Opratsion tizimlari
41
baytlardagi (...Files use... Bytes in ...) umumiy o‘lchami;
• joriy diskning (volume label) belgisi;
• joriy diskning seriya raqami (serial number).
Axborot panelining pastida
dirinfo faylning mazmuni chiqaradi, agar katalogda bunday
nomli fayl bo‘lmasa, unda
No dirinfo file in this directory (bu katalogda dirinfo fayli yo‘q)
xabari chiqariladi.
Dirinfo fayli. Qoida tariqasida dirinfodagi bu fayl joylashgan katalogning nimaga
mo‘ljallanganligi haqida axborot yoziladi. Dirinfo faylini kompyuterga qo‘shib ishlangan Norton
Commander muharriri yordamida tahrir qilishi mumkin. Buning uchun Tab tugmachasi
yordamida axborot paneliga o‘tish va F4 (Edit) tugmachasini bosish kerak. Dirinfo faylini
istalgan matn muharriri bilan ham tahrir qilish mumkin.
Funksional tugmachalarni ishlatish
Norton Commander ekranining quyi qismiga funksional tugmachalarning ma’nolari haqida
eslatmani chiqaradi (1-rasmga qarang).
Quyida ular nimaga mo‘ljallangani (vazifalari) bayon qilinadi:
F1-Yordam
- tugmachalarining Norton Commander bilan ishlaganda nimaga
mo‘ljallanganligi, qaysi vazifani bajarishi haqidagi qisqacha axborot;
F2-Chaqiriq - foydalanuvchi bergan ro‘yxatda (foydala-nuvchining menyusida; quyiga qa-
rang) ko‘rsatilgan buyruqlarni ishga tushirish;
F3-O‘qish - faylni ko‘rib chiqish. Turli xildagi matn muharrirlari yordamida tayyorlangan
matn fayllari, hujjatlar, grafik fayllar, arxiv fayllari va jadval protsessorlarining jadvallarini,
masalan, Microsoft Word, Dbase va Lotus 1-2-3 fayllarini ko‘rib chiqish mumkin;
F4-To‘g‘rilash - faylni tahrir qilish. Tahrir qilish uchun kompyuterda berilgan Norton
Commander muharriri yoki foydalanuvchi ko‘rsatgan istalgan boshqa muharrir ishlatilishi
mumkin;
F5-Nusxa - fayldan nusxa olish. Ekranning o‘rtasida faylning nusxasini qaerga ko‘chirish
haqida so‘rov paydo bo‘ladi. Faylning sukut saqlashida, to‘g‘riroqi agar so‘rovga fayl sukut
bilan javob qaytarsa, nusxa boshqa panelda tasvirlangan katalogga ko‘chiriladi. Katalogning
boshqa nomini ham, aniqrog‘i esa boshqa katalogning nomini ham terish mumkin. So‘ngra
nusxa olish uchun Enter tugmachasini, buyruqni bekor qilish uchun esa "Esc" tugmachasini
bosish kerak;
Dostları ilə paylaş: