Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   101
2 5208751846268607301

Kasbga xos diqqat – ma’lum bir kasbga ko‘p yil ishlash natijasida shu 
kasbning talablari va ob’ektiv xususiyatlariga mos ravishda tarkib topgan diqqat 
turi. 
Kasbga tegishli ma’lumot – mehnat faoliyatining ma’lum bir sohasi uchun 
zarur bo‘lgan maxsus bilim, amaliy ko‘nikma, malaka va odatlar tizimi.
Kasbga xos zararliklar – mehnat va ishlab chiqarish sharoitlarining odam 
organizmi hamda ish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar yig‘indisi. 
Kasbga qiziqishlar – shaxsning ma’lum bir kasbga nisbatan doimiy va 
barqaror motivlashtirilgan qiziqishidan iborat individual xususiyati. 


227 
Kasbiy malakalar – ishlab chiqarish faoliyatining ko‘p takrorlanishi 
natijasida avtomatlashgan xatti-harakatlar yig‘indisi.
Kasbiy xotira – bevosita o‘z kasbiga doir narsa va hodisalarni fikr hissiyot, 
harakatlarni yesda qoldirish, mustahkamlash va yesga tushirishdan iborat xotira 
turi. 
Kasbga xos odatlar – ma’lum bir kasb vakillari uchun tipik hisoblangan 
odatlar. 
Kasbda ishlashni to‘g‘ri tanlash- shaxsni muayyan kasbda ishlash uchun 
qabul qilishda uning shu kasbning ob’ektiv xususiyatlariga to‘g‘ri keladigan 
jismoniy va psixik sifatlarini hisobga olish. 
Kasb – shaxsning jamiyat a’zosi sifatida yashash manbai bo‘lib xizmat 
qiladigan doimiy mashg‘ulot yoki faoliyat turi. 
Kasb psixologiyasi – mehnat psixologiyasining kasblarning psixologik 
komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan 
psixologik talablarni o‘rganish hamda ilmiy tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi 
bo‘lim. 
Metod – tabiat hodisalarini tekshirish usuli, o‘rganilayotgan hodisalarga 
yondoshishda ilmiy bilishning va haqiqatni aniqlashning rejali yo‘li, harakat usuli 
va tartibi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin