146
2. Kasbiy tanlovga ta’sir etuvchi omillar
A.A.Rusalinova tomonidan kasb tanlashning 3 ta omili ajratib ko‘rsatiladi:
-moddiy motivlar (kasb orqali moddiy ta’minlanganlik);
-ijtimoiy mavqei (kasbning jamiyatdagi o‘rni va qadri);
-shaxsning qiziqishlari darajasi (bu shaxsning
kasbdan qoniqishi va uning
ko‘rsatishi bilan bog‘liq darajada).
U yoki bu kasbni tanlashga ta’sir etuvchi omillar sirasiga quyidagilar kiradi:
-tanlagan kasbiga shaxsiy layoqatning
mavjudligi;
-kasbni shaxs qiziqishlari va
intilishlari bilan muvofiqligi;
-tanlangan kasbni egallash uchun moddiy imkoniyatlarni yetarli ekanligi;
-tanlagan kasbni
egallash oson va qulayligi;
-tanlagan kasbi doirasida ish topishning osonligi va karera qilish
imkoniyatining mavjudligi;
-ko‘p miqdordagi oylik maoshi;
-ota-ona va do‘stlari tomonidan beriladigan maslahat.
Kasbiy layoqat tizimi ijtimoiy muassasa sifatida o‘zaro bog‘liq darajalardan
iborat:
Birinchi daraja – kasbiy muhitni o‘rganish va tahlil qilish. Buning uchun kasb
va mutaxassislikni shaxsga qo‘yadigan talablar nuqtai nazaridan ko‘rib chiquvchi
professiografiya qo‘llaniladi. Professiografiya kasblar tasnifini ham o‘zida
mujassamlaydi. Ma’lumki, kasblar tavsifi
turli mezonlarga asoslanadi, ya’ni
texnologik, iqtisodiy,
gigienik, ahloqiy, psixologik va boshqalar. Kasblarning
psixologik tavsifi psixogramma deyiladi. Bunda subektning psixologik sifatlariga
qo‘yiladigan talablar keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: