Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z


Psixologiyada «shaxs» tushunchasi



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   101
2 5208751846268607301

2. Psixologiyada «shaxs» tushunchasi. 
 
«Shaxs» tushunchasi keng va ko’p qirralidir. Shaxsni u yoki bu yo’nalishda 
bir qator fanlar: falsafa, tarix, pedagogika, sotsiologiya, tibbiyot va psixologiya 
o’rganadi. Psixologiya fani boshqa fanlardan farqli o’laroq, shaxsning ichki 
dunyosini, boshqacha qilib aytganda, uning ruhiy jarayonlarini, hissiy- irodaviy 
holatlarini, individual psixologik xususiyatlarini tadqiq qiladi. Psixologiya 
fanida shaxs muammosini o’rganish bo’yicha turli nazariyalar mavjud bo’lib, 
ularga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalitik, 
bixevioristik kabi qarashlar, yondashuvlar qiradi. 
Biogenetik nazariya negizida insonning biologik rivojlanishi bosh omil 
sifatida qabul qilingan bo’lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyoti ixtiyoriy 
xususiyat kasb etadi, ular bilan o’zaro aloqalar tan olinadi, xolos. Mazkur 
nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh maqsadi – biologik determinantlarga 


27 
(aniqlovchilariga) qaratiladi va ularning mohiyatidan sotsial- psixologik 
xususiyatlar kelib chiqadi. 
Taraqqiyot jarayonining o’zi avval biologik rivojlanishning universal 
bosqichi sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi. Biogenetik qonuniyat F. Myuller 
va E. Gekkellar tomonidan kashf qilingan bo’lib, ular ushbu qonuniyat 
taraqqiyoti nazariyasini tashviqot qilish hamda antidarvinchilarga qarshi 
kurashda muayyan darajada tarixiy rol o’ynagan. Biroq, inson organizmining 
individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushunti- rishda qo’pol 
xatolarga yo’l qo’yilgan. Jumladan, biogenetik qonuniyatga ko’ra, shaxs 
psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy 
taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan 
g’oya yotadi.
Psixologiya tarixida 
biologizmning 
yaqqol 
ko’rinishi 
Z.Freydning shaxs talqinida o’z ifodasini 
topgan. 
Uning ta’limotiga 
binoan, shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki 
instinktlar bilan shartlangan, ayniqsa, u jinsiy (seksual) maylga (libidoga) 
bog’liqdir. Bunga o’xshash biologizatorlik 
omillari 
inson 
xulqini 
belgilovchi birdan-bir mezon yoki betakror turtki vazifasini bajara olmaydi.
Sotsiogenetik nazariya. Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko’rinishi
sotsiogenetik nazariya hisoblanadi. Sotsiogenetik yondashuvga binoan
shaxsda ro’y beradigan o’zgarishlar jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish 
(sotsializatsiya) usullari, uni qurshab turgan odamlar bilan o’zaro 
munosabati 
vositalaridan 
kelib 
chiqqan 
holda 
tushuntiriladi. 
Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko’ra, inson biologik tur sifatida tug’ilib, hayotning 
ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi. 
Kognitivistik yo’nalish. Kognitivistik yo’nalishning asoschilari qatoriga J. 
Piaje, Dj. Kelli va boshqalarni kiritish mumkin. J. Piajening intellekt nazariyasi 
ikkita muhim jihatga ajratilgan bo’lib, u intellekt funktsiyalari va intellektning 
davrlari ta’limotini o’z ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funktsiyalari 
uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish, ko’nikish)dan iborat bo’lib, 


28 
intellektning funktsional invariantligi deb yuritiladi. 
Muallif shaxsda intellekt rivojlanishining quyidagi bosqichlarni ajratadi: 
1) 
sensomotor intellekti (tug’ilishdan to 2 yoshgacha); 
2) 
operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan to 7 yoshgacha); 
3) 
muayyan operatsiyalar davri (7–8 yoshdan 11–12 yoshgacha); 
4) 
formal (rasmiy) operatsiyalar davri. 
J. Piajening g’oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini 
kognitiv-genetik 
nazariyaga 
biriktirish 
mumkin. 
Bu 
yo’nalishning 
namoyandalari qatoriga L. Kolberg, D. Bromley, Dj. Birrer, A. Vallon, G. 
Grimm va boshqalar kiradi. 
Shaxs psixologiyasining rivojlanishi muammosini o’rganishga Rossiyalik
atoqli olimlar L. S. Vigotskiy, P. P. Blonskiy, S. L. Rubinshteyn, A. N. 
Leontev, B. G. Ananev, A. G. Kovalev, L.I. Bojovichlar o’zlarining salmoqli 
hisslarini qo’shganlar. 
Quyida psixologlarning ayrim fikrlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz. 
A.G.Kovalevning fikricha, shaxs – ijtimoiy munosabatlarning ham ob’ekti, 
ham sub’ekti. A. N. Leontevning tushunti- rishicha, shaxs faoliyat sub’ektidir. K. 
K. Platonov jamiyatda o’z vazifasini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli individni 
shaxs deb ataydi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan
S. L. Rubinshteynning ta’rificha, shaxs tashqi ta’sirlar yo’nali- shini 
o’zgartiruvchi, ichki shart-sharoitlar mahsulidir. 
A.V.Petrovskiyning quyidagi ta’rifini shaxsning psixolo- gik ta’rifi sifatida 
qabul qilish mumkin: «O’z mehnati tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan, 
jamiyatda rivojlanuvchi va odamlar bilan til yordamida munosabatga kirishuvchi 
odam shaxsga voqelikni beruvchi hamda faol o’zgartiruvchi sub’ektga 
aylanadi». Ko’rinib turibdiki, psixolog olimlar shaxsni tushunishga turli 
tomonlardan yondashib, unga har xil ta’rif berishgan. 
Muayyan fikrlarni jamlagan holda shaxsga quyidagicha ta’rif berish 
mumkin. «Shaxs o’z menligini anglagan, o’zgalar bilan o’zaro munosabatlarga 


29 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin