O’zbek oilasidagi milliy tarbiya mazmuni oila. Oila jamoasining a`zolari, ota-onalarning vazifalari



Yüklə 63,18 Kb.
səhifə3/8
tarix28.11.2023
ölçüsü63,18 Kb.
#168116
1   2   3   4   5   6   7   8
O’ZBEK OILASIDAGI MILLIY TARBIYA MAZMUNI

Qayta tiklovchi. Inson himoya, sevgi va g’amxo’rlikka muhtoj. Ushbu asosiy ehtiyojlardan qoniqmaslik jismoniy va psixologik kasalliklar bilan bog’liq muammolarni keltirib chiqaradi, natijada depressiyalar, tajovuzlar va asabiy buzilishlar oilada ham, undan tashqarida ham paydo bo’ladi. Bu ajralishga olib keladi, bolalar to’laqonli oilada o’smaydi. Hammasi oila a’zolariga bog’liq: agar umumiy ruh kuchli bo’lsa, yaqinlar hurmat qilsalar, bir-birlarini yaxshi ko’rsalar, qadrlasalar, yon berishsa, bo’sh vaqt va hayotni tashkil qila olsalar, ularning oilaviy kemasi hech qachon muammolar girdobiga tushmaydi.

2. O’zbekona tarbiyaning turli qirralari tarixiga qisqacha sharh.

O’zbekona tarbiyaning turli qirralari turli manbaalarda talqin qilingan. Abu Ali ibn Sino: «Yosh bola boshlang’ich ta’lim va tilga doir qoidalarni yod olganidan keyin u mashg’ul bo’lishi mumkin bo’lgan kasb-hunar va san’atga moyilligiga qarab, uni shunga yo’llaymiz. Agar u kotiblikni xohlasa, til, xat yozish, nutq so’zlash va odamlar bilan muomala qilish kabilarga dalolat qilamiz. Albatta, bu o’rinda, bolaning mayli ahamiyatga ega» («Islomiy tarbiya va uning falsafasi». Muhammad Atiya, 197-bet).


“Qur’oni karim” va Hadislar asosiy tarbiya vositasi bo’lgan. A.Avloniy o’zining “Turkiy guliston yoxud Axloq” asarida: “Tarbiyani tug’ilgan kundan boshlamak, vujudimizni quvatlantirmak, zehnimizni ravshanlashtirmak lozim”. Milliy tarbiya jarayonini «yashash darsi»ga qiyoslash mumkin. Ana shu darsdan «a’lo» baho olish uchun inson bobolar hikmatlarini, xalq maqollarining mazmunini chuqur anglashi kerak bo’lgan. XIX asr o’rtalarida xalqimiz hayoti, fe’l-atvorini o’rgangan olim H.Vamberi o’zbeklarning, tarbiyadagi umumiylikning natijasi o’laroq, fe’l-atvori bilan bir xilligini qayd etadi. O’sha davrda o’zbeklarning soni (Vamberining hisob-kitobiga ko’ra) ikki millionga teng bo’lgan. Ya’ni Buxoro hukmronligida bir million, Xiva hukmronligida 700 ming, Afg’oniston hukmronligida 200 ming kishi bo’lgan. XIX asr o’zbeklari haqida olim shunday deydi: «Oltin O’rdada «o’zbek» degan nom ancha oldindan ma’lum bo’lib, «musulmoncha tarbiyalangan» degandek tushunilgan. Ya’ni ular «shafqatsiz odatlardan bosh tortishib, O’zbekiston muqaddaslashtirgan musulmon Osiyo madaniyatiga yo’l ochgan: o’troq va yarim o’troq, asl dehqon; harbiy millat; savdoda og’ir vazmin; sanoatda mo’’tadil; ochiq ko’ngil, mard; jiddiy, haqiqiy turkiy qimmatga ega; ma’yuslikkacha kamgap, og’ir vazmin; sovuqqonlik odob-axloq namunasi hisoblanadi; bir gapni o’ylab og’zidan chiqarguncha bir qancha daqiqalar o’tadi; o’zbek o’ylabroq gapirishga moyil, u buni tabiiy deb biladi; sadoqatli va dovyurak bo’lib, to’g’ri gapiradigan, to’g’ri harakat qiladigan (Avestoni eslang M.Q.), ko’zga tik qaraydigan erkakni mukammallik namunasi deb biladi. Davlat himoyasini o’z zimmasiga olgan, o’zbeklarning oilaviy munosabatlarini asl namuna hisoblasa bo’ladi. Ko’p xotinlik faqat hukmronlarga xos; o’rta yoshga borib qolgan farzandlar o’z ota-onalariga juda hurmat va ehtiromli bo’lishadi. O’zi 30-40 yoshlarga borib qolgan o’g’il otasining bir qarashidayoq cho’chib ketadi va hech qachon otasi bor paytda chilim chekmaydi, birinchi o’tirmaydi va birinchi gapirmaydi; turkiy shevada gapiradilar; o’zbeklar xudojo’ydir va bolalardan qunt talab qilishadi; mug’ambirlik kamdan kam uchraydi; o’zbeklar yaxshi musulmondirlar — shu jihatdan anatoliyalik turklarga o’xshaydilar; ashula va musiqani jon dilidan sevishadi»1 va h.k. Ushbu xolisona tavsifning o’zi ham XIX asr o’rtalariga kelib, milliy tarbiyaning maqsad va vazifalari, uslublari takomillasha borganligi tufayli o’zbek milliy xarakteri o’zbekchilikning yanada muayyanlasha borganligini ko’rsatadi.
O’zbek oilasi a’zolarning barchasini savodxon, ma’lumotli deb atasak, xato qilmagan bo’lamiz, ana shu imkoniyatlar ta’sirida o’g’il va qizlar bilimli, fikr-mulohazali, topqir, ishbilarmon, aql-zakovati bo’lib voyaga etmoqdalar. Oiladagi bola tarbiyasi ikkiyoqlama ahamiyat kasb etadi, ota-onalar farzandlariga a’loq-odob, ruhiyat va ma’naviyatga oid bilimlardan saboq berish bilan qanoatlanib qolmasliklari, balki o’zlari ham tarbiyaning o’ziga xos sir-sinoatlari, hususiyatlari, uning mazmun-mohiyati va ma’nosiga doir eng yangi ma’lumotlardan xabardor bo’lib turishlari kerak bo’ladi. O’z farzandlariga oqilona tarbiya bera olgan ota-onalar, umrlarini rohat va farog’atda o’tkazadilar, bolalaridan hamisha olijanoblik, mehribonlik, yaxshilik ko’radilar, dillari aslo jarohat azobini sezmaydi; o’kinish hissiga duchor bo’lmaydilar.
Milliy tarbiya tizimining o’tkir vositalaridan biri har bir kishining o’z ajdodlari tarixini bilishi lozimligi va shunga ilk yoshlardanoq bolalarning o’rgatila borishi edi. «Turk va tojikda barcha odam farzandi ichinda rasm turar, yetti otani sanab biladi2. Xalqi aytur, yetti orqadan beri temurchiman va yo ayturki, mening yetti otam shu yurtda o’tgandur» deb yozadi «SHajarai turk» muallifi Bahodirxon Abdulg’ozixon. Xorazm tarixining 1644-1664 yillar sohibi bo’lgan Abulg’ozixon o’zidan boshlab to Odam Safiullohgacha «otasini otasi faloncha», - deya nomma-nom bayon qiladi. Bu misoldan ilgari ajdodlarimiz yetti ota naslini batafsil aytib bera olganliklari ayon bo’ladi. Ajdodlar yodi har bir kishining o’zligini anglatib, ajdodlar nomiga dog’ tushiruvchi xatti-harakatlardan saqlab, yaxshilik, olijanoblikka chorlab turgan.
O’zbek milliy tarbiyasi tarixining XIX asriga kelib an’anaviy ravishda Ahmad Yassaviyning «CHor kitob»ini, Vafoiyning «Ravnaqul islom»ini, So’fi Olloyorning «Haftiyak»ini va boshqalarni o’rganib kelgan maktab ta’limi mazmuniga Mahmudxo’ja Behbudiyning «Kitob ul-aftol», Saidrasul Aziziyning «Ustozi avval», Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq», Abduqodir SHakuriyning «Jome-ul hikoyat» va Rizouddin ibn Faxruddin, Faxrul Banot, Ali Nozimo va boshqa mualliflarning asarlari kirib keldi. Bu esa maktablarga yangi, o’z davrining tarbiyaviy ruhini kiritdi.
Oilada ham otalar bolalarini o’z qo’llari bilan urmaslikka harakat qilganlar. Bu kamdan-kam uchrovchi ko’ngilsiz vazifani boylar xizmatkorlariga topshirganlar. Bolaning ko’nglini sovutmaslik, uning shaxsiyatiga hurmat bunga sabab bo’lgan.
Sobiq O’zbekiston SSR iqtisod instituti tomonidan 1950 yili chop etilgan «O’zbekiston: iqtisodiy-jug’rofiy xarakteristika» kitobining 79-betida «1914 yili O’zbekiston territoriyasida 160 ta rus maktabi, bir necha o’nta musulmon maktabi bo’lib, ular ham diniy maktablar edi», deyiladi. Holbuki, musulmon maktablarining nazoratchisi I.F.Nalivkin XIX asrning 90-yillari boshida shaxsan o’tkazgan hisob-kitoblaridan kelib chiqib, butunlay boshqa ma’lumotni bergan: «Musulmon maktablarining soni kishida vahima uyg’otadi rasmiy ro’yxatlarda 500 ta, aslida esa taxminan — 1000 ta»3.
Bobolar hikmatini shoir E.Vohidov «Insofli odam bexosdan toyib ketsa, biror tayoq suqib, ey yo’lovchi, ehtiyot bo’l, bu yerda chuqur bor, ko’zingga qara» deya qilgan ishora — tayoqchaga; boshqalarni o’ylab ochilgan buloq, ekilgan daraxtga; o’zlaridan keyin keluvchilar ham imonli, ilm-ma’rifatli bo’lsinlar deb, ellar, yurtlar o’rtasida yaxshi bordi keldilar bo’lsin deb solingan masjid, madrasa, yo’l, ko’prik, karvonsaroylarga o’xshatadi. SHoir «o’zbekman» degan har bir insonning o’z yurti kechmishi va hozirini mukammal bilmog’ini, o’z ona tilining zargari bo’lmog’ini istaydi. Darhaqiqat, o’zbek xalqining asrlar davomida «yashash darsi»dan to’plangan boy tajribasi ko’plab maqollarda o’z aksini topgan. «Har gulning o’z isi bor, har elning o’z tusi bor» deganlaridek, maqollarimiz xalqimizning turmushi, urf-odatlari, an’analari va eng muhimi — o’zbek bolasining qanday kishi bo’lishi va qanday bo’lmasligi kerakligi haqida ibrat va o’rnaklar jamlangan ma’naviy, madaniy merosdir.
Azaldan o’zbek qizlari tarbiyasi bilan onalar shug’ullanishgan. Farg’onada bundan bir asr ilgari o’zbek qizlari tarbiyasi qanday namoyon bo’lganligi haqida qiziqarli xotiralar bor. «O’zbek qizlari ilk yoshlardan boshlaboq o’z xatti-harakatlaridan xabardor, o’z-o’zini nazorat qila boshlaydi. Garchi u tez, yelib-yugurishni istasada, diniy adablilik unga shaxdam qadam tashlash, qo’llarini siltab yurishga yo’l qo’ymaydi... Ana shu sipoyilik, vazminlik belgilari uning axloqiy «men»ining namoyon bo’lishida ham ko’rinib turadi. Ko’pchilik qizlarda o’z taassurotlarini nafislab va qosh harakatlari orqali bildirish ba’zi hollarda yuksak mukammallik darajasiga ko’tarilgan» (I. Nalivkin). O’zbek oilalarida qizlarni milliy tarbiyalashning namunaviy misollari sifatida Abdulla Qodiriy tavsifidagi Kumush va Ra’nolarni keltirishning o’zi kifoyadir.
O’zbekona tarbiyaning turli qirralari ulkan adiblarimiz Abdulla Qodiriy, Oybek, Pirimqul Qodirov va boshqalarning tarixiy asarlarida muvaffaqiyatli aks ettirilgan. Abdulla Qodiriy tomonidan «O’tgan kunlar»ning «o’zbeklar turmushidan tarixiy romon» deya aniqlashtirilishi ham adibning milliy zaminda qat’iy turgan yozuvchi ekanligining misolidir. Asarning milliy tarbiyaviy mohiyatini atoqli olim M.Qo’shjonov shunday bayon qiladi: «A.Qodiriy o’zbekni o’zbekday ko’rsatdi. Bir zum u yaratgan yetakchi obrazlar Otabek, Kumush, Anvar yoki Ra’no xarakterlari tasvirlangan muhitni o’zgartirib, ularni boshqa nom bilan atab ko’ring. Birinchidan, muhit yot bo’lib, nomlari mos tushmaydi, Marg’ilonni Sibirь yoki Abdullani Ivan degandek; ikkinchidan, qanday muhitda ko’rsatmang va qanday nom qo’ymang, ular faqat SHarq, ya’ni o’zbek farzandlari ekani ko’rinib turadi»4.
O’zbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlab o’tganlaridek, «SHarqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Agar oila sog’lom va mustahkam bo’lsa, mahallada tinchlik va xamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla-yurt mustahkam bo’lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik xukm suradi. Zero, oila farovonligi - milliy farovonlik asosidir. Xalqimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, eng qimmatli an’analar: halollik, rostgo’ylik, or-nomus, sharmu hayo, mehru oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada shakllangan».

Yüklə 63,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin