Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Kasbiy tanlov tushunchasining mohiyati yoritib bering.
2. Kasbiy tanlovga qanday omillar ta’sir etadi?
3. Kasbiy tanlov psixologik tomonining asosiy vazifalari qanday?
4. Kasbiy tanlov jihatlarini yoritib bering.
VIII. KASBIY FAOLIYATNING INDIVIDUAL STILI
Reja
1. Kasbiy sifatlar tushunchasining mazmuni.
2. Kasbiy sifatlar masalasini o‘rganilish holati.
3. Umumiy va maxsus qobiliyatlar.
1.Kasbiy sifatlar tushunchasining mazmuni
Kasbiy sifatlar insonning butun umrida unga hamroh bo‘ladigan va hayot
faoliyati davomida muhim o‘rin tutadigan “Men kimman?” degan ongli savolga
asosiy e’tiborni qaratadi. Taraqqiyot esa kasbiy o‘sishga, ishning sifatini
ortishiga, izlanishlardagi kashfiyotlarga, qaror qabul qilishdagi egiluvchanlikka
yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Kasbiy shakllanishda kasbiy sifatlar va taraqqiyot bir-biri
bilan chambarchas bog‘liqdir: kasbiy sifatlar bir tomondan kasbiy taraqqiyot
jarayonida shakllansa, boshqa tomondan –shaxsning mutaxassis sifatida namoyon
bo‘lishining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Amaliy jihatdan bu quyidagilarni
anglatadi: yangi ijtimoiy-iqtisodiy dinamik sharoitda o‘z sha’niga ega bo‘lish
uchun, raqobatda sinmaslik uchun, farovon kelajakni ta’minlash uchun mutaxassis
doimiy rivojlanishda bo‘lishi, qolaversa, ijtimoiy va mehnat sharoitida o‘zining
152
mavqeini tahlil qilib borishi lozim.
Kasbiy sifatlar muammosiga qiziqishlarning
ortishiga qaramasdan, bu fenomenning tabiati, tuzilishi, dinamikasi va funksiyalari
haqidagi savollar bir qancha chalkashliklarga egadir. Bunga asosiy sabab bu
muammoning, ayniqsa, shaxs umumiy tuzilishida kasbiy sifatlar o‘rnida
qo‘llaniluvchi ijtimoiy sifatlarni kam o‘rganilganligi bilan bog‘liqdir. Kasbiy
sifatlar muammosini tadqiq qilish uchun eng avvalo bu voqelik shaxs sifatlari
tizimida qanday o‘rin egallashini, qolaversa, shaxsning kasbiy va ijtimoiy o‘z-
o‘zini anglashida qanday rol o‘ynashini tushunib olish lozim.
Xorij manbalarida kasbiy sifatlar muammosini tadqiq qilishga nisbatan
ikkita yo‘nalish ko‘rsatib o‘tilgan: birinchisi kasbiy taraqqiyotga, shaxsning o‘z
ustida ishlashiga yo‘naltirilgan, ikkinchisi esa, kasbiy shakllanishning ijtimoiy
tomonlari va omillariga yo‘naltirilgandir.
M.Argayl 1970 yillarning boshlaridayoq kasbiy sifatlar va individning
kasbiy shakllanishi orasidagi bog‘liqlik haqida yozib qoldirgan. Shu bilan bir
qatorda o‘zida quyidagilarni mujassamlashtirgan murakkab jarayon sifatida ko‘rib
chiqilgan: kasbiy treninglar, faoliyatni amalga oshirishga nisbatan qo‘yiladigan
talablar va standartlarni o‘zlashtirish, kasbiy guruh doirasida xulq-atvor
normalarini tushunish va boshqalar. Aynan mehnat jamoasidagi boshqa shaxslar
bilan o‘zaro hamkorlik individga o‘zi egallab turgan kasbning aniq standartlarini
o‘zlashtirish imkonini beradi.
Dj.Sonenfeld kasbiy sifatlar kasbiy taraqqiyot jarayonida yuzaga kelishi va
shakllanishini aytib o‘tgan. Kareraning o‘sishi turli kasbiy sifatlarning o‘zgarishi
bilan kuzatiladi. Alohida, xususiy kasbiy sifatlardan biroz umumiyroq konseptual
sifatlarga o‘tish sodir bo‘ladi. Aynan konseptual sifatlar lavozimidagi o‘sishni va
kasbiy taraqqiyotning bosqichini aniqlab beradi.
R.Finchman ishlarida asosiy e’tibor kasbni egallash jarayonida kasbiy
talablar, axloqiy normalar, qadriyatlarni anglashga qaratiladi. Kasbiy sifatlarining
shakllanish jarayoni insonga kasbiy o‘z-o‘zini boshqarish imkonini beruvchi
kasbiy taraqqiyot davomidagi individual xususiyatlar va ijtimoiy ta’sirlarning
o‘zaro muvofiqligi sifatida namoyon bo‘ladi.
153
S.Djoshli o‘zining ijtimoiy tadqiqotlarida Rim aholisining kasbiy sifatlari va
mavqeini tahlil qilib, shunday xulosaga kelgan: kasbiy sifatlar faoliyat bilan
bog‘liq bo‘lib, kasbning rasmiy va norasmiy mavqeining o‘zaro muvofiqligi
asosida shakllanadi. Faoliyat haqidagi mavjud tasavvurlar bilan muvofiq kasb
nomlari o‘ziga yarasha me’yoriy talablarga egadir va shuning uchun ham o‘z-
o‘zidan shaxsga ma’lum ma’noda ta’sir o‘tkazadi. Faoliyat mazmunidan tashqari
kasbiy sifatlarga munosabatlar tizimi, insonning boshqalar bilan o‘zaro hamkorligi
ham ta’sir qiladi.
K.Mak-Goven va L.Xartlar asosiy urg‘uni o‘z tarkibiga kasbiy rollarni
amalga oshirish va yangi qadriyatlarni, ustanovkalarni va kasbiy sifatlar tarkibini
rivojlanishi uchun talab etiladigan maxsus bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni
qamrab oluvchi ijtimoiy o‘rganish jarayoniga qaratadilar.
Kasbiy sifatlarining shaxsiy va ijtimoiy aspektlarining muvofiqligi g‘oyasi
“psixoijtimoiy sifatlar” tushunchasida to‘laligicha aks ettirilgan bo‘lib, u kasbiy
taraqqiyotning ijtimoiy kontekstlari bilan bog‘liq kasbiy sifatlarni anglatadi. Bu
bilan shaxs taraqqiyoti va faoliyatni amalga oshirishda ijtimoiy muhitning roli
alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Muammoga bu jihatdan yondoshish G.Teshfelning
ijtimoiy sifatlar nazariyasi yuzaga kelgandan so‘ng ommalashib ketdi. Faoliyat va
o‘zaro hamkorlikni o‘zlashtirish natijasida shakllanuvchi ijtimoiy sifatlar ishchilar
guruhining o‘zaro munosabatlariga hamda individning kasbiy taraqqiyotiga ta’sir
o‘tkazadi.
Kasbiy sifatlar muammosini tadqiq qilishda kasbiy muhit ta’sirida inson
o‘zining verbal va noverbal xatti-harakatini qayta qurish vaziyatlari batafsil
yoritilgan adabiyotlarga e’tibor qaratish lozim. Shunday qilib, inson xulq-
atvorining faoliyat va mehnat jamoasi talablari bilan muvofiqligini tadqiq qilish
Dj.Xollandning tipologik nazariyasi, faoliyatga yaroqlilik nazariyalarida o‘z aksini
topdi. Bu yondashuvlar doirasida faoliyat va ijtimoiy muhitning mehnat natijasi va
mehnattdan qoniqqanlikka, individual salomatlik va boshqalarga ta’sirining turli
aspektlari o‘rganilgan.
154
A.Mishel va S.Vortning bank xodimlarida olib borgan tadqiqotlarida
kuzatishimiz mumkin. Bunda mualliflar umumiy faoliyatdagi hamkasblarning
qiziqishlari qanday qilib yangi kasbiy sifatlarning yuzaga kelishi, shaxsning
individual sifatlari va kognitiv jarayonlari o‘zgarishiga ta’sir qilishini ko‘rsatib
berganlar. Mualliflar “Men”ni tushuntirish uchun kognitiv yoki ijtimoiy madaniy
omillarni qo‘llash lozimligini ta’kidlaydilar. Ularning ishlarida kasbiy sifatlar
guruh madaniyatining tashkiliy darajasiga o‘zaro ta’sir qiluvchi u yoki bu
omillarning ta’siri ostida shakllanadi.
Kasbiy sifatlar boshqa insonlar bilan suhbat jarayonida namoyon bo‘ladi va
sub’ektlarning muloqotchanlik harakteriga bog‘liq bo‘ladi.
Boshqa nuqtai nazarga ko‘ra kasbiy sifatlar – bu dinamik, shu bilan bir qatorda
muvozanatlilik jarayonidir. Har bir davrda ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatlar ta’sirida
inson o‘ziga nisbatan turlicha munosabatda bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda inson
ba’zida tarixdagi voqeliklarni inkor eta olmaydi. Amerikalik sotsiologlar P.Berger
va T.Lukmanlarning ta’kidlashicha, kelajakda barcha ijtimoiylashgan insonlar
“o‘zlariga hiyonat” qiladilar. Shaxsiy xoinlik aynan “Men”ni u yoki bu vaziyatda
qanday bo‘lganligiga bog‘liq.
O‘zining yangi sifatlarini qabul qilish va kasbiy sifatlarini qayta qurish
uchun ma’lum vaqt talab qilinadi. P.Vaynrich o‘zining tadqiqotlarida Dj.Kellining
shaxs tuzilishi testining zamonaviy interpretatsiyasini qo‘llab, repertuarlar
yacheykasi texnikasi yordamida kasbiy sifatlar tuzilishini tahlil qilib beradi.
Kasbiy sifatlar tuzilishi o‘zida asosiy uchta blokni mujassamlashtiradi: elementlar
tizimi, o‘zaro ta’sir holatlari tizimi va mavjud faoliyatlar tizimi; birinchi va
uchinchi tizimlar kasbiy sifatlar tuzilishining asosiy komponenti hisoblanadi.
Shaxs tuzilishi normativ madaniy ahamiyatlilik darajasidan kelib chiqqan holda
sodir bo‘lib, u individual biografiya bilan shartlangan muhim xususiyatga egadir.
Shuning uchun ham shaxs konsepsiyasi va faoliyatida ijtimoiy va predmetlar
olamini eksperimental tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy ustanovkalar
namoyon bo‘ladi.
Shaxsiy taraqqiyot va kasbiy shakllanishning ijtimoiy kontekstini
155
muvofiqligi muammosi kasbiy sifatlarni tadqiq qiluvchi jahon olimlarining
ishlarida ham o‘z aksini topgan.
L.B.Shneyder asos solgan kasbiy sifatlarni tadbiq qilishning zamonaviy
yo‘nalishida ushbu fenomen kasbiy o‘z-o‘zini anglash sifatida ko‘rib chiqiladi,
bunda shaxs o‘zini muayyan bir kasb va mehnat jamoasining vakili sifatida
anglaydi, o‘z menining kognitiv emotsional hulq – atvor jihatidan tavsiflashda
o‘zini ishini boshqalardan farqli ekanligini aniqlaydi.
Dostları ilə paylaş: |