Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   101
2 5208751846268607301

Individual xususiyatlar – ma’lum bir shaxsning faqat o‘ziga xos bo‘lgan 
xususiyatlari. 
Individual tajriba – har bir shaxsning o‘z hayoti davomida orttirgan 
tajribasi. 
Individual munosabat – har bir shaxsning aqliy madaniy va bilim darajasini 
yoshlik hamda individual xususiyatlarini hisobga olgan holda muomala-
munosabatda bo‘lish. 
Industrial psixologiyasi – mehnat psixologiyasining psixologik omillarning 
sanoatdagi rolini o‘rganuvchi, psixologiyaning qonuniyatlariga asoslanib, mehnat 
unumdorligini oshirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi. 
Inertlik – faoliyatda sustkashlik ko‘rsatishdan iborat salbiy xarakter xislati. 
Introversiya – shaxsning o‘z fikrlari, sezgilari, kechinmalari va his-
tuyg‘ulariga tayanish. 
Ixtisoslashgan mehnat – muayyan kasbga doir maxsus bilimlar ko‘nikmalar, 
malaka va madaniy odatlarning tarkib topishi hamda rivojlanishini talab qiladigan 
mehnat. 
Intizomsizlik – jamoat joylari mehnat o‘qish yoki oila jamoasining tartib 
qoidalariga tizimli ravishda rioya qilmaslik yoki ularni buzishdan iborat salbiy 
xarakter xislati. 


225 
Ijtimoiy malakalar – ijtimoiy hayotda faol ishtirok yetish va jamoa orasida 
o‘zini tuta bilish malakalari.
Iste’dod – inson qobiliyatlari taraqqiyotining yeng yuksak darajasini 
ta’minlovchi tug‘ma tabiiy imkoniyatlar yig‘indisi. 
Ish usullarini tasvirlash – mehnat psixologiyasi sohasidagi ilmiy tekshirish 
ishlarida alohida ish usullari yoki malakalarni ularning bajarilish tartibi bo‘yicha 
tasvirlashdan iborat tekshirish metodi. 
Itoatgo‘ylik – o‘zidan kattalarga bo‘ysunish yoki ularning izidan 
chiqmaslikdan iborat ijobiy xarakter xislati yoki odat. 
Ixtiyoriy harakatlar – impulsiv va avtomatlashgan harakatlardan farq qilib, 
maqsadga muvofiq ravishda bajariladigan ongli harakatlar. 
Ish qobiliyati – shaxsning muayyan faoliyat turini muvaffaqiyatli amalga 
oshirish uchun zarur bo‘lgan jismoniy hamda psixik funksiyalari yig‘indisi. 
Iroda kuchi – shaxsning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadining aniqligi uni amalga 
oishirish uchun intilishi, maqsad yo‘lida ma’lum bir qaror qabul qilish teziligi va 
uni o‘z vaqtida ijro yetishi bilan belgilanadigan iroda sifati. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin