Operatsion tizimlar «Informatika va Axborot texnologiyalari»


Misol:  Enter new date (dd-mm-yy)  Kiritilayotgan qator: 15-01-2006  Eslatma (mulohaza)



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/61
tarix01.06.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#60316
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   61
Hhjg

Misol: 
Enter new date (dd-mm-yy) 
Kiritilayotgan qator: 15-01-2006 
Eslatma (mulohaza). MS DOS 3 versiyasidan boshlab, Date buyruqi IBM PC AT va PS/2 
modellaridagi kompyuterlarning quvvatga bog‘liq xotirasida joriy sanani eslab qoladi. MS DOS 
ning oldingi versiyalarida quvvatga (energiyaga) bog‘liq holda xotirada joriy sanani o‘rnatish (bel-


Opratsion tizimlari 
34 
gilash) uchun kompyuterning konfigurasiyasini o‘rnatishning Setup dasturini ishlatish zarur. 
Vaqt haqidagi axborotni chiqarish va kompyuterda vaqtni o‘rnatish. 
Joriy vaqt haqidagi axborotni chiqarish va kompyuterda vaqtni o‘rnatish uchun Time 
buyrug‘idan foydalaniladi. 
Buyruqning ko‘rinishi quyidagicha: time (soatlar: daqiqalar) bunda soatlar 0 dan 24 gacha, 
daqiqalar 0 dan 59 gacha. 
Agar time buyrug‘i parametrlarsiz berilgan bo‘lsa, unda DOS joriy vaqtni chiqaradi va komp- 
yuterda vaqtning yangi belgilanishni so‘raydi. Agar siz vaqtni o‘zgartirishni istamasangiz, darhol En-
ter tugmachasini bosing. 
Misol: 
Time 
Time 12:43. 
Eslatma (mulohaza). MS DOS 3.3 versiyasidan boshlab, time buyrug‘i IBM PC AT va 
PS/2 modelli kompyuterlarning xotirasida joriy vaqtni eslab qoladi. 
NORTON COMMANDER:
 UMUMIY
MA’LUMOTLAR 
Peter Norton Computing firmasi (1992 yili bu firma Symantic korporatsiyasiga qo‘shilgan) 
ishlab chiqqan Norton Commander dasturi DOS operatsion tizimi bilan ishlash uchun eng
mashhur qobiq dasturlardan biri hisoblanadi. Odatda, foydalanuvchilar uning yordamida
kataloglarni ko‘rib chiqadilar, fayllardan nusxa ko‘chiradilar, ularni qayta nomlaydilar, o‘chirib
tashlaydilar, dasturni ishga tushuradilar va hokazo. Albatta, bularning hammasini bevosita, ya’ni 
DOS amallar tizimini imkoniyatlarini ishga solib ham qilish mumkin. Ammo foydalanuvchilarn-
ing ko‘pchiligi buni Norton Commander yoki qandaydir shunga o‘xshash dastur yordamida qi-
lishni afzal ko‘radilar. Nima uchun ular DOS bilan ishlashda ortiqcha oraliq bo‘g‘inni ishlata-
dilar? 
Javob soddagina. Oldin berilganidek, foydalanuvchining DOS operatsion tizimi bilan o‘zaro 
harakatlar muloqat tamoyili bo‘yicha qurilgan: foydalanuvchi klaviaturada zarur buyruqni teradi 
va Enter tugmachasini bosadi, shundan so‘ng DOS kiritilgan buyruqni bajaradi. O‘zaro aloqador 
harakatning bu usuli ko‘rgazmali emas va yetarli darajada qulay emas. Darhaqiqat, faylni boshqa 
katalogga nusxalash (ya’ni faylning nusxasini boshqa katalogga ko‘chirish uchun) buyruqning 
nomini va katalogning nomini terish, buning uchun esa nomlarni yodda tutish va ularni terishda 
adashmaslik kerak. Zarur faylni, fayldan nusxa ko‘chirilishi va so‘ng zarur harakatlar


Opratsion tizimlari 
35 
takrorlanadigan katalogni ko‘rsatish uchun kursorni boshqarish tugmachalari yoki sichqoncha 
yordamida ekranning ma'lum joylarini "ko‘rsatish" osonroq. Aynan Norton Commander
kompyuter bilan ana shunday ko‘rgazmali darajada ishlash imkonini beradi. 
Norton Commanderdan tashqari ham masalan, Qdos, PathMinder, Xtree va boshqa qobiq 
dasturlar ham bor. Vatanimizda yaratilgan Pie Commander, Victoria Commander Processor va 
boshqa ancha yaxshi ishlanmalar ham mavjud. MS DOSning 4.0 va 5.0 versiyalarining
amallariga ham o‘zining qobiq dasturi qo‘shilgan. Lekin Norton Commander eng muvaffaqiyatli 
va eng keng tarqalgandir. Ushbu qismda bu dasturning 4.0 versiyasi imkoniyatlari batafsil bayon 
qilinadi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin