Operatsion tizimlar «Informatika va Axborot texnologiyalari»


Fayllar va kataloglar haqidagi axborotni chiqarish tartibi



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/61
tarix01.06.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#60316
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61
Hhjg

Fayllar va kataloglar haqidagi axborotni chiqarish tartibi. Norton Commander fayllar va 
kataloglar haqidagi axborotni panellarga turli tartibda chiqaruvchi quyidagi imkoniyatlar 
mavjud: nomlarning alifbo tartibi; fayllarni yoki ularning so‘nggi modifikatsiyalarini yoki
kataloglarni yaratish sanasi va vaqtining kamayib borishi; fayl o‘lchamlarining bu fayllar va kat-
aloglar yozilgan disklarda ko‘rsatilgan o‘lchamlarning kamayib borishi holatlari. Oxirgisidan 
boshqa hamma hollarda ham avval ostki kataloglar haqidagi, undan keyin esa fayllar 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar chiqariladi. 
Norton Commanderning joriy panelida fayllar va kataloglar to‘g‘risidagi axborotni chiqarish 
tartibini o‘zgartirish uchun tugmachalar kombinatsiyasini ishlatish mumkin. Bu kombinatsiyalar 
quyidagilardir: 
Ctrl+F3 - nom bo‘yicha ajratish; 
Ctrl+F4 - kengayish bo‘yicha ajratish; 
Ctrl+F5 - vaqt bo‘yicha ajratish; 
Ctrl+F6 - o‘lcham bo‘yicha ajratish; 
Ctrl+F7 - katalogning biron belgiga qarab ajratilmagan mundarijasi. 
Fayl yoki katalogni ajratish 
Ekrandagi fayllarning yoki kataloglarning bittasi kulrang bilan (monoxrom displeyda invers 
tasvir bilan) ajratib ko‘rsatilgan bo‘lsa, bunday fayl yoki katalogni tanlangan deb ataymiz. 
Kursorni harakatlantirishning







, PgUp, PgDn tugmachalari bilan ekranda
ajratilgan joyni boshqa fayl yoki katalogni ajratib ko‘rsatib ko‘chirish (harakatlantirish) mumkin. 
Ajratilgan uchastkani (joyni) Tab tugmachasi bilan Norton Commanderning boshqa paneliga 
o‘tkazish mumkin, bunda boshqa panel joriy panelga aylanadi. Joriy panelning sarlavhasi (ya’ni 
panelning tepasiga chiqaruvchi matn) kul rangligi bilan ajralib turadi (monoxrom displeyida
invers tasvir bilan ko‘zga tashlanadi). 
Faylni tez tanlash. Faylni tez tanlash uchun Alt tugmachasini bosing va uni qo‘yib
yubormay turib, zarur fayl nomining birinchi harfini bosish mumkin. 
Bu harflar panelning pastdagi raqamga chiqariladi. Siz faylning nomini tashkil qiluvchi
harflarning yetarlicha miqdorini kiritganingizdan so‘ng Norton Commander darhol zarur faylni 
ajratadi. Nomi xuddi shu harflardan boshlanuvchi boshqa faylni ajratish uchun Ctrl+Enter. Qay-
tadan tanlamoqchi bo‘lsangiz Esc tugmachasini bosing. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin