44
ta’siri kuchli bo’ladi. Kuchli hissiyot ta’sirida axborot esda yaxshi saqlanadi.
Voqea-hodisalar
his-tuyg’ularni
qo’zg’atsa
(ya’ni
kechirilgan
hissiyotlarning qayta-qayta qo’zg’alishi natijasida), fikr
yuritish qobiliyati yoki
aqliy faoliyat yanada faollashadi.
«Shaxs ongidagi qabul qilingan yoki qabul qilinmagan axborotlar ko’p
hollarda ahamiyatga ega bo’lmay qolganda turli muddat ichida yoddan
ko’tarilishi kuzatilgan. Bu holat axborotning shaxs faoliyatidagi ahamiyati bilan
emas, balki hayoti yoki faoliyatida vujudga kelgan yangi sharoitlar, o’zgarishlar
bilan bog’liq bo’lib, uning birlamchi ahamiyatini susaytirib yuborishi mumkin»
4
.
Xotiraning idrok qilinishi ongda saqlanish muddatiga qarab qisqa va uzoq
muddatli bo’lib, ularning ishlash mexanizmi ham turlicha bo’ladi. Har qanday
voqea-hodisa, avvalo,
birlamchi qisqa muddatli xotira blokiga tushadi.
Ishlatilish ahamiyatiga qarab uzoq
muddatli xotira blokiga o’tishi mumkin.
Aks etish – reverbatsiyaning davomiyligi (30–50 daqiqa)
miyaning asab
katakchalarida turg’un o’zgarishlarni qo’zg’atadi. Bu jarayon uzoq muddatli
xotira mexanizmi hisoblanadi
5
.
Eslash va eslashga harakat qilish bir-biridan ajralgan jarayonlar emas. Bir
tomondan, eslashga harakat qilish dastlabki ma’lumotlarni tiklash bo’lsa,
ikkinchi tomondan, natijadir. Eslashga harakat qilish fikrni erkin hikoya, bayon
qilish natijasida vujudga keladi. Shuni unutmaslik kerakki, zaruratsiz guvoh,
jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining fikrini chalg’itmaslik,
savol berib gapini bo’lmaslik, hikoyasini uzmaslik zarur. Miyaning muhrlangan
latent qobiqni faollashtirish uchun so’roqni erkin bayondan boshlash lozim.
Esdan chiqarish eslash va esda olib qolish jarayonining aksi bo’lib,
normal
fiziologik hodisa hisoblanadi. Agar xotiradagi barcha ma’lumotlar inson ongiga
qalqib chiqsa, samarali tafakkur bo’lmaydi.
Inson faqat iroda kuchi yordamidagina aynan
kerakli manba- larni eslay
4
Dostları ilə paylaş: