Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   101
2 5208751846268607301

Adaptatsiya yoxud moslashuv sezgi organlari sezgirligining qo’zg’atuvchi 
ta’siri ostida o’zgarishi demakdir. 
Bu hodisaning uch xil turini alohida ko’rsatish mumkin: 
1. Qo’zg’atuvchining uzoq muddat davomida ta’sir etishi jarayo- nida 
sezgining tamomila yo’qolib qolishiga o’xshaydi. Doimiy qo’zg’atuvchilar ta’sir 
qilgan taqdirda sezgi yo’qolib qolish xususiyatiga ega. Masalan, terining ustiga 
qo’yilgan engilgina yuk tezdayoq sezilmaydigan bo’lib qoladi. Hid bilish 
sezgilari atrof- muhitga yoqimsiz hid yoyilganidan keyin ko’p o’tmay batamom 
yo’qolib qolishi ham oddiy bir hodisadir; 
2. 
Adaptatsiya – kuchli qo’zg’atuvchining ta’siri ostida sezgining 
zaiflashib qolishi. Masalan: sovuq qo’zg’atuvchi hosil qiladigan sezgining 
jadalligi qo’lni sovuq suvga solganda susayadi. Biz yarim qorong’u xonadan 
yorqin yoritilgan joyga chiqqanimizda oldiniga ko’zlarimiz qamashadi va 
tevarak-atrofdagi biror-bir narsaning farqiga eta olmaydigan bo’lib qolamiz, bir 
muncha vaqt o’tgandan keyin esa ko’rish analizatorlarining sezuvchanligi keskin 
susayib, biz odatdagidek ko’ra boshlaymiz; 
3. Kuchsiz qo’zg’atuvchining ta’siri ostida sezgirlikning orti- shi ham 
adaptatsiya deb ataladi. 


40 
Muxandis faoliyatida ham sezgining o’rni beqiyosdir. Kasbiy sezgirlik his 
qilish jarayonlarini mashq qildirish orqali rivojlantiriladi. Bu xususiyat faoliyat 
davomida shakllanib boradi. Masalan, muhandis o’z faoliyati mobaynida 
mashina tovushidan undagi texnik nosozliklarni aniqlay boshlaydi. 
Idrok va uning muxandis xodimlar faoliyatida tutgan o’rni. Idrok 
sezgiga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon hisoblanganligi sababli 
barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit 
mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko’nikmalar bir davrning o’zida 
namoyon bo’ladi, aks ettirishda ishtirok etadi. 
Narsa yoki hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’siri jarayonida kishi 
ongida uning aks etishi idrok deb ataladi. 
Idrok etish jarayonida alohida holdagi sezgilarning tartibga solinishi hamda 
narsa va voqea-hodisalarning yaxlit obrazlarga birlashuvi yuz beradi. 
Qo’zg’atuvchining alohida xususiyatlari aks etadigan sezgilardan farqli 
o’laroq, idrok narsalarni uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi. 
Bunda idrok alohida sezgilar yig’indisi tarzida emas, balki hissiy bilishning 
o’ziga xos xususiyatlari bilan sifat jihatidan yuqori bosqichi sifatida tasavvur 
qilinadi. 
Muxandis xodimlar faoliyatida idrok kasbiy faoliyat uchun muhim 
ahamiyat kasb etadigan hodisa, holat, ob’ekt- lardan predmetli ravishda kerakli 
narsalarni ajratib olib, yaxlit holda ongida aks ettirish, oddiy shaxs ko’ra 
olmaydigan holatlardagi narsalarni tez va oson ilg’ash jarayonidir. Yaxshi 
rivojlanmagan kasbiy idrok xodimda illyuzion (noto’g’ri) idrok qilish 
xususiyatini shakllantiradi. 
Shu nuqtai nazardan idrok muxandis xodimlarining kasbiy faoliyatida 
muayyan o’ziga xos xususiyatlarni namoyon etadi. Ya’ni, muxandis xodim aniq 
ma’lumot olish uchun guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini 
kuzatayotganda o’rganilayotgan ob’ekt to’g’risida turli ko’rinishlarda olingan 
tasavvur va tushunchalarni yaxlit holatda idrok qiladi. Muxandis xodimlar 


41 
voqelikni to’g’ri idrok etishlari uchun uning printsiplariga rioya qilishlari zarur. 
Idrok qilish tamoyillari quyidagilar: 
– bilish zarur bo’lgan holat yuzasidan miyada aniq aqliy zanjir tuzish
– 
sezgi a’zolarining imkoniyatlaridan to’liq foydalanish; 
– 
o’rganilayotgan ob’ektga nisbatan qiziqish uyg’otish; 
Idrok qilish printsiplari asosida xodim turli nuqtai nazarlarni, masofadan, 
vaziyatdan, holatning yoritilish darajasi, sharoitdan kelib chiqib, ob’ektdan olgan 
taassurotlarni tahlil qiladi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin