147
1.Shaxs mazkur faoliyatni bajara oladimi (sog‘lig‘i nuqtai nazaridan).
2.Faoliyatni amalga oshirish uchun munosib insonlarni tanlay olish.
3.Ishga yaroqsiz xodimlarni o‘z vaqtida ishdan ozod qilish.
4.Shaxsga mos ishni aniqlash.
Uchinchi darajasi – kasbga yo‘naltirish. Kasbga yo‘nalganlik bu shaxs
imkoniyatlari darajasidagi adekvat kasbni tanlashga
ilmiy asoslangan yordam
ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat tizimi. Kasbga yo‘naltirish
yordamida shaxsning istak-hohishlari va kasblar olamidagi ijtimoiy talabning
o‘zaro muvofiqlashuvi kechadi.
Kasbga yo‘naltirish tizimi kichik tizimchalardan iborat:
1.Kasbiy tashviqot va targ‘ibot tizimi.
2.Kasbiy maslahat tizimi.
3.Kasb tanlash tizimi.
4.Kasbiy moslashuv tizimi.
3. Kasbiy tanlov psixologik tomonining asosiy vazifalari
Kasbiy tanlovning psixologik tomonini asosiy vazifalari quyidagilar:
1.Qobiliyatlar va kasbiy muhim bilim, ko‘nikma va malakalarning diagnostikasini
o‘tkazish;
2.Olingan ma’lumotlarni kasbiy talablar
bilan muvofiqligi;
3.Ushbu shaxsning mazkur kasbda faoliyat yuritishi muvaffaqiyatli va
muvaffaqiyatsiz kechishini oldindan prognoz qilib xulosa berish.
Kasbiy tanlov jarayonida kasbiy yaroqlilik xam aniqlanadi.
Kasbiy yaroqlilik u
yoki bu mehnat faoliyatiga yaroqlilik bilan belgilanadi.
Kasbiy yaroqlilik bu
mehnat faoliyatini samarali tashkil qilish uchun zurur bilim, ko‘nikma, malakalar
hamda psixologik va psixofiziologik xususiyatlarini majmuidir. U yosh, malaka,
kasbiy
qobiliyatlar, motivasiyaga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: