Tafakkur va uning muxandis xodimlar faoliyatida tutgan o’rni.
Tafakkur atrof-muhitdagi voqealikni nutq yordamida bevosita, umumlashgan
holda aks ettiruvchi psixik jarayon, sotsial sababiy bog’lanishlarni anglashga,
yangilik yaratish va bashorat qilishga yo’naltirilgan aqliy faoliyatdir
8
.
Insonning bilish faoliyati voqealikni, narsa va hodisalarni sezish va idrok
7
Ғозиев Э. Тафаккур психологияси. – Т., 1990, – 15-б.
8
Теплов Б. М. Проблемы индивидуальных различий. – М., 1998.– С. 328.
52
qilishdan boshlanadi, so’ngra asta-sekin tafakkurga, fikr yuritishni aqliy yo’l
bilan aks ettirishga o’tadi.
Tafakkur jarayonida inson hissiy bilish qobig’idan tashqari chiqib, sezgi va
idroklarda bevosita aniqlash imkoniyati mumkin bo’lmagan murakkab holatlarni
anglay boshlaydi. Insonning bilish faoliyatida sezgi, idrok, tasavvur obrazlari
bilan tafakkur uzluksiz bir-birlarini boyitib turadi.
Tafakkur boshqa psixik jarayonlardan ajralgan holda rivojlanishi mutlaqo
mumkin emas. Shuning uchun shaxsning tafakkuri rivojlanishi bilan birga nutq
faoliyati ham o’sadi. Bu esa shaxsda o’z fikrini to’g’ri, aniq ifodalash
malakasini tarkib toptiradi,
nutqining tuzilishini takomillashtiradi va lug’at boyligini oshiradi.
Muxandis faoliyatida tafakkur kasbiy masalalarni echishga oid holat va
hodisalarning mohiyatini tez anglash, turli tuman axborotlar ichidan zarurini
ajratib olish, ular o’rtasidagi farq va tafovutlarni oson aniqlash, ko’pchilik ilg’ay
olmaydigan mayda narsalarni ko’rish bilan ularni turli harakat, shakllarda
obrazlashtirish, jonlantirishda namoyon bo’ladi.
Muxandis xodim oldida turgan vazifalarni hal etishi uchun uning kasbiy
tafakkurini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Idrok va tasavvurda aks etadigan
narsa tafakkurda taqqoslanadi, tahlil qilinadi va umumlashtiriladi.
Umumiy psixologiya asoschilari talqinida esa tafakkur voqelikning
umumlashtirilgan, bevosita, to’liq hamda eng aniq ifodasi hisoblanadi.
Tafakkur, xususiyatiga ko’ra, shaxs faoliyatida vujudga kelgan muammo va
masalalarni hal qilishga yordam beradi, muammoning echimini topish bilan bir
qatorda, muammoli vaziyatga aloqador narsa va hodisalarning noaniq
xususiyatlari, ayni vaziyatdagi munosabatlariga ham aniqlik kiritadi. Tafakkur
yuritishdan ko’zlangan asosiy maqsad muayyan vaziyatdagi turli munosabatlar,
holatlar yuzasidan avval alohida, so’ngra umumlashtirilgan holda olingan
manbalarni o’zaro solishtirish orqali masalaga oydinlik kiritish usullarini ongda
53
shakllantirishdir
9
.
Kasbiy tafakkur nafaqat harakatga keltirish zarur bo’lgan aqliy imkoniyat,
balki inson omilini faollashtirish qurolidir. Shu nuqtai nazardan,
muxandisxodimlarining kasbiy tafakkuri deganda, o’z xizmat vazifalarini
bajarishlarida muhim ahamiyat kasb etadigan voqea, hodisa va holatlardagi
umumiylikni ko’ra olish, analiz va sintez qilish, taqqoslash, asoslash va tax-
miniy xulosalar chiqarish jarayoni tushuniladi.
Kasbiy rivojlangan tafakkur xodimning muhim xislati bo’lib, narsalar,
odamlar va ularning xatti-harakatlaridagi muhim jihatlarini bilish, ular
o’rtasidagi qonuniyatli aloqalarni topish qobiliyatida namoyon bo’ladi.
Xodimning tafakkuri murakkab tezkor xizmat vazifalarini bajarish, amaliy
muammo- larni hal etishning yangi yo’llarini topish qobiliyati.
Kasbiy tafakkurni faollashtirishning asosiy usullari quyi- dagilardan
iborat
10
.
Kasbiy vazifani tushunish usuli. Dastlab umumiy vazifani oddiy vazifalarga
bo’lish zarur. Ishning tafsilotlari, ikir- chikirlariga e’tibor berish, hech narsani
nazardan qochirmaslik, vazifani bajarishning bir necha variantlariga ega
bo’lishga harakat qilish kerak.
Masalaning echimini topish usuli. Avvalo, izlanishning dast- labki nuqtasi
ajratib olinadi, bunda izlash chegaralari aniqlanadi va tartibga solinadi. Izlash
yo’nalishlari tanlanadi, uyg’unlashtiriladi va qayta ko’rib chiqiladi.
Tekshirilayotgan hodisaning manzarasini fikran shakllan- tirish usuli.
Xodimdan umumiy manzara va undagi elementlarning obrazli ishlovini amalga
oshirish hamda shu asosda tekshi- rilayotgan hodisaning qolipi (sxemasi)ni
shakllantirish talab etiladi (bu tezkor yoki taxminlar (timsollar) shaklida amalga
oshirilishi mumkin). Hodisaning elementlari o’rtasidagi aloqalarni ko’rib chiqish
va ishlash, ularni bir butun ko’rinishga birlashtirish hamda asosiy bo’g’inni
9
Рубинштейн С.Л. О мышлении и путях его исследования. – М., 1999. – С. 14.
10
Рубинштейн С.Л. О мышлении и путях его исследования. – М., 1999. – С. 14.
54
topish zarur.
Tafakkurni yo’naltirish usuli tadqiq etilayotgan vaziyatda ruhiy yo’nalish
olish (masalan, gumon qilinuvchining xatti-harakatlari motivlarini tushunishga
harakat qilish), shuningdek psixologik tahlil o’tkazish va uning asosida
vaziyatning bundan keyingi rivojlanishini bashorat qilishdan iborat. Ba’zi
murakkab vaziyatlarda refleksiya usulidan, ya’ni raqib nuqtai nazaridan
mulohaza qilishdan foydalaniladi.
Tafakkur jarayonida nazoratni kuchaytirish usuli. Xodim o’zini nazorat
qilishning so’zda ifodalangan formulalaridan («Men buni qanday qilib bajara
oldim?», «Nima uchun men bunday xulosaga keldim?» va h.k.) foydalangan
holda tekshirib turishi zarur. O’z xulosalari va baholarida sub’ektivlikka yo’l
qo’ymas- likka, shaxsiy moyillik va xusumatni yo’q qilishga harakat qilishi
kerak.
Tafakkurni shakllantirish usullari:
1)
mustaqil fikr yuritish, javobgarlik hissini anglash kabi shaxsiy
xususiyatlarni rivojlantirish;
2)
kasbiy masalalarni hal qilishda talab etiladigan bilim, ko’nikma va
tajribani egallashga harakat qilish;
3)
kasbiy masalalarni hal qilishda talab etiladigan bilim, ko’nikma va
tajriba egallashga harakat qilish;
4)
bir-biriga qarama-qarshi fikrlar chigalini echish, qiyin, mavhum
vaziyatlarda echim topish mashqlarini mukammallashtirish;
5)
mantiqiy
fikrlash,
tafakkur
operatsiyalar
mohiyatini anglash, masalani echishdagi g’ayritabiiy usullar bilan
tanishish;
6)
aqliy imkoniyatlarni takomillashtirish.
Dostları ilə paylaş: |