1. Oila. Oila jamoasining o’ziga xos xususiyatlari, funktsiyalari Inson hayotidagi oilaning ma’nosi nimada? Oila - bu hamma narsa boshlanadigan joy: tug’ilish, tarbiyalash, urf-odatlar va qadriyatlarni o’zlashtirishi, jamiyat bilan tanishish, unga muvofiq yashash kerak bo’lgan axloq va axloqiy tamoyillarni o’rgatish, vatanga muhabbat.
Oila birinchi navbatda bu - ota-ona. Aynan ular har bir bolaning hayotida asosiy rol o’ynaydi, porloq kelajakka yo’llanma beradi, unga mehr-oqibat, insonparvarlik, xushmuomalalikni tarbiyalaydi, hamdardlikni rivojlantirishga yordam beradi.
Oila - birodarlar va opa-singillar rivojlanishga muhim ta’sir ko’rsatuvchi maskan.
Oila - keksalar uchun hissiy xavfsizlik, qulaylik hissini beruvchi maskan.
Oila - kichkintoylar uchun g’amxo’rlik, homiylik, xayrixohlikni namoyon etuvchi, e’tibor beradi, yordam beradi, insonparvarlikni namoyish etadi, xavfsizlik, sevgi va iliqlik hissini beradi.
XULOSA - Inson hayotida oilaning qadri cheksizdir.
Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega1. Insonni oiladan, oilani jamiyatdan ayricha tasavvur etish qiyin. Oila farzandlar tarbiyasi va kelajagi uchun mas’uldir. Zero, inson tabiati va dunyoqarashidagi barcha yaxshi xislatlar, avvalo, oilada kurtak yozadi. Do’stlar bilan suhbatlashganimizda birinchi galda oila va farzandlar haqida so’z ochilishi ham shundan. O’zaro suhbatlarda «Bola-chaqa omonmi, shularning baxti deb yashab yuribmiz», degan gap-so’zlar quloqqa chalinadi. Darhaqiqat, o’zbek xalqining asosiy fazilatlari farzandlar kamoli, ularning baxtu saodati yo’lida g’amxo’rlik qilishda ko’proq namoyon bo’ladi.
Professor S.Ochilning “Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari” monografiyasida o’quvchilarda Vatandan faxrlanish, O.Musurmonovaning “Oila ma’naviyati – milliy g’urur”[85] nomli tadqiqotida milliy g’urur tarbiyasida oilaning roli masalalari keng miqyosda yoritilgan.
O’zbek oilalaridaoila tarbiyasida ota-ona obro’si, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oilaning asosiy tayanchi bo’lgan ota, hayotning barcha mashaqqatlaridan totib ko’radi, o’zining bukilmas irodasi, adolatparvarligi, hayot sinovlariga bardoshliligi bilan ajralib turuvchi buyuk shaxs sifatida gavdalanadi.
Ota — oilaning boshlig’i, posbonidir. Zero, oilaning har bir ko’z ilg’amas nuqtalarini ilg’ay olish, oila a’zolariga faqat to’g’ri, haq yo’lni ko’rsatib turishdek insoniy mas’uliyat ota zimmasida turadi.