Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z


Sezgi va uning muxandis xodimlar faoliyatida tutgan o’rni



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   101
2 5208751846268607301

Sezgi va uning muxandis xodimlar faoliyatida tutgan o’rni. Sezgi oddiy 
psixik jarayon bo’lib, u moddiy olamdagi narsa va hodisalarning ayrim 
xususiyatlari aksidan, shuningdek, moddiy qo’zg’atuvchilar tegishli 
retseptorlarga bevosita ta’sir etganda organizmda hosil bo’ladigan ichki 
holatlardan tarkib topadi. Materiya bizning sezgi, irodalarimizga ta’sir etib, sezgi 


38 
hosil qiladi. Sezgi a’zolari axborotni qabul qilib oladi, saralaydi, jamlaydi va 
miyaga etkazib beradi. 
Sezgi a’zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib keladigan yagona 
yo’llaridir. Sezgilar mohiyatiga ko’ra ob’ektiv olamning sub’ektiv siymosi 
hisoblanadi. Lekin sezgilarning hosil bo’lishi uchun organizm moddiy 
qo’zg’atuvchining tegishli ta’siriga berilishi kifoya qilmaydi, balki 
organizmning o’zi ham qandaydir ish bajarishi darkor. 
Kishining hayoti va faoliyatida sezgilarning roli juda katta. Chunki, ular 
bizning olam haqidagi va o’zimiz to’g’rimizdagi bilimlarimiz manbai 
hisoblanadi. Inson tevarak atrofda sodir bo’layotgan voqea-hodisalar haqida 
hamisha axborot olib turishi kerak. 
Shu ma’noda, sezgilar ma’lum bir qo’zg’atuvchining muayyan re- tseptorga 
ta’siri natijasida hosil bo’lgani uchun ham sezgilarning tasnifi ularni hosil 
qiladigan qo’zg’atuvchilarning va ana shu qo’zg’atuvchilarga ta’sir qiladigan 
retseptorlarning xususiyatlariga asoslanadi. 
Sezgilarning Arastu tomonidan alohida ajratib ko’rsatilgan turlari 
mavjuddir: 
– 
ko’rish; 
– 
eshitish; 
– 
hid bilish; 
– 
badanning tegishli a’zolari orqali sezish; 
– 
ta’m bilish. 
Sezgilar ma’lum bir qo’zg’atuvchining muayyan retseptorga ta’- siri 
natijasida hosil bo’lgani uchun ham sezgilarning tasnifi ularni hosil qiladigan 
qo’zg’atuvchilarning va ana shu qo’zg’atuv- chilar ta’sir qiladigan 
retseptorlarning xususiyatlariga asosla- nadi. 
Aks etish xususiyatiga va retseptorlarning joylashgan o’rniga qarab 
sezgilar, odatda, uch guruhga ajratiladi: 
1. 
Tashqi muhitdagi narsalar va hodisalarning xususiyatlarini aks 


39 
ettiradigan hamda tananing yuzasida retseptorlari bo’lgan ekstrotseptiv sezgilar. 
2. 
Tananing ichki a’zolarida va to’qimalarida joylashgan hamda ichki 
a’zolarning holatini aks ettiradigan retseptorlarga ega bo’lgan interotseptiv 
sezgilar. 
3. 
Retseptorlari mushaklarda va paylarda o’rnashgan proprio- tseptiv 
sezgilar, ular gavdamizning harakati va holati haqida axborot berib turadi. 
Ekstrotseptivlarni ikki guruhga, ya’ni aloqa bog’laydigan kontakt va distant 
retseptorlarga ajratamiz. Aloqa bog’laydigan retseptorlar ularga ta’sir qiladigan 
ob’ektlar bilan bevosita aloqa bog’lagan paytda qo’zg’aydi; badanning tegishli 
a’zolari orqali sezish, ta’m bilish retseptorlari shular jumlasidandir. Distant 
retseptorlar uzoqdagi ob’ektdan keladigan qo’zg’atishdan ta’sirlanadi; distant 
retseptorlarga ko’rish, eshitish, hid bilish retseptorlari kiradi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin