
xususiyatlarini chamalab ko’rishga, fikr yuritish va xulq-atvorlarini belgilashga,
ayniqsa, jinoyatchi shaxsining qilmishlarini ochish ishlarini tashkil qilishda
16
xatoga yo’l qo’ymasliklarida yordam beradi. Har bir xodim shaxsning individual
xususiyatlarini, sof tasodifiy holatlarni keltirib chiqaradigan boshqa narsalarni
hamisha o’rganib borishi va hisobga olishi shart. Psixologik qonuniyatlar
umumiy va juz’iy bo’lishi mumkin. Umumiy qonuniyatlar hamma shaxslarga
yoki ko’pchilikka aloqador bo’lishi mumkin. Masalan, hamma shaxslarda
sezgilarning intensivligi (tez, jadal) qo’zg’atuvchining kuchiga nisbatan
(o’rtacha kuchiga nisbatan) logarifma mutanosibligida o’sib boradi.
Juz’iy qonuniyatlar ba’zi yoshdagi kasb egalari va ba’zi toifadagi
shaxslarga xos qonuniyatlardir. Masalan, o’smirlarda abstrakt fikrlashning tezlik
bilan rivojlanishi hamma shaxslarga emas, faqat o’smirlarga xos bo’lgan juz’iy
qonuniyatdir. Psixologik qonuniyatlarni jiddiy o’ylab tashkil qilingan hamda
rejali ravishda olib boriladigan tekshirishlar orqali aniqlash mumkin. Qanchalik
murakkab bo’lishidan qat’i nazar, ko’pgina psixologik tekshirishlar mutaxassis
uchun tushunarlidir va ularni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish mumkin.
Psixologik qonuniyatlar jarayonini ba’zi asosiy bosqichlarga ham bo’lish
mumkin.
Masalaning qo’yilishi. Har qanday ilmiy-tekshirish ishlari kabi,
psixologiyada olib boriladigan ilmiy tekshirish ishlari ham nazariy va amaliy
ahamiyatga ega bo’lgan masalani aniqlashdan, shuningdek, bu masala fanda
qanchalik o’rganilganligini bilish uchun mazkur mavzuga oid adabiyotlarni
o’rganishdan boshlanadi.
Tekshirish metodikasini tanlash. Psixologik kuzatishlar turli metodlar
(bu metodlar haqida quyida batafsil fikr yuritiladi) bilan olib boriladi. Ishning
muvaffaqiyatli chiqishi ko’p jihatdan metodni tanlashga bog’liq bo’ladi.
Aniq ma’lumotlarni to’plash. Ma’lumotlar, I.P.Pavlov ta’biri bilan
aytganda, olim uchun go’yo havodek zarur narsadir. To’plangan ma’lumotlar
o’rganilayotgan muammoga mos kelishi zarur. Ilmiy ma’lumotlarga bo’lgan
asosiy talab – ularning to’liq va izchil bo’lishidir. To’plangan ma’lumotlar
o’rganilayotgan masalani har jihatdan tavsiflab berishi kerak.
Aniq ma’lumotlarni ishlash. To’plangan ma’lumotlarni matematik va
17
mantiqiy jihatdan ishlab chiqish umumiylikni, tipiklikni topish va ularni
tasodifiy materiallardan ajratish imkonini beradi. Bunda to’plangan
materiallarning o’rtacha miqdori (arifmetik, kvadrat va h.k.), foizi va boshqalar
aniqlanadi, songa oid ma’lumotlar jadvallarga joylashtiriladi, grafik, diagramma
ko’rinishlarida aks ettiriladi. Murakkab mutanosiblikdagi ma’lumotlarni
aniqlashda esa variatsion statistika metodlari qo’llanadi.
Qonuniyatning ifodalanishi. Bu tekshirishning eng qiyin va mas’uliyatli
bosqichi hisoblanadi. Chunki bu bosqichda ma’lumotlarning mohiyatini chuqur
tushunish, ularning o’zaro bog’liqlikni hisobga olish kerak bo’ladi, binobarin,
bitta ma’lumotdan turlicha xulosa chiqarish mumkin. Ko’pincha chiqarilgan
xulosalar taxminiy xususiyatga ega bo’lib, keyingi tekshirishlar, aniqlashlar
uchun asos bo’ladi.
Qonuniyatni amalda qo’llash. Aniqlangan qonuniyat ma’lum bir
amaliyot sohasida, masalan, ishlab chiqarish jarayonida insoniy munosabatlar
psixologiyasini o’rganishdan to’plangan tajriba keyingi jarayon uchun kerak
bo’ladi. Ko’pgina xodimlar amaliy faoliyatlarida hamisha shaxsiy hamda
boshqalarning tajribalarini umumlashtiradilar. Lekin, shunday bo’lsa ham, har
holda bunday umumlashtirishlar ilmiy jihatdan etarli asoslangan bo’lmaydi,
boshqacha qilib aytganda muhim aniqlik va teranlik bilan ajralib turmaydi.
Kasbiy psixologiya fani o’rganishi kerak bo’lgan qonuniyatlarni quyidagi
uch guruhga ajratish mumkin:
- Texnik muxandis xodimlarning shaxsi va ish faoliyati bilan bevosita
bog’liq bo’lgan psixik qonuniyatlar;
- Faoliyat turi bo’yicha shaxsning psixikasini o’rganishga qaratilgan
psixologik qonuniyatlar.
Hozirgi kunda o’zbek psixolog olimlari ushbu muammolar ustida ilmiy
izlanishlar olib bormoqdalar.
Kasbiy psixologiyaning o’ziga xos printsiplari mavjud. Har qanday usulda
o’tkaziladigan psixologik tekshirishlar qator tamoyillarga rioya qilishni talab
18
etadi. Masalan: sub’ektiv (psixologik) asosga nisbatan ob’ektiv (moddiy)
asosning birlamchiligi, psixikaning taraqqiyotida faoliyatning etakchilik roli,
psixik hodisalarning o’ziga xos bog’liqligi tamoyili, psixologik faoliyatni
o’rganishda ob’ektivlik tamoyili, nazariya bilan amaliyotning bog’liqligi
tamoyili
Sub’ektiv asosga nisbatan ob’ektiv asosning birlamchiligi tamoyili psixika
moddiy bo’lmasa ham moddiylikdan ayri holda yashay olmasligidan kelib
chiqadi. Shaxsni o’rganishda biz psixik faoliyatning ko’plab tashqi
ko’rinishlariga duch kelamiz. Ulardan asosiylari:
–
og’zaki va yozma nutq. Psixolog uchun shaxsning o’zi (shaxsiy hisobot
ma’lumotlari) haqidagi mulohazalari g’oyat muhim hisob- lanadi. Nutq orqali
shaxslarning fikrlari, hissiyotlari, qarash- lari, intilishlari, bilimi va boshqalar
haqida xulosaga kelish mumkin;
–
shaxs faoliyatining mahsuli. Shaxslar psixikasi haqida ularning o’z
qo’llari bilan yasagan buyumlar, asbob-uskunalar, turli yasamalar, rasmlar va
boshqalar aniqroq ma’lumot beradi;
- psixik faoliyatning tashqi ko’rinish va tanada namoyon bo’lishi. Bu ko’z
qarashining ma’nodorligi, yuz mimikasi, imo-ishora, nafas olish va qon
aylanishining o’zgarishi, miya elektr faolligining o’zgarishi va hokazo.
Shuni ham ta’kidlab o’tish zarurki, bunday holatda faqat psixikaning tashqi
namoyon bo’lishigina emas, balki psixikaning o’zi tashqi namoyon bo’lishiga
qarab ham o’zgaradi. Bu fanda determenizm tamoyili deb nomlanadi.
Psixikani tashqi namoyon bo’lish shakli orqali o’rganish vositali bilish
deyiladi. Psixologiya fani tarixida uzoq yillarga qadar psixikani o’rganishning
asosiy metodi sifatida o’z-o’zini kuzatish (introspektsiya) metodidan foydalanib
kelingan. Biz o’z ichki dunyomizni bevosita his qilamiz. Psixologiya uchun o’z-
o’zini kuzatish metodi o’ta qulay tuyuladi. Lekin masalaga bunday qarash
xatodir, chunki o’z-o’zini kuzatish ko’pincha umumiydan oddiy yoki tasodifiyni
farqlash imkonini bermaydi, psixik faoliyat jarayonini noto’g’ri ko’rsatadi.
19
Psixika taraqqiyotida faoliyatning etakchi o’rin tutishi tamoyili inson
psixikasining mehnatda yuzaga kelishi va faoliyatda tarkib topishidan kelib
chiqadi. Shunga ko’ra, psixikani kishining amaliy faoliyatidan ayri holda
o’rganish mumkin emas.
Psixik hodisalarning o’zaro bog’liqlik tamoyili bizning ichki dunyomiz
yagona, bir butun ekanligidan, ma’lum shart-sharoitlarda shakllangan, muayyan
shaxslarga xos miyaning mahsuli ekanligidan kelib chiqadi. Shu jihatdan
shaxslarning ayrim tomonlarini, uning psixikasini o’rganishning o’zi asosiy
maqsad bo’lib qolmasligi kerak. Har bir tekshirishda biror psixik hodisaning
boshqa psixik hodisalar bilan uzviy aloqasini va ta’sirini hisobga olib, inson
texnika munosabatlarida tadqiq etish lozim bo’ladi.
Psixik faoliyatni o’rganishda ob’ektivlik tamoyili boshqa tekshiruvchilar
qatori psixologdan ham hodisaning aniq tafsilotlarini o’rganishni, real holatni
ifodalamaydigan shoshilinch umumlashtirish va xulosalarga yo’l qo’ymaslikni
talab qiladi.
Nazariya bilan amaliyotning bog’liqligi tamoyili nazariya amaliyot uchun
asos ekanligini, u o’z qobig’iga o’ralib olmasdan amaliyot uchun yangi-yangi
yo’nalishlar ko’rsatishni anglatadi.
Kasbiy psixologiya fanining bu tamoyillari birgalikda qo’llaniladi va ular
har bir aniq psixologik metodning asosini tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |