2
MUNDARIJA
KIRISH ..................................................................................................................... 3
IBOB. O‘ZBEK VA YAPON TILLARIDA HISOB SO‘ZLAR
1.1. Hisob so‘zlar va ularning turlari ........................................................................ 8
1.2. Yapon va o‘zbek tillarida hisob so‘zlarning qo‘llanilishi ................................ 12
1.3. Miqdor son va sonning ma’no turlari ............................................................... 15
II BOB. YAPON VA O‘ZBEK TILLARIDA MIQDOR SONNING
O‘RNI VA AHAMIYATI
2.1. O‘zbek va yapon tillarida sonlarning tuzilishi ................................................. 27
2.2. Tilshunoslikda hisob so‘zlar haqida ilmiy yondashuvlar................................. 31
2.3. Yapon tilshunosligida hisob so‘zlarning o‘rganilish darajasi .......................... 34
2.4. Yapon tilida miqdorni ifodalashda grammatik qo‘shimchalarning ahamiyati 45
XULOSA ................................................................................................................ 49
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR .............................................................. 52
3
KIRISH
“
O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi,
avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali
namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga til
orqali, ona allasi, ona tilining b
еtakror jozibasi bilan
singadi. Ona tili — bu millatning ruhidir”
1
I.A.Karimov
Hozirgi davrda globallashuv jarayonining jadallashuvi butun dunyo
xalqlarining ijtimoiy ma’daniy aloqalariga bevosita va bilvosita o‘z ta’sirni
o‘tkazmoqda. Muhim aloqa vositasi hisoblangan til turli jamiyat a’zolarini
madaniy- ma’rifiy jihatdan birlashtirishga xizmat qilmoqda. Yurtboshimiz
I.A.Karimovning e’tirof etishicha, “Milliy tuyg‘ular til muammolari bilan bog‘liq
bo‘lib, jamiyatning gullab-yashnashi tilning mukammalligi va boyligiga
bog‘liqdir”.
2
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng dunyo mamlakatlari bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa bog‘lash, hamkorlik qilish imkoniga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari, xususan Yaponiya bilan
aloqalar ham rivojlandi va hayotning turli jabhalari, siyosat, iqtisodiyot, madaniyat
va ta’lim sohasidagi aloqalar kundan-kunga mustahkamlanib bormoqda. Bu ikki
davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligiga 20 yil to‘ldi. Yaponiya
1992-yil 1-yanvarda O‘zbekiston mustaqilligini tan oldi, 1992-yil 21-fevralda esa
davlatimiz bilan diplomatik munosabatlarini o‘rnatdi.
Shundan buyon
mamlakatlarimiz o‘rtasida iliq va ishonchli aloqalar davom etib keladi.
O‘zbekiston va Yaponiyani siyosiy jihatdan bir-birini o‘zaro to‘g‘ri tushunish,
xalqlarimizni esa madaniy qadriyatlarning mushtarakligi singari jihatlari bir-biriga
yaqinlashtiradi.
1
Karimov I.A “Yuksak manaviyat - yengilmas kuch” Toshkent “Ma’naviyat” 2008 118-bet
2
Karimov I.A “Yuksak manaviyat - yengilmas kuch” Toshkent “Ma’naviyat” 2008 34-bet
4
O‘tgan 20 yil davomida tomonlar xalqlarimizning o‘zaro yaqinlashuvi va
sayyohlar almashinuvining muhim omili hisoblangan madaniy-gumanitar aloqalar
taraqqiyotiga ham katta e’tibor qaratdilar.
Dostları ilə paylaş: |