42
baholash mumkin.
Xotiraning esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari sodir
bo’ladigan faoliyatning xususiyatlariga bog’liqligi xotiraning har xil turlarini
ajratish uchun umumiy asos bo’lib xizmat qiladi. Bunda xotiraning ayrim turlari
uchta asosiy mezonga muvofiq tarzda bo’linadi:
1)
faoliyatda ko’proq sezilib turadigan psixik
faollikning xususiyatiga
qarab xotira harakat, his-hayajon, obrazli va so’z-mantiqli turlarga bo’linadi;
2)
xotira faoliyatning maqsadi, xususiyatiga ko’ra
ixtiyorsiz va ixtiyoriy
turlarga bo’linadi;
3)
materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga
ko’ra (uning faoliyatdagi roli va tutgan o’rniga bog’liq ravishda) xotira qisqa
muddatli, uzoq muddatli va operativ turlarga bo’linadi.
Shu o’rinda xotirani mustahkamlashning quyidagi sakkizta qonunini eslab
qolish tavsiya etiladi:
Anglanganlik qonuni. Oddiy, lekin murakkab qonun, ya’ni
berilgan
materialni qanchalik chuqur anglasak, shunchalik uni xotirada mustahkam
muhrlagan bo’lamiz.
Qiziqish qonuni. Anatol Frans «Bilimlarni yaxshi hazm qilish uchun uni
ishtaha bilan yutish kerak» deganda, albatta, materialga
jonli qiziqish bilan
munosabatda bo’lishimiz va uni yaxshi ko’rishimiz kerakligini nazarda tutgan.
Ilgarigi bilimlar qonuni. Ma’lum mavzu yuzasidan bilimlar qanchalik ko’p
bo’lsa, yangisini esda saqlab qolish shunchalik oson bo’ladi. Masalan, ilgari
o’qigan biror kitobni qaytadan o’qib, uni yangidan o’qiyotganday his qilsangiz,
siz ilgarigi tajribangizni his qilishingiz mumkin. Demak, eski bilimlar tajribaga
aylangandagina yangilariga zamin bo’la oladi.
Eslab qolishga tayyorgarlik qonuni. Biror materialni eslab qolishdan avval,
bo’lg’usi aqliy ishga qanday hozirlik ko’rgan bo’lsangiz,
shunga mos tarzda
eslab qolasiz. Agar materialni mutaxassis bo’lishim uchun juda kerak deb,
muhimligini anglasangiz, u narsa xotirada muqim saqlanadi.
Assotsiatsiyalar qonuni. Bu qonun haqida eramizdan avval Arastu ham
43
yozgan.
Qonunning mohiyati shundaki, bir vaqtda shakllangan tasavvurlar
xotirada ham yonma-yon bo’ladi. Masalan, muayyan xona o’sha erda ro’y
bergan hodisani ham eslatadi.
Dostları ilə paylaş: