Kasbiy diqqat yaxshi shakllangan ixtiyoriy diqqatning anglanganligi va
keragicha boshqarish imkoniyatining mavjudligi bilan ajralib turuvchi va nima,
qachon, qaerda hamda nimaga diqqatni qaratish kerakligini belgilab beruvchi
jarayon hisoblanadi. Kasbiy diqqatning yaxshi rivojlanganligi uning maqsadli va
mohirona yo’naltirilganligi bilan belgilanadi. Diqqatni bir joyga jamlash va uni
to’g’ri yo’naltirishda quyidagi omillarni hisobga olish zarur:
35
–
ish jarayoniga xos va mos sharoitni yaratish, ya’ni ish joyini
saranjomlash, yorug’likka qulay joylashib olish;
–
muayyan vazifani bajarish uchun psixologik tayyorgarlik ko’rish;
–
aqliy tayyorgarlik, zarur adabiyotlardan foydalanish, tajriba orttirish,
aqliy faoliyat yuritish uchun qulay vaqtlarni hisobga olish (tongi soat 5 dan 11
gacha, kunduzgi soat 16 dan kechki 20–24 gacha aqliy faoliyat unumdorligi
yuqoriligini kuzatish mumkin).
Muxandis xodimning kasbiy faoliyatida diqqatning asosiy xususiyatlari
(taqsimlanishi, tarqoqligi, barqarorligi, tez o’rin almashishi) ham o’zisha xos
ahamiyat kasb etishi, ya’ni sodir bo’lgan voqea-hodisalarning zarur tomonlarini
o’rganish va aniqlik kiritishda, jinoyatchi shaxsning psixik holatini kuzatishda qo’l
kelishini anglab etish lozim. Masalan, diqqatning hajmi 7–12 ta ob’ektni to’liq
qamraydi, barqarorligi 10–12 daqiqa to’liq saqlanadi, bir soniya ichida diqqatni 3–
4 marotaba ko’chirish mumkin.
Diqqatni kuchaytirish usullari:
– javobgarlik hissini sezish, faoliyat samaradorligini belgilovchi ahamiyatli
tomonlarni hisobga olish;
–
muayyan xatti-harakatlarni amalga oshirishda irodaviy kuchga tayanish;
–
ob’ektni «e’tibor bilan kuzat», «yaxshilab qara», «yana bir bor tekshir»
kabi diqqatni kuchaytiruvchi buyruqlarni berish;
–
salbiy hissiyotlarni kuzatish jarayoniga aralashtirmaslik;
–
kuzatuvchanlik faoliyatini susaytiruvchi omillarni inobatga olmaslik.
Diqqatni jamlash tamoyillari:
– muayyan holatga diqqatni yo’naltirish;
–
ahamiyatsiz ma’lumotlarni miyada saqlamaslik;
–
keraksiz fikrlarga chalg’imaslik.
Diqqat jarayoni, o’z navbatida, kuzatuvchanlik faoliyati bilan uyg’un
shakllanadi. Kuzatish muxandis xodimlarining kasbiy faoliyatida o’ziga xos
36
ahamiyat kasb etadi. U operativ qiziqish uyg’otgan shaxslarning jinoiy faoliyatini
fosh etishda, ularning aloqalarini, shaxsiy xislatlarini o’rganishda, tergov
jarayoniga tegishli ma’lumotlarni to’plashda namoyon bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |