37
Muxandis xodimlar kasbiy kuzatuvchanlikni rivojlantirishda quyidagilarni
e’tiborga olishi zarur:
– kuzatuvdan oldin o’rganilayotgan shaxs, narsa yoki hodisa haqida to’liq
tasavvurga ega bo’lish;
–
vazifani aniq maqsad asosida belgilab olish (xayolan bo’lsa-da) va
kuzatuv rejasi hamda tartibini tuzish;
–
kuzatilayotgan ob’ektda nafaqat
topilishi kutilgan narsani, balki uning
teskarisini ham izlash;
–
kuzatish predmetini qismlarga bo’lib o’rganish bilan birga, butun
jarayonni kuzatishni esdan chiqarmaslik;
–
bir martalik
kuzatishga ishonmaslik, ob’ektni turli nuqtai nazar va turli
vaziyatlarda tekshirish;
–
kuzatish davomida har bir elementga nisbatan «nega?», «nima uchun?»
kabi savollar qo’yish, o’z fikr va xulosalari asosida taxmin qilish;
–
kuzatuv ob’ektlarini solishtirish, ularni bir-biriga qara- ma-qarshi qo’yish
va ulardagi o’xshash hamda farq qiluvchi tomon- larni topish;
–
kuzatish natijalarini ushbu predmet haqida ma’lum bo’lgan ma’lumotlar
bilan qiyoslash;
–
kuzatish natijalarini aniq ifodalash
va tegishli shaklda qayd etish;
–
kuzatishga turli mutaxassislarni jalb etish, kuzatish natijalarini
solishtirish va hamkasblari bilan muhokama qilish;
Kasbiy kuzatuvchanlikni rivojlantirishning muhim yo’nalishi omili tegishli
psixologik qonuniyatlarga asoslangan kasbiy kuzatish
texnikasini egallash
sanaladi.
Dostları ilə paylaş: