226
Kamtarlik – shaxsning atrofdagi kishilar bilan oddiy muomalada o‘ziga
tanqidiy munosabatda bo‘lishi, o‘zgalarni hurmat qilishi maqtanmasligi kabi bir
qancha ijobiy sifatlar bilan belgilanadigan xarakter xislati.
Kuzatuvchanlik – shaxsning kuzata bilish qobiliyatidan
iborat individual
xislati.
Kasbni tasvirlash – mehnat psixologiyasi
sohasidagi ilmiy tekshirish
ishlarida muayyan kasbni texnologiya va psixologik jihatidan tasvirlashdan iborat
tekshirish metodi.
Kasb kasalligi – muayyan kasb sohasidagi
psixik yoki shu kasbning
ko‘pchilik vakillariga xos bo‘lgan kasallik.
Kasb tanlashga yo‘llash – pedagoglar,
psixologlar, vrachlar va boshqa
mutaxassislarning yoshlarni ongli ravishda kasb
tanlashga tayyorlashdagi
maslahati, tushuntirishlari kabi tadbirlar tizimi.
Kasbga tayyorgarlik – muayyan kasb bo‘yicha
muvaffaqiyatli ishlash
imkoniyatini ta’minlovchi maxsus bilim, ko‘nikma, malaka, odat, sifat,
xususiyatlar, mehnat tajribasi va xulq normalariga yega bo‘lishlik.
Kasbga layoqatlilik – shaxsning muayyan kasbga yaroqlilik darajasini
ko‘rsatuvchi jismoniy va psixik sifatlar yig‘indisi.
Dostları ilə paylaş: