Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z


  Muxandis xodimlar faoliyati samaradorligini oshirishda hissiy-irodaviy



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   101
2 5208751846268607301

4. 
Muxandis xodimlar faoliyati samaradorligini oshirishda hissiy-irodaviy 
va shaxsiy fazilatlarning o’rni 
 
Muxandis xodimlar kasbiy faoliyatlarida turli voqea-hodisalarga nisbatan 
muayyan munosabatlarini bildirib, u yoki bu tarzda hissiyotlarini namoyon 
etadilar. Xodim psixolo- giyasida namoyon bo’ladigan bunday ruhiy holatlar 
voqealikda sodir etilgan hodisalar ta’siri natijasidir. Bu esa, o’z navbatida, 
xodimning o’ziga xos individual psixologik xususiyatlarini bildiradi va u 
haqidagi birlamchi tasavvurlarni bilishga yordam beradi. 
Jahon psixologiyasida «hissiyot» bilan «emotsiya» atamalari bir xil 
ma’noda ishlatiladi. Lekin ularni aynan bir xil holat deb tushunish noto’g’ridir. 
Odatda, tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo’ladigan his-tuyg’ularni ichki 
kechinmalarda ifodalanishdan iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq 
shaklini emotsiya deb atash maqsadga muvofiqdir. Masalan, ranglarning 
o’zgarishi, yuzlarning tabassumi, lablarning titrashi, ko’zlarning yarqirashi, 
kulgi, yig’i, g’amginlik, ikkilanish, sarosima va boshqalar emotsiyaning 
ifodasidir. Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, mas’uliyat, vijdon, mehr-oqibat, 
sevgi-muhabbat singari yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish g’ayritabiiy 
hisoblanadi. Ularning eng muhim farqi shundaki, biri (hissiyot) ijtimoiy, 
ikkinchisi (emotsiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi. 


57 
Shu ma’noda hissiyot shaxs hayotiy faoliyatining muhim jabhasi bo’lib, 
inson emotsional holatining rang-barangligi, ko’p qirraligini bildiradi. Hissiy ton 
(tus) (yunoncha «tonos» – zo’riqish, urg’u berish ma’nosini bildiradi), 
emotsiyalar (lotincha «emovere» – qo’zg’atish, hayajonlash demak),
affektlar (lotincha «affectus» – ruhiy hayajon, shijoat, ehtiros ma’nosini 
anglatadi), stress (inglizcha «stress» – zo’riqish degani), frustratsiya 
(frustratsion – rejalarning barbod bo’lishi, maqsadga erisha olmaslik) va 
kayfiyat kabi tushunchalar shular jumlasidandir. 
Kishi idrok etishi, xotirlash, xayol surish va fikrlash jarayonlarida faqat 
voqealikni bilib qolmay, balki hayotdagi u yoki bu narsalarga qaysidir ma’noda 
munosabat bildiradi, ularga nisbatan u yoki bu tarzda hissiyotlar paydo bo’ladi. 
Hissiyot – kishining hayotida yuz berayotgan voqealarga yoki nima bilan 
mashg’ul bo’layotganiga nisbatan o’ziga turli shaklda bildiradigan ichki 
munosabati. 
Ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmasligi kishida turli xil o’ziga xos 
kechinmalarni: emotsiya, affekt (hissiy bo’ronlar), kayfiyat, kuchli 
hayajonlanish (stress) holatlarini va his- tuyg’ularni hosil qiladi. 
Hissiyot aksariyat hollarda ruhiy jarayonning o’ziga xos ko’rinish sifatida 
faqat emotsional shaklda vujudga keladi. Shu o’rinda hissiyot o’zicha emas, 
balki bilishga intilayotgan, uni egallayotgan shaxsda ma’lum munosabatni 
namoyon qiluvchi narsalar, hodisalar va harakatlarning alohida xossasi, 
xususiyati ma’nosida gavdalanadi. Shuni alohida ta’kidlash o’rinliki, ko’rish, 
eshitish, hidlash, kinestetik (harakat) sezgi hamda idrokka taalluqli hissiyot 
muhim ahamiyatga ega. Masalan, xonalar, ish joyi, transport vositalarining rangi 
taassurotidan vujudga kelgan yoqimli yoki yoqimsiz hissiyot mehnat 
samaradorligiga, xizmatchilarning kayfiyatiga sezilarli ta’sir o’tkazadi. 
Xotirjamlik, yoqimli musiqa, shaxslararo iliq munosabatlar, muomala, ahillik 
muvaffaqiyat kafolati, ijtimoiy taraqqiyot omili hisoblanadi. 
Emotsiya. Emotsional jarayonlar, holatlar yoki, qisqacha aytganda, 
emotsiya hissiy kechinmalarning o’ziga xos shakllaridan biri. Emotsiya u yoki 


58 
bu hissiyotning inson tomonidan bevosita kechirilishi (kechishi) jarayonidan 
iborat. Masalan, shaxs tomonidan musiqani sevish emotsiyani vujudga 
keltirmaydi, balki buning uchun musiqani eshitish, ijrochi mahoratiga tasanno 
aytish, undan hayajonlanish yoki asar ijrosi yoqmasa, g’azabli hissiy kechinma 
hosil bo’lishi ijobiy yoxud salbiy emotsiya deyiladi. Qo’rqinch, dahshat hissiy 
kechinma sifatida ob’ektlarga shaxsning munosabatini aks ettirib, turlicha 
shaklda namoyon bo’lishi mumkin: odam dahshatdan qochadi, qo’rquvdan 
serrayib qoladi, o’zini idora qila olmay har tomonga uradi, hatto, xavf-xatarga 
ham o’zini tashlashi mumkin. 
Ba’zi holatlarda emotsiya ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. U xatti-
harakatga, fikr-mulohaza bildirishga turtki beradigan kuch bo’lib, shijoatni 
oshirib yuboradi va bu holat stenik hislar deb ataladi. Boshqa bir holatda 
emotsiya (astenik deb atalmish emotsiyalar) faollikning sustligi yoki loqaydligi 
bilan ajralib 
turadi, his-tuyg’ularning boshdan kechirilishi kishini bo’shashti- rib yuboradi. 
His-tuyg’ular hissiyot (emotsiya), kayfiyat, kuchli hayajonlanish tarzida 
boshdan kechirilishi chog’ida ma’lum darajada seziladigan tashqi belgilarga ham 
ega bo’ladi. Masalan, yuzlarning ifodali (mimika), qo’l va gavdaning ma’noli 
harakatlari, turq-tarovat, ohang, ko’z qorachiqlarining kengayishi yoki torayishi 
kabilar shular jumlasiga kiradi. Bu ifodali harakatlar ba’zan shaxsga o’ziga o’zi 
hisob bermagan tarzda yuz bersa, boshqa bir holatda ongning nazorati ostida 
sodir bo’ladi
11

Affekt (hissiy portlash) – kishini tez chulg’ab oladigan va shiddat bilan 
o’tadigan jarayon. U ongning anchagina o’zgarganligi, xatti-harakatlarni nazorat 
qilishning buzilganligi, odamning o’zini o’zi idrok qila olmaslik, shuningdek, 
shaxsning hayoti va faoliyati o’zgarib qolganligi bilan ajralib turadi. Affekt 
holatida birdaniga katta kuch sarf qilinishi sababli ham u qisqa muddatli bo’ladi. 
Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy hayajonlanishni ifoda etsa, affekt bo’rondir. 
11

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin