26
(belgilangan dasturga qat’iyan mos ravishda o’tkazilgan),
erkin (oldindan
o’rnatilgan chegaralarga ega bo’lmagan),
kiritilgan (tadqiqotchi o’zi kuzatayotgan
jarayonning bevosita ishtirokchisiga aylanadi),
yashirin bo’ladi.
O’tkazilish joyiga asosan
kuzatishlar dala va
laboratoriya kuzatishlariga
bo’linadi. Dala kuzatishlari tabiiy sharoitlarda, laboratoriya kuzatishlari esa sun’iy,
ya’ni, oldindan yaratilgan sharoitlarda o’tkaziladi.
Olib borish muntazamligiga ko’ra kuzatishlar
tizimli (ma’lum vaqt davomida
ob’ektni o’rganish uchun ishlab chiqilgan reja bo’yicha) va
tizimsiz (noma’lum
vaqt davomida rejaga asoslanmagan) bo’ladi.
O’rganilayotgan hodisaning o’tkazilish davomiyligi, vazifalari va ko’lamiga
ko’ra kuzatishlar
qisqa vaqtli (farazlarni ifodalash yoki boshqa metodlar
yordamida olingan ma’lumotlarni nazorat qilish va to’ldirish
uchun tadqiqotning
boshlang’ich bosqichida o’tkaziladi) va, uzoq oylar va yillar davomida keng
ko’lamli yoki murakkab tuzilmali ijtimoiy jarayonlarning
kechishini kuzatishga
xizmat qiluvchi
uzoq vaqtli kuzatishlarga bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: